• 1. O‘zbekiston Respublikasida yong‘inga qarshi kurashni tashkil qilish; 2. Ishlab chiqarish korxonalarini yong‘in xavfi bo‘yicha kategoriyalari;
  • 1. O‘zbekiston Respublikasida yong‘inga qarshi kurashni tashkil qilish
  • 1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari




    Download 0,65 Mb.
    bet15/47
    Sana23.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #144059
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
    Bog'liq
    MM MA\'RUZA mehnat muhofazasi

    Nazorat savollari:

    1. “O‘TY” AJ da “Mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligi va ekologik monitoring olib borish bo‘limi” qachon qayta tashkil etildi

    7-MA’RUZA
    TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA YONG‘IN VA PORTLASH XAVFSIZLIGI


    Reja:
    1. O‘zbekiston Respublikasida yong‘inga qarshi kurashni tashkil qilish;
    2. Ishlab chiqarish korxonalarini yong‘in xavfi bo‘yicha kategoriyalari;
    3. Portlash haqida tushunchalar.


    Tayanch so‘z va iboralar
    Mehnat muxofazasi
    1. O‘zbekiston Respublikasida yong‘inga qarshi kurashni tashkil qilish
    Yong‘inlar halq ho‘jaligiga katta moddiy zarar etkazadilar va bundan tashqari baxtsiz hodisalar bilan bog‘liqdir. Bu bizni yong‘in xavfsizligi choralarini mehnat muhofazasi tadbirlari bilan bog‘langan holda o‘rganishimizni taqozo qiladi.
    O‘zbekiston davlatchiligi tizimida yong‘inga qarshi kurashishda asosiy ma’suliyat Ichki Ishlar Vazirligi qarashli bo‘lgan Yong‘indan saqlash bosh boshqarmasiga yuklatilgan (15.1-rasm). U shahar va qishloqlardagi xalq xo‘jaligining bino va inshootlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashda markaziy boshqaruv organi vazifasini o‘taydi.
    Temir yo‘lning ba’zi katta stansiyalarda, asosan lokomotiv xo‘jaligi xududida avariya va halokatlarning oldini olish uchun maxsus o‘t o‘chirish va tiklash poezdlari turadi. Tiklovchi vositalar tizimi tiklash poezdlari, avtodrezinalar va yo‘l, kontakt tarmoqlari, aloqa tarmoqlarini tiklash uchun avtodrezina va avtomobillardan iborat bo‘ladi. Bular temir yo‘llarda sodir bo‘lgan halokat va avariyalar oqibatini bartaraf etish uchun xizmat qiladi. Bu poezdlar tarkibida katta kuchli ko‘tarish kranlari, sanitar vagoni, yopiq vagonlar va ko‘tarma kranli platformali transport mashinalari, asbob – anjomlar va yo‘l ustki tuzilmasi ehtiyot qismlari bo‘ladi. Bu poezdlarga doimiy ishchilar poezd boshlig‘ining rahbarligida biriktiriladi.


    15.1-rasm. Respublika yong‘indan saqlash xizmatining strukturaviy tarkibi


    SHuningdek, avariya bo‘yicha dala brigadalari, ishlaydigan depo slesarlari, elektromexaniklar va temir yo‘l ishchilari biriktirib qo‘yiladi. Bu tiklash – ta’mirlash poezdlari stansiyaga yaqin yo‘llarda har tarafga darhol jo‘nab ketadigan yo‘llarda xizmat ko‘rsatish uchun tayyor holda saqlanadi. YOng‘inga qarshi kurashish poezdlari o‘zining tarkibida sisternalar va qudratli nasoslar, hamda o‘t o‘chirish qurilmalariga ega bo‘ladi. Ularning hammasi tezkorlik bilan yong‘inni bartaraf etishga qaratilgan.


    YOng‘in sanoqli minutlarda yuzlab va minglab kishilarning mehnatini yo‘q qilib yuborishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. SHuning uchun bino va mashina-uskunalar, xom ashyo, tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklarni yong‘indan saqlash barcha fuqoroarning burchidir va umumdavlat miqyosida olib boriladi.
    Hozirgi vaqtda yong‘inga qarshi kurashning ikki: kasbiy va ko‘ngilli turlari mavjud.
    Kasbiy yong‘in muhofazasi o‘z navbatida:
    - Harbiylashgan ( yirik shahar va muhim ob’ektlarni boshqaradi).
    - Harbiylashtirilmagan (nohiya markazlari va yirik sanoat korxonalarini boshqaradi).
    - Tarmoq yong‘in muhofazasi (shu tarmoq korxonalarini boshqaradi).
    Har qanday korxonada yong‘in muhofazasining qaysi strukturasi bo‘lishidan qat’iy nazar ko‘ngilli yong‘in drujinalari tuziladi.
    Yonish deb yonuvchi modda bilan oksidlovchining o‘zaro ta’sir jarayoni natijasida issiqlik va yorug‘lik ajralib chiquvchi murakkab fizik-ximik jarayonga aytiladi. Oddiy sharoitda oksidlovchi vazifasini havodagi kislorod bajaradi. Ayrim hollarda xlor, brom va boshqa kimyoviy moddalar oksidlovchi vazifasini bajaradi.
    Yonuvchanligi bo‘yicha barcha qurilish materiallari 3 guruhga bo‘linadi.
    Yonmaydigan- yuqori harorat yoki alanga ta’sirida alangalanmaydi, yonmaydi va cho‘g‘lanmaydi (beton, temir beton, g‘isht va boshqalar).
    Qiyin yonuvchi- alanganing doimiy ta’siri ostida alangalanuvchi, cho‘g‘lanuvchi materiallar. Alanga manbai olingach, yonish va cho‘g‘lanish to‘xtaydi (organik to‘ldirmali gipsdan va betondan yasalgan qismlar, o‘tga chidamli modda shimdirilgan yog‘och qismlar va h.k.).
    Yonuvchi- yuqori harorat va alanga ta’sirida alangalanuvchi yoki yonuvchi, alanga manbai olib tashlangach ham yonishi yoki cho‘g‘lanishni davom ettiruvchi materiallar (organik materiallar, yog‘och mahsulotlari bitum, ruberoid va h.k) kiradi.
    Bino va inshoatlarning o‘tga chidamliligining miqdoriy xarakteristikasi “ o‘tga chidamlilik chegarasi” bilan belgilanadi.
    O‘tga chidamlilik chegarasi shu konstruksiyaning soatlar bilan o‘lchanadigan o‘tga qarshilik ko‘rsata olish vaqtidir. Bu quyidagi 3 belgilardan biri paydo bo‘lgungacha bo‘gan vaqtdir.
    1. Konstruksiyada (devor, pardevor, ustun, ship, pol va sh.o‘) alanga o‘ta oladigan teshik yoki yoriqlar hosil bo‘lguncha ketgan vaqt.
    2. Konstruksiyaning orqa tomonida haroratning 140 oS dan ortiq qizib ketishigacha bo‘lgan vaqt.
    3. O‘z og‘irligini ko‘tara olmay, yiqilib tushishigacha ketgan vaqt.



    Download 0,65 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari

    Download 0,65 Mb.