|
Hisoblash mashinasi tilida (mashina kodlarida) ketma-ket buyruqlar ko‘rinishida berilgan masala yechimining algoritmi mashinaviy dastur deb ataladi
|
bet | 3/12 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 75,66 Kb. | | #130056 |
Bog'liq 1-ma’ruza. Ma’lumotlar turlari. Abstraktsiya. Ma’lumotlar abstraHisoblash mashinasi tilida (mashina kodlarida) ketma-ket buyruqlar ko‘rinishida berilgan masala yechimining algoritmi mashinaviy dastur deb ataladi.
Mashinaviy dastur buyrug‘i yoki mashinaviy buyruq–qo‘shimcha ko‘rsatma va tushunchalarsiz avtomatik holda bajariluvchi elementar mashina instruksiyasi.
Dasturlash – dastur tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.
Algoritmni mashina tiliga o‘girish jarayoni translyatsiya deb ataladi. Mashina tilini «odamiylashtirishning» birinchi qadami ramziy nomlarni mashina kodiga o‘tkazuvchi dasturlar tuzish bo‘ldi. So‘ng arifmetik ifodalarni o‘giruvchi dasturlar yaratildi va nihoyat, 1958 yilda dasturlash tilida keng foydalaniladigan Fortran translyatori kirib keldi. Shundan so‘ng ko‘plab dasturlash tillari yaratildi.
Kompyuter mashinaviy dastur buyruqlarini boshqargan holda informatsiyaga ishlov beradi, buning uchun ish jarayonida turli berilganlardan foydalanadi.
Foydalanilgan berilganlar quyidagilarga bo‘linadi:
Kiruvchi – kompyuterga kiradi va masalani yechish uchun shart sifatida foydalaniladi.
Joriy yoki ichki – dastur ichida informatsiyani saqlash va ishlov berish uchun ishlatiladi.
Chiquvchi – informatsiyaga ishlov berish natijasida dasturda hosil bo‘lgan berilganlar. Matn, grafik, videotasvir va h. k. ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Hodisa tadqiqoti, masala yechimi uchun hisoblash texnikasi yordamida qabul qilish kerak bo‘lgan amallarning umumiy tartibini quyidagicha sxema sifatida tasvirlash mumkin:
Hodisa, jarayon, masala и modelиalgoritmиdasturиkompyuterиnatija.
Ma’lumot tushunchasi. Ma’lumotlar tuzilmasi bu xotirada tashkil etiladigan elementlar yig’indisi bo’lib, ular ustida dastur yordamida amallar bajariladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi – bu bironta toifaga tegishli bo’lgan va o’zaro ma’lum munosabatga ega bo’lgan elementlar to’plamiga aytiladi.
Ma’lumot – bironta qiymat yoki qiymatlar to’plami hisoblanadi.Misol uchun bu bironta eksperiment natijalari, yoki talabalarning imtixon ballari bo’lishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Hisoblash mashinasi tilida (mashina kodlarida) ketma-ket buyruqlar ko‘rinishida berilgan masala yechimining algoritmi mashinaviy dastur deb ataladi
|