О‘quv rejаsidаgi boshqа fаnlаr bilаn аloqаsi




Download 27,24 Kb.
bet2/3
Sana08.02.2024
Hajmi27,24 Kb.
#152937
1   2   3
Bog'liq
1-Maruza. Kirish. Texnik va dasturiy ta’minotlar

О‘quv rejаsidаgi boshqа fаnlаr bilаn аloqаsi
Ushbu fаn, аsosаn, ― kimyo injineringidаgi аxborot texnologiyalаrining fаni bilаn uzviy bog‘liq vа shu fаndаn olingаn bilimlаrgа аsoslаnаdi.
Fаnni о‘qitishdа yangi texnologiyalаr
Fаnni о‘zlаshtirishdа mаsofаdа о‘qitish, dаrslik, о‘quv qо‘llаnmаlаri vа mа’ruzаlаr mаtnlаrining elektron versiyalаridаn, elektron plаkаtlаr vа virtuаl lаborаtoriya ishlаnmalaridan foydаlаnilаdi.
Ushbu о‘quv fаni bо‘yichа tаlаbаning mustаqil ishi mа’ruzаlаr
konspekti tаvsiya etilgаn аdаbiyotlаr, dаvriy jurnаllаr vа Internet mаteriаllаri bilаn ishlаshni, lаborаtoriya ishlаrini о‘tishgа tаyyorgаrlik kо‘rishni, referаtlаr yozishni, stаndаrt tаlаblаrigа mos rаvishdа vа hisoblаsh texnikаsidаn foydаlаnib mustаqil ish bаjаrishni о‘z ichigа olаdi.
Axborot ta’minoti - axborot tizimlarida ma’lumotlar bazasini yaratishining tasniflash va kodlashtirish, hujjatlashtirishning bir xil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish bо‘yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir. Qabul qilina­digan boshqaruv qarorlarning ishonchliligi va sifati kо‘p jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga ham bog‘liqdir.
Dasturiy ta’minot-kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘in­disidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy va amaliy dasturiy mahsu­lotlar kiradi.
Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funksional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mо‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yig‘indisini о‘zida namoyon etadi. Ular universal vositalar funksional ki­chik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil obyektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Informatika – kompyuterlar yordami va ularni qo`llash muhiti vositasida axborotlarni yangilash jarayonlari bilan inson faoliyati sohasidir.

Zamonaviy axborot texnologiyalari.


Informatika sо‘zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi.
Informatika atamasi lotincha «informatic» sо‘zidan kelib chiqqan bо‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi.
О‘zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yо‘nalishida jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligi bilan shartli ravishda faxrlana oladi.
Informatikaning inson faoliyati mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasi rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga tо‘g‘ri keladi.
Informatikani tor ma’noda uch о‘zaro aloqador qismlar - texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmik vositalar(brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. О‘z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bо‘yicha turli jihatlardan: xalq xо‘jaligi tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida kо‘rib chiqish mumkin.
1994 yil dekabrida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi О‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi.
Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qо‘yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir:

  • milliy axborot-hisoblash tо‘rini yaratish;

  • axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va meyoriy hujjatlarini yuritish;

  • axborotlarni qayta ishlashning reglamentlashtiruvchi jahon standartlariga rioya qilish;

  • informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;

  • axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag‘batlantirish va qо‘llab-quvvatlash;

  • informatika vositalari foydalanuvchilarini tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.

Fanning maqsadi kimyo injineringidagi axborot texnologiyalarining о‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini, axborot texnologiyalarini inson faoliyatining turli soxalarida qо‘llanilish asoslarini о‘rgatishdan iboratdir. Bunda asosiy e’tibor axborot texnologiyalarini kimyo soxasida qо‘llanilishiga qaratilgandir. Fanning vazifasi, talabalarni axborot texnologiyalarini texnik va dasturiy vositalari bilan tanishtirish va bu vositalarni ishlab chiqarish, ilmiy talqiqot ishlari, xamda о‘quv jarayonlariga tadbiq etish usullari va ularning о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rgatishdan iboratdir.


Bu kimyo mashinasozligi tarixinini bir qancha zaruriy voqealarni xisobga olmagan xolda kimyoviy injineringn dasturisiz tasavur qilib bo`lmaydi. Kimyoviy asos sajarasida asosiy voqealarni nashr etish orqali kimyo mashinasozligini tasavur etish mumkin.
Kimyo mashinasozligi boshlang`ich asri deb bosqichma-bosqich ixtrolar va yutuqlar xisoblanadi.
Bundan tashqari ro`yxatda 1977 yilda Haugen va 1985 yilda Freshwatter va Yates e`lon qilingan asarlarida keltirilgan bir necha bosqichlarni kimyo mashinasozligi soxasining evalyutsiyasini anglatadi.
Yaqinda Chemical Engineering Progress jurnalida 30 ta avtor va ularning kitoblarini ro`yxatini e`lon qildi, qaysiki kimyo mashinasozligini yaratilishida asosiy sox abo`lib xizmat qildi. Shular asosida biz ta`kidlashimiz mumkinki, kimyo injinering o`quv dasturi qanday rivojlanganligini ko`rib chiqishimiz mumkin. [A-1, 1 bet.]1

Download 27,24 Kb.
1   2   3




Download 27,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘quv rejаsidаgi boshqа fаnlаr bilаn аloqаsi

Download 27,24 Kb.