• Tizimli dasturiy ta’minot.
  • Rasm  Asos dasturiy ta’minoti




    Download 259,76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana17.05.2024
    Hajmi259,76 Kb.
    #239712
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-ma’ruza Mavzu Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning tur

    Rasm 


    Asos dasturiy ta’minoti
    . Dasturiy ta‘minotning eng quyi sathi-asos dasturiy 
    ta‘minotidan iboratdir. Bu ta‘minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob 
    beradi. Qoida bo‘yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga 
    kiradi va doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur 
    va ma‘lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida 
    yoziladi va ularni ishlash jarayonida o‘zgartirish mumkin emas. 
    Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy vositalarini o‘zgartirish zaruriyati kelib 
    chiqsa, DX mikrosxemasi o‘rniga qayta dasturlash imkoniga ega bo‘lgan doimiy 
    xotira qurilmasidan foydalaniladi. Bu xolda DX mazmunini hisoblash tizimi 
    tarkibida bevosita o‘zgartirish mumkin (bunday texnologiya flesh texnologiya deb 
    ataladi), yoki hisoblash tizimidan tashqarida, maxsus programmator deb ataladigan 
    qurilmalarda bajariladi. 
    Tizimli dasturiy ta’minot. 
    Bu sathdagi dastur, kompyuter tizimining 
    boshqa dasturlari va bevosita apparat ta‘minoti bilan o‘zaro bog‘lanishni 
    ta‘minlaydi, ya‘ni bu dasturlar dallollik vazifasini o‘taydi. 
    Butun hisoblash tizimining ekspluatasiya (ishlatish) ko‘rsatkichlari ish 
    sathining dasturiy ta‘minotiga bog‘liqdir. Masalan, hisoblash tizimiga yangi 
    qurilma ulash vaqtida boshqa dasturlarni shu qurilma bilan bog‘lanishini 
    ta‘minlash uchun, tizimli darajada dastur o‘rnatilishi kerak. Aniq qurilmalar bilan 
    o‘zaro bog‘lanishga javob beruvchi dasturlar qurilma drayverlari deyiladi va ular 
    tizimli sath dasturiy ta‘minoti tarkibiga kiradi. 
    Tizimli sath dasturlarining boshqa sinfi foydalanuvchi bilan bog‘lanishga 
    javob beradi. Aynan shu dasturlar yordamida foydalanuvchi, hisoblash tizimiga 
    ma‘lumotlarni kiritish, uni boshqarish va natijalarni o‘ziga qulay ko‘rinishda olish 
    imkoniga ega bo‘ladi. Bunday dasturiy vositalar, foydalanuvchi interfeysini 
    ta‘minlash vositalari deb ataladi. Kompyuterda ishlash qulaylgi va ish joyi 
    unumdorligi bu vositalar bilan bevosita bog‘liqdir. Tizimli satx dasturiy ta‘minoti 
    majmuasi kompyuter operasion tizimi yadrosini tashkil etadi. Operasion tizimning 
    to‘liq tushunchasini biz keyingi boblarda ko‘rib o‘tamiz, bu yerda esa biz faqat, 
    agar kompyuter tizimli sath dasturiy ta‘minoti bilan jihozlangan bo‘lsa, u holda 
    kompyuter yanada yuqori darajadagi dasturni o‘rnatishga va eng asosiysi dasturiy 
    vositlarning qurilmalar bilan o‘zaro aloqasiga tayyorligini bildiradi. Ya‘ni 
    operasion tizim yadrosi mavjudligi – insonni hisoblash tizimida amaliy ishlarni 
    bajarish imkoniyatining zaruriy shartidir. 

    Download 259,76 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 259,76 Kb.
    Pdf ko'rish