Referat Mavzu: Issiqxonalarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi




Download 20,41 Kb.
bet2/6
Sana23.11.2023
Hajmi20,41 Kb.
#103863
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Issiqxonalarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi

Brokkoli boshqa karamlarga nisbatan tez hazm bo‘lishi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida ko‘plab uglevodlar bo‘lib, poyasi qandga boy. Tarkibida shakar miqdori 1,5-3,8 foiz: uning umumiy miqdorini 5-10 foizini saxaroza, 0,4-0,5 foizini kraxmal, 0,7-1,2 foizini kletchatka tashkil etadi. Shuningdek, brokkoli karami o‘zida ko‘plab mineral moddalarni jamlaydi, yaʼni 100 gramm quruq vaznida kaliy – 490 mg, kalsiy – 105 mg, fosfor – 82 mg bo‘lishi, uning minerallarga boyligini ko‘rsatadi. Brokkolining 100 gramm gul to‘plamlari tarkibida natriy tuzlari – 13,1 mg, magniy – 31,0 mg yod – 12,0 mg temir – 1,3 mg miqdorda bo‘ladi. Brokkoli karamboshlarida gulkaramda uchramaydigan karotin (1,9-4,0 mg/100 g) moddasi ko‘pdir.

Yoshlik eliksiri. Brokkoli turli yoshdagi insonlar uchun juda muhim parhezbop mahsulot. Uning mahsulotidan nurlanish kasalliklarini davolashda samarali foydalanish mumkin. Brokkoli yosh bolalar, homilador ayollar hamda aterosklerozga moyil bo‘lgan keksalar uchun juda foydalidir. Uni sog‘lom soch tolalarini tiklashda, teri va suyak to‘qimalarini shakllanishida qo‘llash yaxshi samara beradi. U keksayishni ortga suruvchi tabiiy mahsulot sanaladi.

Harorat tanlaydi. Brokkoli bir yillik o‘simlik bo‘lib, birinchi yildayoq urug‘ beradi. Lekin buning uchun uzoq o‘sish davrini (260-270 kun) talab etadi. Barglari shakllangandan keyin, qisqa, yo‘g‘on, sershox va etli poyalardan iborat karambosh hosil qiladi. Keyin, bir qism shoxlar uzayib, o‘sa boshlaydi va ro‘vaksimon to‘p gul hamda urug‘ hosil qiluvchi gul poyalarga aylanadi. Brokkoli urug‘i +5-6 daraja haroratda ko‘kara boshlaydi. Uning unib chiqishi uchun eng qulay harorat +18-20 daraja hisoblanadi. Gullashi va urug‘ining yetilishi uchun harorat +18-20 daraja bo‘lishi kerak.


Ekish muddati. Brokkoli karami 4 muddatda: ertaki – fevral oxiri, mart oyi boshlarida, o‘rtapishar – mart oyining oxirgi o‘n kunligida, kechki – 15-iyundan 15- iyulgacha, qish oldidan – noyabr oyi boshlarida ekiladi. Tuvakchasiz o‘stirilgan ko‘chatlar to‘rt-besh, tuvakchalarda yetishtirilganlari esa yetti-sakkiz barg chiqarganda dalaga o‘tqaziladi. Yozgi muddatlarda ekishga mo‘ljallangan ko‘chatlar ko‘chatxonalarda yetishtiriladi. Bunda urug‘lar iyun oyining o‘rtalarida sepilib, iyulning o‘rtasi—avgustning dastlabki kunlarida dalaga o‘tqaziladi. Brokkoli karamini bevosita dalaga urug‘dan ekib yetishtirish ham mumkin. Lekin urug‘ning ko‘p sarflanishi va uning qimmat turishi sababli bu usul ishlab chiqarish sharoitida unchalik foyda bermaydi.


Download 20,41 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 20,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat Mavzu: Issiqxonalarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi

Download 20,41 Kb.