• 1. Fanning mazmuni va vazifasi
  • 3. Quruq qurilish qorishmalari
  • 1-Ma’ruza: Qurilish qorishmalari texnologiyasining mohiyati. Qurilish qorishmalarining




    Download 0.51 Mb.
    bet1/2
    Sana15.03.2024
    Hajmi0.51 Mb.
    #173063
      1   2
    Bog'liq
    1.1-Ma\'ruza
    Yulian kunlari, Бойитиш мустақил иш мавзулари, Barcha talabalar uchun eslatma!!!, Muhammadiyeva Lola Po’latovna, M.A, ОМК-ИС ЖУРГИЗИУ-ОРИГИНАЛ, 08 03 Jismoniy tarbiya pedagoglar bilan o\'zaro hamkorlik , Geografiya kafedrasi, 3-amaliy, 1-Mustaqil ish. Mavzu IoT texnologiyasi umumiy qoidalari-fayllar.org, 1-mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta\'limiga tayyorl (1), 1-SHAXSIY TOPSHIRIQ, 726240, 2.2-ma\'ruza, 3-Qurilish qorishmalari. Me’yoriy hujjatlar. 2

    1-Ma’ruza: Qurilish qorishmalari texnologiyasining mohiyati. Qurilish qorishmalarining maqsad va vazifalari. Qurilish qorishmalarini rivojlanish bosqichlari

    Reja:
    1. Fanning mazmuni va vazifalari.


    2. Qurilish qorishmalari turlarini ishlab chiqarishni rivojlanishi.
    3. Quruq qurilish qorishmalari.


    1. Fanning mazmuni va vazifasi


    “Qurilish qorishmalari texnologiyasi” fani qurilish qorishmasiga oid masalalar, bog‘lovchi moddalar, tо‘ldiruvchilar, qurilish qorishmalari haqidagi ilmning rivojlanishi, qurilish qorishmalarining О‘zbekiston va chet ellarda turli sohada qо‘llash, qurilish industriyasining rivojlanishi bugungi kunda qurilishda qurilish qorishmalarining yangi tarkiblarini yaratishni, hozirgi kundagi holatini о‘zlashtirish, qurilish qorishma xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar, qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish texnologiyasi haqida malumot va qо‘yiladigan talablari jarayonning о‘ziga xos tomonlari va mohiyatini qamrab oladi.
    Fannini о‘qitishdan maqsad – talabalarda qurilish materiallarini yaratilishini umumiy prinsiplarini; quruq qorishmalarni tarkibi va xususiyatini; qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish usullari va qо‘llanilish sohalarini о‘rganish bо‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
    2. Qurilish qorishmalari turlarini ishlab chiqarishni rivojlanishi
    Mustaqillik yillari davomida qо‘llanilib kelayotgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati О‘zbekiston aholisi hayotida faravonlikni oshirishda anchagina ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar olib keldi. Shu bilan birga rivojlanib kelayotgan Respublika jaxon hamjamiyati tomonidan tan olindi va о‘z mavqeiga ega bо‘ldi.
    Demak, faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy intellektual va boshqa resurslarni import о‘rnini bosuvchi va eksportga chiqarish mumkin bо‘lgan qо‘l ostimizdagi о‘z zaminimiz xomashyosini qayta ishlash, ishlab chiqarish sohasini yaratishda ahamiyati kattadir.
    Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va О‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb etish, amalda xalq xо‘jaligida tarkibiy о‘zgarishlarni rivojlantirish maqsadida belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda.
    Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat yuritilishiga qulay muhit va zarur bо‘lgan shart-sharoitlar, huquqiy meyorlar yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat tashkilot va о‘z investitsiyalari, kreditlarini ajratishmoqda. Ular kattagina miqdordagi investitsiya va kreditlarni ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi.
    Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab qilinadi.
    Respublika xalq xо‘jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari salmoqli о‘rin egallaydi. Bu esa о‘z xomashyo bazasiga egaligimiz, sanoat, qurilish materiallari va uy joy konstruksiyalariga bо‘lgan yuqori ehtiyoj va malakali mutaxassislarning borligi bilan belgilanadi.
    Mamlakatimizda boshqa sohalar qatori qurilishda ham juda katta yutuqlarga erishildi.
    Kо‘plab hashamatli binolar, sport saroylari, yopiq bozorlar, zamonaviy kо‘cha va maydonlar, hiyobonlar va bog‘lar, turar joy binolari, kollejlar, litseylar va boshqa qurilgan imoratlar qurilish va me’morchilik sohasidagi ishlarning keng kо‘lamidan dalolat berib turibdi.
    Bugungi kunda me’morchilik ijtimoiy-iqtisodiy, estetik, demografik va kо‘p asrlik tarixiy madaniyat an’analarining birligini tiklamoqda.
    Ma’lumki, yangi turar joy va sanoat rayonlari va majmualarining qurilishi bilan bir qatorda bugungi kunda mavjud fondni modernizatsiyalash va qayta qurish masalalari muhim ahamiyatga egadir.
    Shaharlar imoratlarini yangilash va qayta qurishning muhimligi shundaki, XX asrning ikkinchi yarmida shahar qurilishi shaharlarning chetki rayonlaridagi bо‘sh yerlarida yoppasiga ekstensiv rivojlanish xarakteriga ega edi.
    Natijada qurilish narxi oshdi, ekspluatatsion chiqimlar qimmatlashdi, unumdor yerlar kamayib ketdi. Bu usul arxitektura-shaharsozlikda salbiy ijtimoiy-iqtisodiy yо‘qotishlarga, transportda yurishda kо‘p vaqt yо‘qotilishiga, odamlar orasidagi aloqalarning susayishiga, markaziy rayonlar funksiyasining pasayishiga va hokazolarga olib keldi. Sо‘nggi yillarda shahar imoratlarini qayta qurishda eski imoratlarni buzishning, tarixiy binolarni asrab qolishning yangi konsepsiyalari ishlab chiqildi.
    Biz shaharlardagi juda kо‘p turar joy xududlarini qayta qurishimiz kerak, bu esa muammolar yechimiga yondashish prinsiplarini qayta kо‘rib chiqishni talab etadi, shu jarayon mobaynida binolarning loyihaviy va me’moriy kompozitsion yechimlari yangilanishi kerak.
    Industrial qurilish usullarining yangi qurilish va konstruktiv sxemalari, qurilish texnikasining intensiv rivojlanishida kuzatiladi.
    Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga о‘tishi munosabati bilan keyingi yillarda konstruktiv va badiiy-tasviriy kо‘rsatkichlar bо‘yicha kо‘p miqdorda yangi materiallar paydo bо‘ldi.
    Qurilish ishlarining umumiy hajmida pardozlash eng sermehnat ish bо‘lib, jami mehnat sarfining 20-25 % ini, shu jumladan bо‘yoqchilik va gulqog‘oz yopishtirish ishlari 10% dan kо‘prog‘ini tashkil etadi. Mazkur ishlarning sermehnatliligini kamaytirish qurilishni industrlashtirish imkoniyatini beradi. Industrlashning о‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda zavodda tо‘liq tayyorlangan yig‘ma konstruksiyalar (devorbop va pardevorbop buyumlar, qavtlararo yopma plitalar, zina marshlari) dan foydalaniladi. Yangi turdagi pardozlash materiallaridan–gipskarton, qoplama plastiklardan foydalanilganda ham mehnat sarfi ancha kamayadi.
    Qurilish hajmini tobora kо‘paytirish bilan birga, jami qurilish ishlari, shu jumladan bо‘yoqchilik ishlari sifatini yaxshilash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bо‘yoqchilik ishlari binolar va inshootlarning chidamliligini oshirish, ularning tashqi kо‘rinishini kо‘rkam qilish, xonalarda meyoriy sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratish maqsadida konstruksiyalar sirtini bо‘yashdan iborat. Devorlarga gulqog‘oz yopishtirsh ham bо‘yoqchilik ishlari jumlasiga kiradi, bu ishlarni odatda bо‘yoqchilar bajaradi. Barcha turdagi bо‘yoqchilik ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalari va yong‘inning oldini olish tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda bajariladi.
    Binolarning chidamliligiga, me’morlik nuqtainazaridan kо‘rkamliligiga, tashqi va ichki pardozning sifatiga qо‘yiladigan talablar yildan-yilga oshib bormoqda. Uzoq muddatga chidaydigan pishiq parda hosil qiladigan yangi, tejamli, samarali pardozlash materiallari, chunonchi, yangi sintetik aliflar, lok va bо‘yoqlar, xususan suv-emulsiyali va kremniy organik bо‘yoqlar ana shu talablarni qondiradi. Bu materiallardan foydalanilganda binolarni pardozlashga ketadigan vaqt qisqaradi hamda bо‘yoqchilik ishlarining sifati oshadi. Bо‘yoqchilik ishlarida pigment va tо‘ldirgichlar, gruntovkalar, shpaklyovkalar, bog‘lovchi moddalar, bо‘yovchi tarkiblar, loklar, eritgichlar va turli yordamchi materiallardan foydalaniladi.
    Qurilish ishlari kо‘lamining kengligi va bu ishlar sifatiga nisbatan qо‘yilayotgan yuqori talablar bо‘yoqchilik va devorlarga gulqog‘oz yopishtirish ishlarining hozirgacha qо‘llanib kelinayotgan usullari hamda vositalarini tubdan о‘zgartirib yubordi. Pardozlash ishlarining hamma asosiy operatsiyalari mexanizatsiyalashtirildi.
    3. Quruq qurilish qorishmalari
    Quruq qurilish qorishmalari – bu kо‘p komponentlardan tashkil topgan bо‘lib, ularning tarkiblarida mineral bog‘lovchi va tо‘ldirgichdan tashqari, mineral bog‘lovchining qotishi va mustahkamligini boshqarish va qorishma qotgandan keyingi zarur fizik-mexanik xossalarga erishishini ta’minlash maqsadida kimyoviy qо‘shimchalar kompleksi mavjuddir.
    Hozirgi vaqtda qurilish ishlarini quruq qurilish qorishmalarisiz tasavvur etib bо‘lmaydi, chunki ular zavod sharoitida qorishmaning turi va foydalaniladigan joyiga qarab, barcha komponentlarning nisbati aniq о‘lchab tayyorlanadi. Quruq qurilish qorishmalarining asosi sifatida ohak, yoki gips, yoki sementdan foydalaniladi. Qurilish qorishmalariga zarur xossalarni berish uchun qо‘shimchalardan foydalaniladi. Polimer qо‘shimchalar yopishish qobiliyatini oshiradi. Quruq qurilish qorishmalari yordamida yuqori ishlov berish mumkinligini ta’kidlash zarur. Bundan tashqari ular quyidagilarni imkonini beradi:
    - vaqt va joyni iqtisod etish, ya’ni hamma komponentlarni xarid qilish, saqlash va murakkab bо‘lgan tarkiblarni aralashtirib tayyorlashdan voz kechiladi;
    - har qanday murakkablikdagi tarkiblarga buyurtma berish imkonining mavjudligi, chunki quruq qurilish qorishmalari zamonaviy uskunalar yordamida tayyorlanadi;
    - nobudgarchilikning yо‘qligi, ya’ni hoxlagan vaqtda zarur miqdordagi qorishmani tayyorlash mumkin;
    - transport xarajatlarining iqtisodi, ya’ni quruq qurilish qorishmalaridan foydalanish qurilish maydoniga doim tayyor qorishmani tashib keltirishdan voz kechish imkonini beradi;
    - yuqori sifat kafolatining mavjudligi, ya’ni tarkib komponentlarini aniq о‘lchash hisobiga qorishma retseptining aniqligi (quruq qurilish qorishmalarining sifatini qurulish maydonida komponentlarni о‘lchab tayyorlangan qorishmalarning sifati bilan solishtirib bо‘lmaydi).
    Zamonaviy quruq qurilish qorishmalarining nomenklaturasi juda kengdir. Qurilish materiallari bozori hozirgi vaqtda suvoq, shpaklyovka, zatirka, yelim, gruntovka va boshqalarning xilma-xil turlarini taklif etmoqda.
    Hozirgi vaqtda respublikamizda 40 yaqin kichik va о‘rta biznes tadbirkorlari tomonidan quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarilmoqda. О‘zbekiston quruq qurilish qorishmalari bozorida о‘zimizning mahalliy quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqaruvchilarimizdan KNAUF, «Alimix Prodution», OOO "REAL BUILDING MATERIALS" (Qorasaroy qurilish materiallari) kompaniyalari, OOO Eleron Elit Servis, SP BAUPLAST, «Rademus-servis» xususiy kompaniyasi, VENTUM, OOO "New Live Buildis", «RAHNAMO» kompaniyasi, MEGAMIX kompaniyasi, OOO «ZEIGER IMPEX», OOO "RAZATA", OOO "BI Vermiulit Group" va boshqalar yetakchilik qilmoqda (1-rasm).
    Eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan zavod-avtomatlarda yuqori sifatli, dunyo standartlari talablariga javob bEyeradigan suvoq qorishmalari, shpaklEyevkalar, gruntovkalar, quyma pollar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda.

    1-rasm. Respublikamizda ishlab chiqariladigan quruq qurilish qorishmalaridan namunalar.


    GOST 31189-2003 da quruq qurilish qorishmalarining klassifikatsiyasi belgilab qо‘yilgan. Unga kо‘ra quruq qurilish qorishmalari asosiy vazifasi, foydalanilayotgan bog‘lovchisining turi va tо‘ldiruvchisining eng yirik о‘lchamiga qarab sinflarga bо‘linadi.
    Asosiy vazifasiga kо‘ra ular:

    • tekislovchi;

    • pardozlovchi;

    • pol uchun;

    • ta’mirlash uchun;

    • himoyalovchi;

    • terish uchun;

    • montaj uchun;

    • dekorativ;

    • gidroizolyatsiya uchun;

    • issiqlik izolyatsiyasi uchun;

    • gruntlash uchun kabi asosiy turlarga bо‘linadi.

    Foydalanilayotgan bog‘lovchisining turiga qarab quruq qurilish qorishmalari:

    • sementli;

    • gipsli;

    • ohakli;

    • polimerli;

    • murakkab turlarga bо‘linadi.

    Quruq qurilish qorishmalari avtomatlashtirilgan zavodlarda yoki ishlab chiqarish bazalarining maxsus uzellarida markazlashtirilgan holda ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda turli maxsuldorlikka ega yuqori avtomatlashtirilgan quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqaruvchi moduli zavodlar yaratilgan va muvafaqqiyatlik bilan foydalanilmoqda.
    Zavodning maxsuldorligi avvalo aralashtirgichning xajmi, qadoqlovchi mashinalarning soni, materiallarni saqlash siloslarining soni va xajmi bilan aniqlanadi.
    Xorijda quruq qurilish qorishmalari zavodlari vertikal sxema bо‘yicha loyihalashtiriladi.
    Umumiy kо‘rinishda quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishning texnologik jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalardan iborat (2 - rasm):
    Bog‘lovchi moddalar (sement, ohak, gips) siloslarda saqlanadi. Qum shtabel tipidagi ombordan (1) yerosti galereyasi bо‘ylab tasmali konveyerlar tizimi (2) va ta’minlagich (3) orqali quritish barabaniga (4) uzatiladi. Kvars qumini quritish aylanuvchi quritish barabanida 550-6000S haroratda quritiladi. Quritilgandan sо‘ng qumning qoldiq namligi 0,1-0,2 % dan kо‘p bо‘lmasligi kerak. Qum quritilganidan sо‘ng vibro elaklarda (5) elanib, zarur fraksiyalarga ajratiladi. Odatda qum quyidagi fraksiyalarga ajratiladi: 0,15-0,5; 0,5-1,2; 1,2-3 mm.


    Download 0.51 Mb.
      1   2




    Download 0.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza: Qurilish qorishmalari texnologiyasining mohiyati. Qurilish qorishmalarining

    Download 0.51 Mb.