Space Optron System
kompaniyasi fotonlarda ishlaydigan yangi tip kompyuterlar
ixtiro qildi. Bunda spektrning ko‘rish qis-mida elektromagnit nurlanish dastasini
optik tolalar o‘tkazishi prinsipiga asoslangan. Bunday optik kompyuterda
signallar
(impulslar) o‘nli formatda (yarim o‘tkazgichli kompyuterda ax-borot 1 yoki 0 da
ifodalanadi)! Demak, axborot uzatish imkoniyati kengaygan va tezligi ortgan.
Bundan tashqari, optik kabellar axborotlarni parallel uzatish
imkoniyatiga keng yo‘l ochib berdi (xuddi neyrokompyuterlardek, ya‘ni
sun‘iy intellektdagidek).
Ma‘lumki, xozirgi kunda
optik tolalar
telekommunika-siyada keng
qo‘llanilmoqda. Ushbu firma optik kompyuter
uchun optik tolaning yangi
bir turini ixtiro qildi, ya‘ni organik po-limerdan tayyorlangan maxsus
plyonkalar(sputnikda, ya‘ni kosmik muxitda
bunday plyonkalar
yetishtiriladi). Shuning uchun narxi ancha baland bo‘ladi. Loyiha
direktori
Don Frazner 2001
yilda shunday optik kompyuterni chiqarish niyatida
uning ko‘rinishi bahaybat uya (optik tolalardan yasalgan qush uyasini
eslatadi) shaklida bo‘ladi.
Nazorat uchun savollar
1.
Komputerning tarkibiy qismlari qanda?.
2.
Komputer ta‘minoti nima?
3.
Komputer ta‘minoti qismlsri qaysi?
4.
Dasturiy ta‘minot nima va uning turlari qanday?
5.
Tizimli dasturiy ta‘minot nima?