1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari




Download 0,65 Mb.
bet25/47
Sana23.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#144059
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
MM MA\'RUZA mehnat muhofazasi

Tabiy shamollatish. Tabiy shamollatish tashqaridan bino ichiga kirgan sovuq havo bino ichidagi issiqlik hisobiga issiqlik qabul qilib,isigandan keyin hajmi kengayganligi sababli engillashib binoning yuqori tomonlariga qarab harakatlanadi va agar biz binoning yuqori qismida havoning chiqib ketishi uchun truba yoki tirqishlar hosil qilsak unda biz havoni tashqariga chiqarib yuborish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Biz jarayon har qanday sanoat korxonasi binosida,shuningdek har qanday binoda,ayniqsa,sovuq faslda uzluksiz davom etadi va bu hodisani aeratsiya deb yuritiladi.


Mashinasozlik sanoati korxonalarida,ayniqsa,ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi bilan kechadigan jarayonlarda tabiiy shamollatishning ahamiyati nihoyatda katta bo‘ladi. CHunki bu sexlarda almashtiriladigan havoning miqdori juda katta bo‘lganligi sababli mexanik shamollatishga juda katta mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi. Bunday issiq sexlarda ajralib chiqayotgan issiqlikni tabiiy shamollatish yo‘li bilan chiqarib yuborish anchagina iqtisodiy samara berishini hisobga olish kerak.
Bunda asosiy e’tiborni havoni kirish yo‘nalishlari va chiqish joylarini ta’minlash katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki issiq havo yuqoriga qarab ko‘tariladi,sovuq havo esa pastga yo‘naladi. SHuning uchun ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi sexlarda sovuq havoni poldan 4m balandlikdan berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sovuq havo pastga qarab yo‘nalishi borasida issiq havo bilan aralashadi,isiydi va vujudga kelgan tabiiy oqimlar harakatiga qo‘shilib uzluksiz harakat hosil qiladi. Bu uzluksiz harakat davomida oqimlarga yangidan-yangi miqdorlar qo‘shilishi natijasida yuqori to‘siqlar tomon yo‘naladi va bir qismi tabiiy shamollatish tirqishlaridan tashqariga chiqib ketadi,bir qismi esa sovib yana pastga qarab yo‘naladi va bu bilan havoning xona ichidagi aylanma harakatini kuchaytirishga o‘z hissasini qo‘shadi. SHunday qilib binolarning ichida havo harakatining tutash oqimlari vujudga keladi. Agar tashqarida havo nihoyatda issiq bo‘lsa, (30-40 oS atrofida) tabiiy shamollatish ehtiyoji oshadi.
Tabiiy shamollatishni hisoblash,asosan,ma’lum isish hisobiga engillashib,binoning yuqori qisimlarida yig‘ilgan ortiqcha bosimni, biron-bir havo chiqarib yuborish joyidan chiqarib yuborishga mo‘ljallangan. Faraz qilaylik ma’lum ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan sexni umumiy havo bosimi asosida belgilab olsak, ma’lum balandlikka ko‘tarilgan havo isib, xona haroratiga tenglashgan chizig‘ini 0-deb faraz qilaylik. SHu 0 chiziqdan yuqori tomonda bosim ortiqcha bo‘lib, past tomonda birmuncha kam bo‘lishini isbotsiz tushiniladi.
Hosil bo‘lgan ortiqcha bosimi balandlik hisobiga bo‘lganligidan uni quyidagicha ifodalash mumkin:
 R =H(m-u),
bunda N-quyi havo kirish joyi bilan yuqoridagi havo chiqish joyi orasidagi balandlik, m;
m - tashqaridagi havoning zichligi, kg/m3
u - ichkaridagi havoning zichligi, kg/m3;

Download 0,65 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari

Download 0,65 Mb.