|
1-ma’ruza. Smm (social media marketing — ijtimoiy media marketing) haqida
|
Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 338,25 Kb. | | #262197 |
Bog'liq 1-ma\'ruza
1-ma’ruza. SMM (SOCIAL MEDIA MARKETING — IJTIMOIY MEDIA MARKETING) HAQIDA
Internet tarmog‘ining rivojlanishi hamda uning jamiyat hayotida muhim o‘rin egallashi bugungi kunda jahon miqyosida keng ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Dunyo aholisining aksariyat qismi, shu jumladan, yoshlar o‘z media mahsulotlari hamda biznes loyihalarini ijtimoiy media marketing orqali reklama qilib, daromad manbaiga ega bo‘lishmoqda.
Ijtimoiy media ko‘plab interfaol foydalanuvchilarga ega internet platforma bo‘lib, u internet tarmog‘i ishtirokchilari tomonidan to‘ldirib boriladi. Bunday platformalar umumiy qiziqishi bir xil bo‘lgan foydalanuvchilarning bitta guruh ichida o‘zaro muloqot qilishiga imkon yaratadi. Ijtimoiy mediaga hamkorlikdagi blog, ijtimoiy tarmoq va boshqalar kiradi.
Millionlab foydalanuvchilar o‘z vaqtining aksariyat qismini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadi: maqola o‘qishadi, rasm tomosha qilishadi, do‘st-birodarlari bilan suhbatlashishadi. Bunday katta auditoriya marketing faoliyatini yuritish uchun eng katta yutuq hisoblanadi. Shu sababli, ijtimoiy media marketing tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda.
Ijtimoiy media marketing orqali mahsulotni tanitish va reklamani keng yoyish uchun brenddan foydalaniladi. Brend nima?
Ijtimoiy media marketingning asosiy vazifalari:
— mahsulot brendini yaratish va uni tanitish;
— brendni mashhur qilish va unga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
— kompaniyalar saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;
— yangi mijozlarni jalb qilish va mahsulot sotishni ko‘paytirish;
— doimiy mijozlar sonini oshirish;
— mijozlar ko‘magi va ochiqlik hisobiga kompaniya imijini oshirish;
— taniqli kompaniyalarning brendini tan olish;
— o‘z-o‘zini reklama qilish (PR);
— mijoz va foydalanuvchilarda mahsulot hamda xizmat yuzasidan paydo bo‘lgan savollarga tezkorlik bilan javob berish.
|
| |