• O‘tni o‘chirish uskunalari.
  • 1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari




    Download 0,65 Mb.
    bet22/47
    Sana23.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #144059
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
    Bog'liq
    MM MA\'RUZA mehnat muhofazasi

    a) b) v) g)
    16.4-rasm. Maxsus gazli o‘t o‘chirgichlar
    a) OA-3 aerozolli o‘t o‘chirgich; b) OU-2 gazli o‘t o‘chirgich; v) OUB-7 gazli brometillik o‘t o‘chirgich; g) OPS-10 kukunli o‘t o‘chirgich:
    1-o‘t o‘chirgich korpusi; 2-balon; 3-dastak; 4-sifon trubkachasi; 5-po‘lat balon; 6-saqlagich muruvati; 7-qulflagich muruvat; 8-ko‘pikni yoyib beruvchi karnaycha; 9-taglik; 10-qulflagich muruvat; 11-yonmaydigan gaz balonchasi; 12- o‘t o‘chirgichni to‘ldirish uchun teshik; 13,14-rezina uchaklar; 15-kukunni yoyib beruvchi karnaycha.

    Karbon ikki oksidining tez bug‘lanishi oqibatida harorati -79oS ga teng bg‘lgan oppoq qorsimon moddaga aylanishi sababli yonuvchi manba haroratini faol pasayishiga olib keladi. Otilib chiqayotgan qorsimon oqimning uzatilish masofasi 2-3,5m ga etadi va uzatilish muddati 30-40 soniyani tashkil etadi.


    Bulardan tashqari o‘t o‘chirish vositalarining yana bir necha turlari mavjud. Masalan, OAX-0,5-aerozolli sovutgichli, OX-3, OX-7-oddiy sovutgichli, OJ-5, OJ-10-suyuq holatdagi o‘t o‘chirgichlar, UAP-A5, UAP-A8- avtomatik o‘t o‘chirgichlar va boshqalar.
    Avtomobillarga tirkama aravachada o‘rnatiladigan OU-25, OU-40, OU-80 va OU-400 rusumli gazli o‘t o‘chirgichlar 16.5-rasmda ifodalangan.


    16.5-rasm. SO2 gazida ishlaydigan, maxsus aravachalarda o‘rnatilgan OU-25, OU-40, OU-80, OU-400 rusumlardagi gazli o‘t o‘chirgichlar.


    Gazli o‘t o‘chirgichlar hamma turdagi yonuvchi mahsulotlarni, hamda 1000V gacha bo‘lgan elektr toki ta’siridagi elektr dastgohlarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Bunday tirkama aravachalarda o‘rnatilgan o‘t o‘chirgichlar, ulardagi karbonat angidridli balonlar soni va aravachalarni hajmi bilan bir-biridan farq qiladi.


    O‘tni o‘chirish uskunalari. O‘tni o‘chirish uskunalari: qo‘lda ishlatiladigan birlamchi vositalar, bir joyda muqim o‘rnatiladigan va mexanik yoki avtomatik harakatga keltiriladigan uskunalar, har xil masofadagi hududlarda harakatlana oladigan ko‘chma uskunalar va boshqalarga bo‘linadi.
    Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga, tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong‘in navbatchi a’zolari tomonidan ishlatishga mo‘ljallangan, yong‘inga qarshi «qalqonlar»da izohlangan oddiy asboblar va uskunalar kiradi.
    Ma’muriy binolar va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar hududida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. «Yong‘inga qarshi qalqon» 16.6-rasmda aks ettirilgan.
    Unda yong‘in xavfsizligi me’zonlariga ko‘ra quyidagi o‘t o‘chirish vositalari va asboblari zarur bo‘lganda oson olinadigan qilib osib qo‘yilgan bo‘lishi shart: ikki dona qo‘lda ishlatildigan ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t o‘chirgich, ikki dona bolta, ikki dona suv sepish elastik shlankalari va suv spish stvoli, suv bochkasi, qum solingan quti, iki dona konussimon chelak, ikki dona belkurak, ilgakli changaklar va mis uchli lom va h.k.
    Bunday qalqonlar ma’muriy binolarning hovli tomonidan, binoga kirish eshigiga yaqin joyda o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan sexlar va omborxonalarga kirish eshiklariga yaqin joylarda o‘rnatiladi. Himoyalanayotgan hududning har 5000 kvadrat metriga 1 ta «qalqon» loyihalashtiriladi.
    Undagi suv bochkasining hajmi 200 l dan kam bo‘lmasligi kerak, qum solinadigan qutining hajmi esa 2-3m3 atrofida bo‘ladi.

    16.6-rasm. Yong‘inga qarshi «qalqon» va undagi asboblarni o‘rnatilishi


    1-qum solingan quti, 2-ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t uchirgich (ognetushitel), 3-yong‘in o‘chiruvchi navbatchilarining ish jadvali, 4-boltalar, 5-o‘t o‘chirish shlankalari, 6-konussimon chelak, 7-suv sepish stvoli, 8-yong‘in xavfsizligi qoidalari, 9-suv bochkasi, 10-ilgakli changaklar, 11-mis uchli lom va ilgak, 12- belkuraklar.

    O‘t o‘chiruvchi ko‘piklar. Kimyoviy yoki havoli mexanik ko‘piklar, ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni suyuq muhitda eritish yo‘li bilan hosil qilinadi. Buning uchun tarkibida javhar o‘rnini bosuvchi alyuminosulfat AL2(SO4)3 bilan ishqor o‘rniga natriy bikarbonat NaHSO3 moddalarining quruq holatdagi qorishmalaridan tayyorlangan kukun, maxsus moslamalarda bosim ostida suvga aralashtirib, elastik quvurlarda oqiziladi. Bu holda kukun zarrachalarining suvda bo‘kishi oqibatida, javhar bilan ishqor moddalarining o‘zaro birikishi natijasida gaz ajralib chiqa boshlaydi va ko‘pik hosil bo‘ladi. Qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgich vositalarida ham shu yo‘sinda ko‘pik hosil qilinadi. Faqat unda ko‘pik hosil qiluvchi javhar qismida, sulfat javhari N2SO4 yoki sulfat tuzi bilan oksidlangan temir Fe2(SO4)3 moddalarining aralashmasi ishlatiladi.


    Maxsus ko‘pik tayyorlaydigan uskunalarda xavo, suv, javhar va ishqorlarni majburiy aralashishi natijasida havoli sun’iy ko‘pik hosil bo‘ladi. CHunki uning tarkibiy hajmi 90% gazdan va 10% gina ko‘pik hosil qiluvchi eritmadan iboratdir.



    Download 0,65 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari

    Download 0,65 Mb.