|
Elektr zanjirning asosiy qonuniyatlari
|
bet | 3/8 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #150194 |
Bog'liq 1-maruzaElektr zanjirning asosiy qonuniyatlari
Elektr zanjirida asosiy elektr kattaliklar tok kuchi, kuchlanish, qarshilik (o’tkazuvchanlik) kabi parametrlar Om va Kirxgof qonunlari orkali o’zaro boglangan. Zanjirdagi (Rasm-2.2) dagi R2 dan o’tayotgan tok kuchi A va V tugunlar orasidagi kuchlanishga to’g’ri proportsional va R2 ga teskari proportsional, ya’ni: I
Bu munosabat zanjirni bir qismi uchun Om qonunini ifodalaydi, chunki u zanjirning biror bir qismidagi tokni aniqlaydi va bunda shu qismlar qarshiligi katnashadi. O’tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash koidalariga ko’ra R2 va R3 qarshiliklar o’zaro parallel ulangan bo’lib, ularning birgalikdagi qarshiligi quyidagicha aniqlanadi: yoki R23
Zanjirda R1 qarshilik R23 qarshilikka ketma-ket ulangan, shuning uchun u quyidagiga teng bo’ladi:
R123R1R23Rekv
Bunda Rekv -qarshilik zanjirning ekvialent qarshiligi deb yuritiladi. Agar R1 R2 R3 qarshiliklarni bitta Rekv qarshilik deb qaraydigan bo’lsak bu qarshilik har doim EYuK manbasining ichki qarshiligiga ketma-ket ulangan bo’ladi, shuning uchun Om qonunini quyidagicha yozish mumkin:
I= - bu ifoda berk zanjir uchun Om qonuni deb ataladi.
Manba kiskichlaridagi kuchlanish UmE-IRt ga teng bo’lsa, u EYuK dan kichik bo’lib, tashki zanjirdagi kuchlanish tushuvi IRt ni kompensatsiyalaydi. Manbadan chikuvchi energiya RmEI yoki RistI2 rI2 Rt
EYuK manbaining ichki qarshiligi kancha kichik bo’lsa, uning ishlab chiqarayotgan energiyasining quvvati shunchalik katta bo’ladi. Manbaning ichki qarshiligi nolga teng bo’lsa bunday manbalar cheksiz quvvatli generatorlar deb ataladi, lekin amalda doimo manbaning ichki qarshiligi noldan katta bo’ladi.
Barcha turdagi elektr zanjirlari uchun Kirxgof qonunlari ham o’rinlidir. Kirxgofning birinchi qonunini ifodalash uchun yana 2.2-rasmga qaytamiz. A tugunga kirayotgan I1 tok shu tugundan chikayotgan I2 va I3 toklarning algebraik yigindisiga teng. Boshkacha qilib aytganda tugunda toklar yuqolmaydi, buni xuddi arikdagi suvga o’xshatish mumkin. Umumiy xolda Kirxgofning birinchi qonuni quyidagicha ta’riflaymiz: «Tugundagi toklarning algebraik yig’indisi nolga teng», ya’ni:
Kirxgofning ikkinchi qonuni elektr zanjiri konturlariga tegishli bo’lib, uni quyidagicha ifodalash mumkin: «Konturdagi EYuK larning algebraik yigindisi shu kontur elementlaridagi kuchlanish tushuvlarining algebraik yigindisiga teng», ya’ni:
Ushbu r, E, R1 va R2 elementlardan iborat kontur uchun Kirxgofning ikkinchi qonunini quyidagicha yozish mumkin: EII(R1R2r)-IIIR2
CHunki R2 qarshilikdan II va III toklar qarama-qarshi yo’nalishda o’tadi.
|
| |