|
Referat Mavzu: Issiqxonalarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi
|
bet | 1/6 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 20,41 Kb. | | #103863 | Turi | Referat |
Bog'liq Issiqxonalarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi Referat Reja:
Issiqxonalar uchun sabzavot ko‘cliat!arini yetishtirishni umumiy usullari
O‘zbekistonda xozirgi kunda ko‘chat qilib ekiladigan sabzavotlar ochiq yerda 60 foizni, ximoyalangan joyda esa 90 foizni tashkil etadi. Respublikamizda sabzavot ekinlari dalasining yarmiga va himoyalangan yerlarga to’liq ko‘chat o’tqaziladi. Ko‘chat usuli bir qancha afzalliklarga ega. Birinchidan: Ko‘chat rivojlanishida dala o‘simligidan 30-40 kun o‘zib ketib, erta hosil yetishtirish imkonini beradi. Ikkinchidan: Ko‘chat evaziga issiqsevar sabzavot ekinlarini (pomidor. tarvuz, qovun) mo’tadil iqlim sharoitida o‘stirish mumkin. Bunday oddiy holatda pishmay qoladi. Uchinchidan: Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni ko‘chat usulda oson tashkil etish mumkin. To‘rtinchidan: Urug‘ (3-7 barovar bevosita dalaga ekishga nisbatan) tejaladi va yagonalash, qatqaloq, begona o’tlarga qarshi kurashishlarga hojat qolmaydi. Aholini noanʼanaviy va foydali sabzavot ekinlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida 2022-yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklarida 1,9 ming gektar maydonga, shundan, 1,2 ming gektar fermer, qishloq xo‘jaligi korxonalarida va 702 gektar aholi tomorqa maydonlarida brokkoli ekilgan. Ushbu maydonlardan barcha toifa xo‘jaliklarida 2022-yilda 37,6 ming tonna, shundan, 27,4 ming tonna mahsulot fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilishi belgilangan. Hozirda, respublika hududida brokkolining “Agassi F1”, “Ayronmen F1”, “Atlantis F1”, “Geraklion F1”, “Kvinta F1”, “Naksos F1”, “Maraton F1”, “Tiburon F1”, “Fiyesta F1” navlari ekish uchun tavsiya etilgan. Brokkoli (Brassica botrytis subsp. italica) – karamdoshlar oilasiga mansub, bir yillik o‘simlik, gulkaramning o‘zgargan turi hisoblanadi. Uning vatani Janubiy Italiya bo‘lib, qadimgi Rimda 2 ming yil oldin ham yetishtirilganlilgi ma’lum. Bu ekin Italiyadan Vizantiyaga, keyinchalik esa, boshqa Yevropa davlatlariga keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda brokkoli yetishtirish Yaponiya, Italiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Kanada, Shvetsiya, Polsha, Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda sezilarli darajada ko‘paygan. Mamlakatimizda esa, brokkoli noanʼanaviy, kam tarqalgan sabzavot ekinlari sirasiga kiradi.
|
| |