|
Referat Mavzu: Issiqxonalarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi
|
bet | 3/6 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 20,41 Kb. | | #103863 | Turi | Referat |
Bog'liq Issiqxonalarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi Brokkolini saqlash. Ushbu karamni muzlatilgan, qaynatilgan va yangiligicha saqlash mumkin. U muzlatilgan holda bir yilgacha saqlanadi. Bu usul mavsumdan tashqari bo‘lgan davrda isteʼmolchilarni brokkoli mahsuloti bilan taʼminlashga yordam beradi. Ko’katlar (ukrop, kashnich, petrushka), bargli ko’katlar (salat, kress-salat, pekin va xitoy barg karamlari), rediska, barg piyoz eng ko’p tarqalgan. Bu ekinlar bilan band bo’lgan issiqxona maydonlari katta emas, lekin ular yil sayin kengayib bormoqda. O’zbekistonda himoyalangan yerlarda ko’kat ekinlar besh oy davomida – noyabrdan to aprelgacha etishtiriladi. Kuz oxiri va qish boshida O’zbekiston mevalar, uzum, kechki yangi va tuzlangan sabzaotlarni mo’lligi bilan tavsiflanadi. Bu ko’kat ekinlarga so’rovni kamaytiradi. SHuning uchun kuzgi-qishki aylanishda faqat ukrop, kress salat, kashnich etishtiriladi. Bargli salat ko’proq qishki-bahorgi aylanishda etishtiriladi. Ekish usullariga ko’ra ko’kat ekinlar 2 guruhga bo‗linadi: urug‗ bilan ekiladigan va tezlashtirib o’stiriladigan. Qisqa o’suv davriga ega bo’lgan ko’kat ekinlarni urug’ini inshoot tuprog’iga ekish yo’li bilan, uzun o’suv davrililari esa tezlashtirib o’stirish uslubi orqali etishtiradilar. O’zbekiston sharoitida urug’idan ekiladigan ko’kat ekinlarni to’g’ridan-to’g’ri issiqxona eriga ekish yo’li bilan, yorug’lik kam bo’lgan eng shimoldagi mamlakatlarda ularni ko’chat orqali etishtiradilar. O’zbekistonda o’stiriladigan Ko’kat ekinlar ichida petrushka, bosh piyoz bargi tezlashtirib o’stirish yo’li bilan, qolgan ekinlar urug’idan ekilib etishtiriladi. Urug’ bilan ekiladigan ekinlarni barcha turdagi inshootlarda etishtirish mumkin. Lekin plyonkali issiqxonalarda (isitiladigan ham isitilmaydigandan) etishtirish ko’proq maqsadga muvofiqdir. Bu ekinlarni qishki issiqxonalarda pomidor va bodringga zichlovchi ekinlar sifatida ham etishtiradilar. Ammo, asosiy ekinni haroratga talablari zichlovchilar uchun to’g’ri kelmaganligi sababli undan yuqori hosil olishni qiyinlashtiradi.
|
| |