• Salat – bir yillik o’tli o’simlik. Salat 3 ta tur xili bilan farqlanadi: bargli, bosh
  • Bosh o’raydigan salat ham boshida tup barglarni hosil qiladi, shundan so’ng
  • Romen salatini ekilgandan to texnik pishib etilishigacha o’suv davri 70-100 kun.
  • Referat Mavzu: Issiqxonalarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi




    Download 20,41 Kb.
    bet4/6
    Sana23.11.2023
    Hajmi20,41 Kb.
    #103863
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Issiqxonalarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi

    O’zbekistonda etishtiriladigan ko’kat ekinlar o’zining botanik oilalarga mansubligiga qarab farqlanadi. Ukrop, kashnich, petrushka – Seldirsimonlar, kress salat va pekin karami – Karamsimonlar, salat – Astrasimonlar, bosh piyoz –

    Piyozguldoshlar oilalariga mansubdir.

    Himoyalangan erlarda etishtiriladigan ko’kat ekinlarda bir qator umumiy xususiyatlar namoyon bo’ladi. Urug’lar tezpisharligi bilan farqlanadi va hosilni (ko’katni) deyarli qisqa vaqti davrda (24-45 kunda) shakllantiradi. Ko’kat ekinlar

    Ko’pincha yangiligida, yig’ishtirilgan kun yoki yig’ishtirilgan kundan qisqa vaqt o’tgach iste‘mol qilinadi. Salat, rediska, ko’k piyoz va boshqalar faqat yangiligida iste‘mol qilinadi. Petrushka va ukrop turli taomlarga dorivor sifatida qo’llaniladi, hamda tuzlashda va sirkalashda ziravor sifatida foydalaniladi. Ularni hammasi yilning eng qorong’i davrida – dekabrdan to fevralgacha yangi mahsulot berish xususiyatiga ega.

    Salat – bir yillik o’tli o’simlik. Salat 3 ta tur xili bilan farqlanadi: bargli, bosh

    O’raydigan va romen salatlari.

    Bargli salat urug’ unib chiqqandan boshlab 30-40 kun o’tgach barg tupini hosil qiladi, va u ovqatga ishlatiladi. Tup barg hosil qilgandan so’ng o’simlik gul poya chiqarib yuboradi. U paydo bo’lshi bilan barglar achchiq va ishlatishga yaramaydigan bo’lib qoladi.

    Bosh o’raydigan salat ham boshida tup barglarni hosil qiladi, shundan so’ng

    Bo’sh (yumshoq) boshni shakllantiradi, uni pishib etilishi urug’ unib chiqqandan so’ng 50-95 kun o‗tgach boshlanadi.

    Romen ovalsimon yoki teskari tuxumsimon shakldagi boshchalar hosil qiladi.

    Romen salatini ekilgandan to texnik pishib etilishigacha o’suv davri 70-100 kun.

    Salat – qimmatli vitaminlar va mineral tuzlarning manbayi. 100 g xo’l massada 6 mg gacha karotin (provitamin A), 15 mg gacha vitamin S, hamda V1, V2 va V6 vitaminlari mavjud.

    Salat barglari tarkibida 2,5-3,8% shakar, erkin aminokislotalar, kalsiy, temir, natriy, fosfor, magniy tuzlari, mikroelementlar, asparagan, hamda olma, limon, shovul va yantar kislotalari mavjud. Salatni sutli shirasida uyquni tinchlantiradigan va qon bosimini pasaytiradigan glyukozid laktutsin mavjud. Salat antisklerotik modda xolinni hosil bo’lishiga yordam beradi, organizmdan xolesterinni chiqishini tezlashtiradi, bu aterosklerozni oldini oladi. Salat ovqatni hazmi bo’lishini va modda almashuvni yaxshilaydi, yuqori qon bosimini pasaytiradi, uni qand (diabet) xastaligida ham iste‘mol qilish tavsiya etiladi.


    Download 20,41 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 20,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat Mavzu: Issiqxonalarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi

    Download 20,41 Kb.