• Tayanch iboralar
  • 1-ma’ruza. “Patentshunoslik lisenziyalash va sertifikatlashtirish” faniga kirish. Ilmiy ixtirolarning qisqacha tarixi. Asosiy tushunchalar




    Download 219.32 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana04.06.2023
    Hajmi219.32 Kb.
    #69541
      1   2   3
    Bog'liq
    1-Ma\'ruza
    Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida tushuncha


    1-ma’ruza. “Patentshunoslik lisenziyalash va sertifikatlashtirish” faniga 
    kirish.Ilmiy ixtirolarning qisqacha tarixi.Asosiy tushunchalar. 
    Reja: 
    1. O‘zbekistonda intellektual mulk muhofazasi bo‘yichaishlarining 
    tashkillashtirilishi mohiyati. 
    2. Intellektual mulk muhofazasida patent va uning fan,ijod, ilmiy – texnikaviy 
    rivojlanishidagi roli. 
    3. O‘zbekiston patent idorasi haqida. 
    4. Patentshunoslik, lisenziyalashva sertifikatlash kursiningmaqsadi, predmeti 
    va vazifalari. 
    Tayanch 
    iboralar: 
    Intellektual 
    mulk; ustuvor yo‘nalishlar;Vena 
    konvensiyasi; DITD; patent; Patent idorasi; sanoat mulki;seleksiya yutuqlari. 
    1. O‘zbekistonda intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha ishlarning 
    tashkillantirilishi mohiyati 
    Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilashda 
    fuqarolik jamiyatiga o‘tish, barcha sohalarda qonunustuvorligini ta’minlash bilan, 
    mamlakatni modernizasiyasi vaisloh etishda Prezidentimiz tomonidan belgilangan 
    ustuvor yo‘nalishlarda iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha qabul qilinayotgan 
    choralar iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishning muhim maqsadli dasturlarining 
    amalga oshirilishi, tadbirkorlikva investisiya muhitiga ijobiy ta’sir etib, barcha 
    sohalarda tarkibiy o‘zgarishlarning davom ettirilishi, mamlakatimizda intellektual 
    mulk sohiblarining ko‘payishiga olib kelyapti. 
    Ma’lumki, har qanday mamlakatning rivojlanganlik darajasi, undagi 
    intellektual mulkning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Shuning uchun, barcha 
    mamlakatlar o‘z intellektual mulklarini rivojlantirish borasida, ayniqsa uning 
    davlatda va butun dunyoda himoyalanishiga katta e’tibor beradilar. 


    Agar biz insonning aqlini, tafakkurini, bilimini vailmini, zakovatini
    qobiliyatini va h.k. uning intellekti desak,unda ana shular yordamida yaratilgan, ijod 
    etgan mahsulot yoki mulkuning intellektual mulki deb yuritiladi. Intellektual 
    mulkning asosiy manbai bo‘lib insonning ilmiy-tadqiqot faoliyati, inson yashab 
    turgan jamiyatning bufaoliyatga, ayniqsa, bilimiga, ilmiga, umuman fanga 
    texnikaviy rivojlanishga bo‘lgan munosabati va mamlakatning ilmiy va texnologik 
    salohiyati hisoblanadi. Hozirgi vaqtda intellektual mulkning yaratilishi va huquqiy 
    muhofazasi bo‘yicha ishlarining tashkillashtirish dunyo mamlakatlarida davlat 
    miqyosida – muhim davlat ishlari sifatida olib boriladi. Chunki, har qanday 
    mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi intellektual mulk bo‘yicha ishlar qanday 
    darajada olib borilishiga, uning yangi texnika-texnologiyalar yaratilishiga, jamiyat 
    va tabiat qonunlarini o‘rganib, hayotga tadbiq etganligiga bog‘liqdir. Shuning uchun 
    ham, yer yuzidagi minglab ilmiy muassasa va korxonalarida, muntazam ravishda 
    millionlab ilmiy tadqiqot natijalari olinib, tahlil etilib inson hayoti – amaliyotiga 
    tadbiq etib – bashariyat sivilizasiyasining rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda. 
    Bugungi kunda O‘zbekiston ham o‘zining rivojlangan intellektual mulk 
    material bazasi keng ilmiy fondi, ilmiy ishlari dunyo miqyosida tan olingan yuqori 
    malakaviy ilmiy kadrlari bilan Markaziy Osiyodagi katta salohiyatga ega bo‘lgan 
    ilmiy markaz hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-izlanish kompleksini 
    jami sohalar profili bo‘yicha 363 akademik, oliy ta’lim tashkilotlari tashkil topgan. 
    Bunda 102 – ilmiy-izlanish instituti; 55 – oliy o‘quv yurlari ilmiy-izlanish 
    bo‘limlari; 65 – loyiha-konstruktorlik tashkilotlari; 32 – ilmiy ishlab chiqarish 
    birlashmalari va eksperimental korxonalar; 30 – axborot-hisob markazlari mavjud. 

    Download 219.32 Kb.
      1   2   3




    Download 219.32 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza. “Patentshunoslik lisenziyalash va sertifikatlashtirish” faniga kirish. Ilmiy ixtirolarning qisqacha tarixi. Asosiy tushunchalar

    Download 219.32 Kb.
    Pdf ko'rish