|
Barcha salat turlari o’q ildizli, va tuproq yuziga yaqin joylashgan ko’p sonli yon shoxlardan iborat. Barglari o’tiruvchan, yaxlit yoki tilim-tilim, turli shaklda
|
bet | 5/6 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 20,41 Kb. | | #103863 | Turi | Referat |
Bog'liq Issiqxonalarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi Barcha salat turlari o’q ildizli, va tuproq yuziga yaqin joylashgan ko’p sonli yon shoxlardan iborat. Barglari o’tiruvchan, yaxlit yoki tilim-tilim, turli shaklda. Barglarni yuzasi puffakli, burushgan yoki deyarli silliq, och-yashil, yashil yoki to’q-yashil rangda. Barglarni kesilgan joyida sutli shira chiqib turadi. Gulli poyalarining balandligi 60-120 sm. To’pgullari – savatchaga to’plnagan, gullar sariq rangda, o’z-o’zidan changlanuvchan. Urug’lari mayda, oq yoki kul rangda. 1000 urug’ni massasi 0,8-1,2 g, urug’lar 3-4 yil unuvchanligini saqlaydi. Ismaloq (Spinacia) — shoʻradoshlar (shoʻragullilar oilasi)ga mansub bir yoki ikki yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. I. ikki jinsli (aksariyat, ikki uyli), sovuqqa chidamli, tez yetiladigan oʻsimlik. AQSH, Kanada, Yevrosiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda poliz I. (S. oleracea L.) turi sabzavot sifatida oʻstiriladi. Dalaga erta bahorda ekiladi. Urugʻi 3—4 kunda koʻkarib chiqadi. Unib chiqqanidan keyin 30—45 kunda barglari isteʼmolga tayyor boʻladi (ovqatga ishlatiladi). Hosildorligi 150—300 s/ga. Choʻchqatikan (S. turkestanica Iljin) turi ekinzorlarda va togʻ yon bagʻirlaridagi oʻtloqlarda begona oʻt tarzida uchraydi. Boʻyi 60 sm, barglari patsimon qirqilgan, poyaning pastki qismidagilari bandli, qolganlari bandsiz, ketma-ket joylashgan. Mevasi — tikanli toʻpmeva. I. unib chiqqanidan keyin 30—40 kunda maysasi, 90—100 kunda urugʻi yetiladi. 8—9° sovuqqa chidamli. Tarki-bida karotin, vitamin V, V2, S, organik kislotalar boʻlib, xalq tabobatida siydik haydovchi dori sifatida hamda kamqonlik, raxit kasalliklariga qoʻllaniladi. Bargidan gidrolizlab olingan maxsus oqsil modda meditsinada meʼda osti bezi faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi, barglari bahorda, vitaminlarga boy boʻlib, undan somsa va b. taomlar tayyorlanadi. Kashnich (Coriandrum) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi, efir moyli va koʻkat-sabzavot ekini. Oʻrta dengiz atroflarida 2 turi, Oʻrta Osiyoda 1 turi — ekma K. (C.sativum) oʻsadi. Yevropa, Shim. Afrika, Osiyo, Shim. Amerika, mamlakatlarida, Ukraina, Rossiyaning markaziy qoratuproq viloyatlarida xoʻjalik maqsadlarida ekiladi. Urugʻidan yetishtiriladi. K. poyasi qirrali, sershox, barglari uzun bandli. Gullari oq yoki pushti; soyabonlarga toʻplangan. Mevasi yumaloq.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Barcha salat turlari o’q ildizli, va tuproq yuziga yaqin joylashgan ko’p sonli yon shoxlardan iborat. Barglari o’tiruvchan, yaxlit yoki tilim-tilim, turli shaklda
|