Yong‘in paytida odamlarni evakuasiya qilish




Download 0,65 Mb.
bet19/47
Sana23.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#144059
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
MM MA\'RUZA mehnat muhofazasi

2. Yong‘in paytida odamlarni evakuasiya qilish
Bino va inshootlarda odamlarni xarakatlanishi zaruriy funksional jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni kechish sharoitiga qarab odamlarni harakati me’yoriy yoki majburiy holatda bo‘lishi mumkin. Birinchisida odamlarni bino va inshootlarda kundalik ehtiyoj yuuzasidan normal harakatlanishi bilan ifodalansa, ikkinchisiga bino yoki xonalardan yong‘in yoki zilzila sharoitida odamlarni xavfli muhitdan xavfsiz joyga majburiy ko‘chish uchun mo‘ljallangan harakati tushiniladi.
Majburiy evakuasiya jarayoni to‘rtta pog‘onada o‘tkaziladi. Birinchi pog‘ona bu binoning oxirgi qavatida eng chetda joylashgan xonadagi chiqish eshigidan maksimal uzoqlashgan ish joyidan odamlarni koridorga chiqishidir. Bularga barcha bino va inshootlarning yuqori qavatidagi xonalari kiradi.
Ikkinchi pog‘onaga odamlarni xonaning chiqish eshigidan to zinaxona eshigigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishi uchun mo‘ljallangan harakati kiradi. Bunda harakatlanuvchi oqim koridor bo‘ylab o‘tadi. Agar bino bir qavatli bo‘lsa, evakuasiya ikkinchi pog‘onadan so‘ng tugashi mumkin.
Uchinchi pog‘onaga odamlarni yuqorigi qavatning zinaxonaga kirish eshigidan to birinchi qavatda zinaxonadan chiqish eshigigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish uchun qilingan harakati kiradi.
To‘rtinchi pog‘onaga odamlarni zinaxonadan chiqqandan keyin vestibyul yoki foye va tambur orqali tashqariga chiqish eshigigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishiga qaratilgan harakati kiradi.
Evakuasiya yo‘llari deb, bino va inshootlarda xavfli holat yuzaga kelganda, odamlarni bino ichida joylashgan doimiy ish joyidan, qisqa vaqt ichida tashqariga olib chiqadigan elementlar tizimiga aytiladi. Bunday elementlarga odamlarni doimiy ish joyidan eng qisqa yo‘l bilan tashqariga olib chiqadigan yo‘nalish bo‘ylab joylashgan yo‘laklar, koridorlar, dahliz, zinaxonadagi zinapoyalar va maydonchalar, darvozaxonalar-vestibyul, tambur (kirish darvozalari orasidagi maxsus xona), chiqish eshiklari va boshqalar kiradi. Evakuasiya vaqtini aniqlashda lift va eskalator uskunalaridan foydalanish xisobga olinmaydi.
Evakuasiya paytida xonalardan ko‘chayotgan odamlarni soniga, binoning o‘tga chidamlilik darajasiga, xonalarni toifasiga va hajmiga qarab, chiqish eshiklarini kengligi va eng uzoqdagi ish joyidan evakuasiya eshigigacha bo‘lgan masofani ham aniqlash zarur. Asosiy koridorlarni kengligi hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi, lekin 1,20m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Zina elementlarini o‘lchamlari hisob yo‘li bilan aniqlanadi, ammo zina marshining eni 105sm dan va qavatlar orasidagi maydonchaning eni, 122sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Marshning maksimal kengligi 240sm gacha ruxsat etiladi.
Lift oldidagi zina maydonchasining kengligi 160sm dan kam bo‘lmasligi shart. Agar zinalar uch va undan ortiq marshli qilib loyihalashtirilsa, har bir marshdagi zinalar soni 3-tadan kam va 18-tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
YOng‘in paytida odamlarni evakuasiya qilish uchun mo‘ljallangan tashqi zinalar, xonalar bilan maxsus balkonlar yoki maydonchalar orqali bog‘langan bo‘lishi kerak. Bu zinalar marsh davomida 0,8m balandlikdagi panjara to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi shart.



Download 0,65 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yong‘in paytida odamlarni evakuasiya qilish

Download 0,65 Mb.