O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy




Download 1,21 Mb.
bet1/3
Sana16.05.2024
Hajmi1,21 Mb.
#237357
  1   2   3
Bog'liq
Suvpo’latov Ozodjon Alijon o’g’li (1)



O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA

ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI

18-SON

20.04.2023






KORXONALARDA INNOVATSION JARAYONLARNI BOSHQARISH




https://doi.org/10.5281/zenodo.7834033

Bugungi kunda respublikamizda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari va qulay muhitining yaratilganligi, ochiq raqobat sharoiti va yuqori iqtisodiy manfaatdorlikka erishish imkoniyatlari tadbirkorlarning o’z faoliyatini tashkil etish, kengaytirish va o’zgartirishlarida innovatsiya loyihalarini joriy etishga bo’lgan intilishlarini kuchaytirmoqda. Bu esa mamlakatimizda innovatsiyaning mazmun-mohiyatini kengroq o’rganish, innovatsiya faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishga bo’lgan munosabatlarning rivojlanishiga olib kelmoqda.


Shunday ekan, innovatsiyaning o’zi nima, degan savolga to’liq javob topish unga bo’lgan munosabatni to’g’ri belgilash va tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, bir sifatdan ikkinchi bir sifatga o’tish resurslarni (energiya, vaqt, moliya, mablag’lar va boshqalar) talab etadi. Yangilikni hayotga tadbiq etish xali o’z navbatida resurslarni talab etadi. Bularning orasida eng muhim investitsiya (mablag’) va vaqtdir. Innovatsiya faoliyatining asosiy tashkil etuvchisi bo’lib investitsiya (mablag’) va yangilikning kiritilishi hisoblanadi. Yangilik bozorining shakllanishiga olib keladi. Investitsiya kapitali bozori, yangilikni joriy etishni sof raqobat bozori shakllanadi.
Bu uch omil innovatsiya faoliyatining asosini tashkil etadi.




  1. rasm. Innovatsiya jarayonning sohalar bo’yicha klassifikatsiyasi (Дорофеев В.Д., Шмелева А.Н. «Инновационний менеджмент» 2009г)

Innovatsiya keng ma’noda yangiliklardan rentabellik (foydalilik) darajasini oshirish uchun yangi texnologiyasini qo’llash, yangi mahsulot ishlab chiqish yoki









xizmat ko’rsatish, tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni ishlab chiqish, tijorat, boshqarish va boshqa sohalarda qo’llanishni tushuniladi.
Innovatsion jarayon deganda umumiy holda ixtironi, yangi texnologiyani, yangi mahsulotlar yoki xizmatni, ishlab chiqarish, moliya, ma’muriy xarakterga ega intellektual faoliyat turini tijoratlash jarayoni tushiniladi. Innovatsiya jarayonining tavsifnoma va asosiy bosqichlari 3-rasmda berilgan.


Download 1,21 Mb.
  1   2   3




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy

Download 1,21 Mb.