Reja: Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimi




Download 34,55 Kb.
Sana13.09.2024
Hajmi34,55 Kb.
#270969
Bog'liq
Reja Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimi


ISHLAB CHIQARISH MUHITINING MIKROIQLIM SHAROITLARI


Reja:

  1. Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimi.

  2. Fizolagik jarayonlar.

Ishlab chiqarish muhitining, jumladan, bino, uylarning meteriologik sharoitlari yoki mikroiqlim tushunchasiga havo harorati, uning namligi va harakatchanligi, bosimi, shu bilan birga har xil qurilma, asbob-uskuna, ishlanadigan material va buyumlardan ajralib chiqqan issiqlik, infraqizil hamda ultrabinafsha nurlar kiradi.


Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimiga ikkita asosiy ichki va tashqi sabablar bog‘liq bo‘ladi.
Ichki sabablar: nisbatan doimiy xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish texnologiyasiga, qo‘llanadigan asbob-uskunalarga va sanitariya-texnikaviy qurilmalarga bog‘liq bo‘ladi. Ichki sabablarning ta’sir kuchi qo‘llaniladigan asbob-uskunalarning quvvatiga va sanitariya-texnikaviy qurilmalarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.Tashqi sabablar: o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lib, yil fasllariga, ob-havoga, kecha va kunduzga bog‘liq bo‘ladi.
Tashqi sabablarning ta’sir kuchi binolarning devoriga, tomiga, qanday materialdan qurilganiga, romlarning bor yo‘qligiga va ularning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Ishlab chiqarish binolarning issiqlik rejimi, bino ichiga tushib turgan quyosh nurlaridan ajralib chiqadigan issiqlikdan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolaridagi ajralib chiqadigan issiqlikning bir qismi ochiq joylardan tashqariga chiqib ketadi, qolgan ikkinchi qismi bino havosini qizishiga sababchi bo‘ladi.Ishlab chiqarish binolarida havo issiq jismlarga tegishi natijasida isiydi, engillashadi va yuqoriga ko‘tariladi, o‘ning o‘rnini esa undan sal og‘irroq sovuq havo egallaydi, o‘z navbatida u ham issiq jismlarga tegib isiydi va yuqoriga ko‘tariladi.
Shunday qilib havoning doimiy harakatda bo‘lgani uchun faqat issiq jismlar atrofidagi havo isib qolmasdan ishlab chiqarish binolarining hamma eridagi havo isiydi. Bunday issiqlik uzatilishi konveksion issiqlik uzatilishi yo‘li deyiladi.Hamma qizigan jismlar o‘zidan nurlar chiqaradi. Nurlar xarakterli jismning haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Issiqlik ajralib chiqaradigan jismlarning harorati 500C va undan yuqori bo‘lsa ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari bilan birga, ko‘zga ko‘rinmaydigan infraqizil nurlar ajralib chiqa boshlaydi.
O‘zidan issiqlik chiqaradigan jismlarning harorati 2500-3000C va undan yuqori bo‘lganda, yorug‘lik va infraqizil nurlar bilan bir qatorda ultrabinafsha nurlar ham ajralib chiqa boshlaydi. Bu nurlar ishlab chiqarish binolari havosini isitmaydi, lekin ular tarqalish yo‘lida har xil jismlarga duch kelib shu jismlarda qisman yutiladilar, yutilish jarayonida nur energiyasi issiqlik energiyasiga aylanish natijasida jismlarni qizdiradi va o‘z navbatida qizigan jismlar issiqlik manbai bo‘lib, atrofdagi havoni isitadi.Havoda har doim bir oz miqdorda suv bug‘lari bo‘ladi. Bir kilogramm yoki bir kubometr havodagi suv bug‘larining miqdori (gramm hisobidagi) uning maksimal namligini belgilaydi.
Maksimal namlik havo haroratiga bog‘liqdir, havo harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, unda suv bug‘lari shunchalik ko‘p bo‘lishi mumkin, ya’ni uning maksimal namligi shunchalik katta bo‘ladi.
Ayni vaqtda bir kilogramm yoki bir kubometr havodagi suv bug‘larining miqdori havoning absolyut namligi deb ataladi.Ayni haroratda absolyut namlikning maksimal namlikka bo‘lgan nisbati havoning nisbiy namligi deb ataladi va u protsentda ifodalanadi.Ishlab chiqarish binolarining texnologik jarayoni havoning namligiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Suv va suvli eritmalar bilan ishlov berish usullaridan foydalaniladigan paytlarda havo namligi yanada oshib ketadi.
Ayniqsa ular isitilsa yoki qaynatiladigan bo‘lsa va ulardan chiqadigan bug‘ tepaga to‘siqsiz ko‘tarilib ketsa havoning nisbiy namligi 80-90% va hatto 100%ga etishi mumkin. Bunday havoning qo‘shimcha suvni qabul qilish xususiyati juda cheklangan bo‘ladi yoki tomoman yo‘qoladi.Mikroiqlimning organizmga ta’siri. Inson organizmi havo haroratining juda katta o‘zgarishiga moslasha oladi. Chunki odam organizmida uzluksiz ravishda issiqlik paydo bo‘ladi va u tashqariga ajralib chiqib turadi, buning natijasida issiqlikning paydo bo‘lishi va sarf qilinishi orasidagi doimiy nisbat hamda harorat bir xil darajada saqlanib turadi.
Bu fiziologik jarayon esa organizmning isiqlik almashuvi deyiladi.Odam organizmida uzluksiz paydo bo‘ladigan issiqlik tashqariga uch xil yo‘l bilan chiqadi: konveksiya, nur tarqatish va terlash. Normal mikroiqlimda (havo harorati 20oC atrofida) konveksiya yo‘li bilan 30% atrofida, nur tarqatish yo‘li bilan 45% atrofida, terlash yo‘li bilan esa 25% atrofida organizmdan issiqlik ajralib chiqadi.Noqulay iqlim sharoitida organizmning issiqlik almashuvi jarayoni buzilishi natijasida, organizmdagi hayotiy zarur a’zolarning normal ishlashi qiyinlashadi va fiziologik funksiyalari o‘zgaradi.Yuqori harorat yurak va qon tomir tizimiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqori harorat ta’siri natijasida qon tomir urushi tezlashadi va organizm harorati ko‘tarilishiga sababchi bo‘ladi. Bu esa organizm issiqlik almashuvining buzilishidan darak beradi.Yuqori harorat ta’siri natijasida qon bosimi pasayadi, qonning kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Issiq havo ta’sirida organizmdan suyuqliklar bilan bir qatorda juda ko‘plab gazlar ham ajralib chiqadi. Organizmning suv tuzi balansi buzilishi natijasida kishilar tomir tortish kasalligiga uchrashlari mumkin.
Yuqori harorat ovqatlanish a’zolariga va vitamin almashuviga ham yomon ta’sir qiladi. Kishilar juda issiq muhitda uzoq muddat ishlashi natijasida ular organizmi qizib ketishi, ya’ni issiq urushi mumkin.Butun organizmning ortiqcha qizib ketishidan paydo bo‘lgan issiq urushidan oftob urushini farq qilish kerak. Oftob urushi issiqlik nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshga ta’sir qilishidan va bosh miyaning 40-42 gradusgacha isishida paydo bo‘ladi. Bunda tana harorati normal holda qolishi yoki salgina ko‘tarilishi mumkin. Ba’zida oftob-issiq urishining aralash formalari uchraydi.
Sovuq havoning organizmga ta’siri natijasida organizmlarning har xil bakteriyalarga bo‘lgan qarshiligi susayadi. Natijada kishilar gripp, nafas olish yo‘llarini shamollashi, o‘pka shamollashi, nerv va bosh miyaning shamollashi kasali bilan kasallanadilar. Shuning uchun ham bu kasalliklar shamollanish kasalligi deb ataladi.
Infraqizil nurlarning organizmga ta’siri issiq havo ta’siridan farq qilib, avvalo maxalliy ta’sir ko‘rsatadi. Infraqizil nurlarning mahalliy ta’siri organizmning nurlanayotgan qismida issiqlik sezilishi bilan ifodalanadi. Nurlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa issiqlik sezishi ham shuncha yuqori bo‘ladi, hatto kuyishgacha borib etadi.
Infraqizil nurlar ta’sirida tana harorati ko‘tariladi, tomir urushi va gaz almashuvi tezlashadi, ba’zida esa qon bosimi pasayishi va nafas olishning tezlashishi kuzatiladi. Infraqizil nurlarning organizmga ta’sirining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, oqsil tuqimalaridan kimyoviy o‘zgarish keltirib chiqaradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zga tushganda esa ko‘z gavharini xiralashtiradi.Ishlab chiqarish mikroiqlimning gigenik normalari.Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari “Sanoat korxonalarini loyihalash sanitariya normalari” (SN 245–71)ga, “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi”, “Ish zonasi mikroiqlimi” Standart 12.1.005-76 ga asosan belgilanadi. Ular gigienik va texnik-iqtisodiy tartiblar hamda talablarga asoslangan.Sanoat korxonalarida xonalarning xili (oddiy, issiq), yil fasllari (issiq, sovuq, o‘zgaruvchan) va ish kategoriyasiga (engil, o‘rtacha va og‘ir) qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligining ish joylari uchun ruxsat etilgan, optimal normalari belgilangan. Ish kategoriyalari quyidagicha belgilanadi:
Engil jismoniy ishlar (1-kategoriya)ga o‘tirib, turib yoki yurish bilan bog‘liq bo‘lgan holda bajariladigan, biror muntazam jismoniy zo‘riqish yoki og‘ir yuklarni ko‘tarish talab qilinmaydigan ishlar misol bo‘lib, bunda soatiga 150 Kkal (172 j/s) energiya sarf qilinadi.
O‘rtacha jismoniy ishlar (2-kategoriya)ga soatiga 150-250 Kkal (172-293 j/s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og‘irligi 10 kg gacha bo‘lgan yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar misol bo‘ladi.
Og‘ir jismoniy ishlar (3-kategoriya)ga muntazam jismoniy zo‘riqish, og‘ir (10 kg dan ko‘p) yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi.
Harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligi optimal va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlar ko‘rinishida normalanadi. Optimal miqdorlar deganda odamga uzoq muddat davomida va muntazam ta’sir qilganda issiqlik boshqarilishi reaksiyasini ko‘paytirmasdan organizmning normal funksional va issiqlik holatini saqlashni ta’minlaydigan mikroiqlim parametrlarining yig‘indisi tushuniladi.
Ular issiqlik sezish mo‘‘tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini oshirishda muhim shart-sharoit hisoblanadi. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari organizmning funksional va issiqlik holatdagi o‘zgarishlarni, fiziologik moslashish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan issiqlik boshqarilishi reaksiyalariing kuchayishini bartaraf etadigan va me’yorga soladigan mikroiqlim parametrlari yig‘indisini ifodalaydi.
Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomo‘‘tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin.1, 2, 3- jadvallarda sovuq va o‘zgaruvchan davr uchun mikroiqlimning optimal va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan (YQMB) parametrlari keltirilgan: Standart 12.1.005-76 da xonalarning katta-kichikligi, issiqlik va namlik ajralishining birga uchrashi, doimiy harorat va namlikni sun’iy usulda ushlab turish sharoitlarini hisobga oladigan qator qo‘shimcha tavsiyalar, aniqliklar berilgan.
Ekologik va iqtisodiy talablarni malum bir iqtisodiy kengliklarda amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliy tadbirini yo‘lga qo‘yish jamiyatdagi 
Ekologik munosabatlarni tartibga solishning eng samarali vositasidir. 
Sanoat tegralari-malum bir hududlarda noqishloq xo‘jalik sanoat tarmoqlarini 
joylashuvi va ularning ishlab chiqarish jamiyatini yurgazish. Bunday tegralarga sanoat tarmoqlari yoki majmualar majmuasini yani mashinasozlik va metallurgiya korxonalari, neft, gaz sanoati obektlari, engil va oziq-ovkat korxonalari, neft, gaz sanoati obektlari, engil va oziq-ovqat korxonalari, energetika obektlari (AES, GES, GRES, TES), tog‘ kon, ximiya qurilish sanoatiga qarashli zavod, fabrika va korxonalarini aholi punktlarida chetga olib chiqilgan maydonlari kiradi. 
Sanoat tegralarida biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, atrof muhitni ifloslanishi va ekologik havfsizlik talablari boshqa antropogen o‘zgargan obektlarga nisbatan o‘ziga xos bo‘lib, ularda umumjah’on ekologik talablari quyidagilardan iborat. 
• Texnologik jaraёnlarning kam chiqimli va chiqimsizligini taminlash; 
• ifloslantirish va zah’arlanishnikamaytirish va zarali moddalari 
neytrallashtirish; 
• Ekologik xavfsiz mah’sulotlar chiqarish. 
• Tozalagich texnologiyalarini doimo takomillashtirib bori shva ularni 
davlat nazoratida ushlab turish; 
Sanoat tegralari va ularda biron bir sanoat korxonasini joylashtirishni rejalashtirish xalq xo‘jaligining umumiy iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida korxonalarning joylashtirishning asosiy nazorat xujjatlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning hududiy va bosh sxemalari hisoblanadi.
Bu sxemalaridan sanoat korxonalari loyixalash tashkilotlari tabiiy resurslaridan foydalanish va atrof muh’itni muh’ofaza qilishning ruxsat etilgan meёrilarini hisobga olgan holda foydalaniladi. Sanoat korxonalarini qurish vaqtida qurilish tashkilotlari loyixadagi ekologik va sanitar talablarini bilishlari va ularga to‘lig‘icha etibor berishlari kerak. Shu bilan birgalikda loyixachilar avtorlik nazoratini, ekologik xizmatchilar esa sanitar nazoratini amalga oshirishlari shart. Kopgina demokratik mamlakatlar qonunchiligida sanoat korxonalarini joylashtirish va qurishda jamoat birlashmalari va mahalliy aholining fikrlarini inobatga olish ko‘zda tutilgan. 
Jamoatchilik talabi Bilan yevropada shimoliy darёlar janubga oqizilmaydigan 
bo‘ldi. Qrimning kurortlar tegrasida Qrim (AES) qurilish to‘xtatiladi. Germaniya (TES) larini qurilishi ekologik inqirozi h’ududlarda to‘xtalishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 
Sanoat tegralarida korxonalarni ishga tushirishdan avval ularning ekologik ekspertizadan o‘tkazish shartlari Tabiatni muh’ofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 6-bobida aniq ifodalangan bo‘lsada, lekin rivojlangan mamlakatlarning ekologik qonunchiligida aniq aks ettirilgan. 
Xalqaro normalarga muvofiq sanoat korxonalarining ishga tushirilishi ekologik xavfsizlikning taminlab berish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, yani loyixada ko‘zda tutilgan tozalovchi va chiqitlarni zararsizlantirish inshootlari qonun xujjatlaridagi meёrlarga to‘g‘ri kelmasa soha yoki buyurtmachi tomonidan tuziladigan sanoat korxonalarini qabul qilish 
komissiyasi tarkibida ekologik nazorat va sanitar epidimologik nazorat organlari  qatnashuvchini taminlash darkor. 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muh’ofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 
10-bob, 41-moddasida korxonalar, tashkilotlar va boshqa obektlarni joylashtirish, qurish, rekonstruktsiya, ulardan foydalanish va ularni tugatishga doir ekologik talablar belgilangan. İshlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga ekologik guvoh’nomalar berish Tabiatni muh’ofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 46-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Ekologik guvoxnomalar berish tartibi Vazirlar Mah’kamasi tomonidan tasdiqlanadi va tabiatni muh’ofaza qilish davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Sanoat tegralarida tabiiy resurslardan foydalanish limitlari va meёrlari, atrof muh’itga etkazilgan zararlarni korxonalar tomonidan qoplashning h’uquqiy normalari. 
Tabiatni muh’ofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 4,5,6 boblarida keltirishgan bir qator moddalar bilan tartibga solinadi. Sanoat tegralarida ekologik talablarini xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan qo‘pol ravishda buzganlarga avvalambor iqtisodiy javobgarlik choralarini qo‘llash, bu h’uquqbuzarliklar bir necha bor takrorlanganda ёki bir marotaba qo‘pol ravishda maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari qurilishlarining tamirlaydigan va ularga texnik xizmat ko‘rsatadigan korxonalar va tashkilotlar oldiga qo‘yiladigan talablar 17-moddada. Atmosfera h’avosidagi zararli tasir ko‘rsatuvchi transport vositalari va boshqa qatnov vositalari h’amda qurilishlarni tamirlaydigan va ularga texnik xizmat ko‘rsatadigan korxonalar va tashkilotlar ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdorining h’amda ular fizikaviy omillari zararli tasir ko‘rsatishning normativlariga muvofiqligini va tartibga solish taminlanadi. Kashfiёtlar, ixtirolar, sanoat namunalarini, texnik va texnologiyalarni joriy etish paytida atmosfera h’avosini muh’ofaza qilish talablariga rioya etish 23-moddada. Atmosfera h’avosini muh’ofaza qilishda texnologik tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Buning uchun sanoat korxonalaridagi texnologik jaraёnlarni takomillashtirish h’isobiga h’atto chiqindi ёki chiqindisiz korxonalarni qurish mumkin. Chiqindi va chiqindisiz korxonalarni qurish mumkin.
Chiqindili va chiqindisiz ishlab chiqarish korxonalari tashkiliy va texnologik jaraёnlarni o‘z ichiga oladi, bunda h’am Ashe tayёrlash, mavjud materiallardan to‘la foydalanish, ularni chiqindi sifatida tashqi muh’itga tashlamaslik borasida yo‘l-yo‘riq tavsiyalar ishlab chiqadi. Shuning uchun h’am aksariyat kam chiqindini chiqarish korxonalarga kata ah’amiyat berilmoqda. 
Akademik B.N. Laskorixning fikricha, kam chiqindili texnologiyaga ega bo‘lgan korxonalar quyidagi yo‘nalishda ish olib borishlari kerak: xom ashёlarni majmua holda ishlash, yangi texnologik jaraёnlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, narxlarni ishlab chiqish, shunga mos asbob uskunalar yaratish imkoni boricha kam chiqindili texnologiyaga ega bo‘lgan hududiy ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilish. Shuni ham aytib o‘tish kerakki chiqindisiz ishlaydigan sanoat korxonalari jamoasi barcha xomashyolar sanoat maxsulotiga aylanishi tashkil etadi.
Masalan, 80 yil ilgari rangli metallurgiya korxonalari xom ashёlaridan jami 15 element ajratib olingan bo‘lsa, hozirda misli xom ashyolarning o‘zidagina 25 element, jumladan, mis, rux, qo‘rg‘oshin va ularning boshqa birikmalari ajratib olinmoqda. Bazan ko‘p mah’sulotlar sifatsiz bo‘lib, Davlat standartlariga to‘g‘ri kelmasligi tufayli chiqindi holida chiqarib tashlanadi va ular tashqi muhitni ifloslantiruvchi manbaga aylanib qolishi mumkin. Xozir ko‘p xududlarda metall ishlab chiqaruvchi korxonalar chiqindisiz texnologiyaga o‘tganlar.
Mazkur usullar bo‘yicha temirli madanlar tarkibidagi metall, tabiiy gaz yoki vodorod yordamida eritib olinadi. Bunday texnologik jarayonda tashqi muh’itni ifloslantiruvchi bosqichlar istisno etiladi. Metallni bu usulda eritish atmosfera h’avosida tashlanadigan SO2  gazi, changlarni va zararli moddalardan Sintetik kauchuk ishlab chiqarish zavodi texnologiya jarayonida paydo bo‘ladigan chiqindilardan hozir sulfat kislotasi, spirt va stirol olishda foydalanilmoqda. 
Texnologik jaraёnlarda mashala yondirishdan elektr toki Bilan qizdirishga o‘tish chiqindilar kamayishiga olib keladi. Texnologik jaraёnlarning berkligini taminlash, mah’sulotlarni bir joydan ikkinchi joyda transportir lentalari vositasida yoki havoli tashish vositalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. BMT da kam chiqindili h’amda sanoat korxonalarini tashkil qilish to‘g‘risidagi maxsus dikloratsiya qabul qilingan.
Demak, uzulib qoladigan texnologik jaraёnlarni uzluksiz texnologiyaga o‘tkazish davrining dolzarb muammolaridan biridir. Shuni qayd qilib o‘tish lozimki, yuqorida tavsiflangan texnologik jaraёnlarni tadbiq etish atmosfera h’avosini ifloslanishidan tamoman h’oli qilmasada, lekin sanitariya vrachlari korxonalarning muh’andis tashkilotlari Bilan h’amkorlikda atmosfera h’avosini chiqindilardan muh’ofaza qilishga doimo h’arakat qilishlari lozim. 
Atmosfera h’avosidagi zararli chiqindilarini chiqarib, atrof muh’it ifloslanishning oldini olish uchun chang chiqindilari manbalarini inventarizatsiya qilish va pasportlash h’amda chang tutish qurilmalari asosida paxta tozalash korxonasining texnologik o‘tishlarida atmosferaga va ish joylarida chang ajralishini pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni kamaytirish, korxonalarda va ularning yaqinidagi h’avo muh’itining sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.
Paxtani tozalash korxonalarining texnologik mashina uskunalarini texnik jih’atdan soz h’olatda saqlash va paxta tozalash zavodlarining texnologik mashina uskunalarida atmosferaga chiqadigan chang tutish qurilmalarini ishga yaroqli h’olatda saqlaydi. Davlat ekologik ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiat komiteti tizimidagi ekspert organlari mutaxassislari kuchi Bilan ёki olimlar, mutaxassislar va jamoatchilik vakillaridan tashkil topgan (ilova 4) ekspert komissiyalari (guruxlari) ёrdamida o‘tkazilishi mumikn. Ekspertiza o‘tkazish muddati, qoidaga binoan metallarning to‘liq komplekti topshirilgan kundan uch oydan oshmasligi kerak. 
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish jaraёni uch bosqichdan iborat: tayёrlov, asosiy va yakunlovchi bosqichlar. 
A) tayёrgarlik (Tayёrlov) bosqichida O‘zbekiston Respublikasida Davlat 
tabiat qumitasi tizimining shtatdagi ekspertlari tomonidan: Tavsiya qilingan xujjatlar tarkibi mazkur xujjatning talablariga mos kelish kelmasligi tekshiriladi; 
Ekspertizaning vazifalari, chegarasi va yo‘nalishi tariflanadi; uning formasi (shakli) va o‘tkazish usuli aniqlanadi; Ekspertizaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxasislardan shtatdan tashqari ekspert komissiyasi guruxi tuziladi, uning azolari o‘rtasida vazifalari taqsimlanadi, ish grafigi tuziladi va xokazo, kerakli xujjatlar rasmiylashtiriladi. B) asosiy bosqich davomida ekspertizaga tavsiya qilingan xujjatlar ko‘rib chiqiladi, va tekshiriladi, unda; Mazkur xo‘jalik faoliyati turini amalga oshirishga extiёjning asoslanishi, uni realizatsiya qilish usulini tanlash, tavsiya qilinaёtgan texnik muxandislik va arxitektura – rejaviy echimlarning progressivligi, material xom-ashё va energetik resurslardan va boshqalardan foydalanishning komplektligi va ratsionalligi; Aniqlangan faktorining to‘liqligi va ularning ekologik xavfi darajasi atrof muh’itga xo‘jalik faoliyatining tasiri extimoli masshtablar.
; Tabiat muxofazasi qonuniyatlari talablarini taminlashga, shuningdek avariya vaziyatlarini oldini olish (ogoh’lantirish) va ularning mumkin bo‘lgan oqibatlarini tugatishga qaratilgan chora-tadbirlarning etarliligi;
Mazkur xo‘jalik faoliyatining ekologik xavfsizligi va atrof muxitning sifat meёri taminlanishining foydalanishga tavsiya qilingan operativ va boshqa xil nazorat usullari; İshlab chiqarilgan maxsulotning va xosil bo‘lgan chiqindilarning ekologik xavfi darajasini baxolash shuningdek ularni qayta ishlashda xududiy koperittsiyalanish imkoniyatlari; Ekspertizani amalga oshirishda ekologik ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari to‘g‘risida malumotlarning borligi inobatga olinadi. 
Ekspertiza ishlari jaraёnida oldindan tariflangan ekspertizacha yo‘nalishlari bo‘yicha individual ekspert guruxi xulosasi tayёrlanadi. Agar Yangi vazifalar ёki ko‘rib chiqish yunalishlari aniqlansa, ekspert komissiyasi (guruxi) davlat ekologik ekspertizasini tayinlangan organ oldiga ekspertiza o‘tkazish muddatini o‘zgartirish ko‘riladigan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ekspertlar jalb qilish masalasini qo‘yish mumkin.
Ekspertiza davomida xujjatni tayёrlovchilar tomonidan inobatga olinmagan potentsial xavfli tasirlar aniqlangan taqdirda, loyixa Ushbu tasirning xavflilik darajasi va uning oqibatlari bah’olanmagan xolda qayta ishlashga qaytariladi; V) yakunlovchi bosqich davomida ekspert komissiyasi tomonidan ko‘tarilaёtgan xujjat bo‘yicha jamlanma xulosa loyixasi tayёrlanib u buyurtmachi, loyixani ishlab chiqilgan tashkilot vakillari, jamoatchilik qatnashgan ekspert komissiyasi majlisida muxokama qilinadi.
Jamlama xulosa ekspert komissiyasining barcha azolari tomonidan imzolanadi, va ularning roziligisiz o‘zgartirilmaydi. g) ekspert komissiyasi (guruxi)ning jamlanma xulosasi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: amalga oshirilaёtgan tavsiya qilinaёtgan xo‘jalik faoliyatining qisqacha tavsifi; tavsiya qilinaёtgan xo‘jalik faoliyati echimining ekspertik baxolari; loyixa bo‘yicha prinspial muloxazalar; xulosalar; loyixani amalga oshirish imkoniyatlari va shartlari (reja, dasturlar); uni qayta ishlashga ёki qayta qurishga extiёj; amalga oshirishga muvofiq kelmaydigan chetga chiqishlar; xulosa va takliflar aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Jamlama xulosaga ekspert komissiyasi azolari tomonidan bildirilgan aloxida fikrlar ilova qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert guruxi tashkil qilish va uning ish yuritish tartibi.
Ekspert komissiyasi (guruxi)-bu konkret xo‘jalik faoliyatini davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun vaqtincha tuzilgan mutaxassislar jamoasidir (shtatsiz ekspertlar). Ekspert guruxni tuzi shva unng ishini tashkil qilishni h’amda shtatsiz ekspertlarining mexnatga xaq tulashini davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish vazifasi yuklangan davlat tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasining ekspert bo‘limi amalga oshiradi.
Ekspert guruxining soni va shaxsiy tarkibi davlat ekologik ekspertizaga topshirilgan xujjatlarning xususiyati va murakkabligi bilan aniqlanadi. Ekspert komissiyasini tuzishda va uning faoliyatini tashkil qilishda quyidagilarni taminlovchi barcha shart sharoitlar yaratilishi shart. Ekspert komissiyasining malaka saviyasi etarli va ko‘p pozitsiyali bo‘lishini; Davlat Ekologik ekspertizasining yuqori sifatini; Ekspert baxosining va ekspert komissiyasi (guruxi) xulosalarning sifatini; Davlat ekologik ekspertizasining o‘tkazish va uning natijalarining oshkoraligini etiborda tutadi. 
Ekspert komissiyasi (guruxi)ni tuzish printspi va tarkibi shtatsiz ekspertlardan iborat bo‘ladi, uning ishiga respublika ilmiy-tekshirish institutlarining, vazirliklar muassasalar, tarmoq ilmiy-tekshirish va loyixalash tashkilotlarining olimlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin. Ekspert komissiyasi (guruxi)ning shaxsiy tarkibi Bosh davlat ekspertiza boshligi ёki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi shaxsiy tarkibiga quyidagi mutaxassislarni jalb qilish taqiqlanadi. 
Ularning shaxsiy roziligi bo‘lmasa; Ekspertizaga topshiriladigan xujjatlarni tayёrlashda qatnashganlar; Ko‘rilaёtgan loyixa bo‘yicha oldin matbuotda o‘z fikrini bosib chiqarganlar ekspert komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi. Mutaxasisning shtatsiz ekspert sifatidagi faoliyatini ekspert komissiyasi (guruxi) tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlanadi va tasdiqlangan ish grafigiga mos olib boriladi. Shtatsiz ekspert davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda asosiy ishlar ajralmagan h’olda, o‘ziga qulay vaqtda qatnashadi, uning ishlashi uchun barcha sharoit yaratilishi kerak. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi. 
Davlat ekologik ekspertizani o‘tkazaёtgan ekspert organ iva xo‘jalik faoliyati loyixasi ko‘rib chiqadi va «Davlat ekologik ekspertiza» xulosasini tayёrlaydi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi ekologik oqibatlar va loyixani amalga oshirish shart sharoitlari to‘g‘risidagi xulosalar. Qiziquvchi tomonlarga fikr va takliflarni ko‘rib chiqish davomida paydo bo‘lgan muloxazalar; Ko‘rilaёtgan xo‘jalik faoliyati loyixasini amalga oshirish shart-sharoitlari bo‘yicha buyurtmachi va qiziquvchi tashkilot va muassasalar uchun tavsiyalardan iborat bo‘ladi. «D.E.E. ning» xulosasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiat qo‘mitasi ekspert kengashi majlisiga muxokamaga chiqarilishi mumkin. «D.E.E.» xulosasi loyixasi buyurtmasiga va boshqa kuzatuvchi tashkilotlarga yuboriladi. Xo‘jalik faoliyati loyixasini amalga oshirish uchun mablag‘ faqat «D.E.E. xulosa» ijobiy bulsagina ajratiladi. Ekspertiza tugagach xujjatlarning tirik komplekti buyurtmachilarga. Xujjatlarning nusxasi ekspertiza o‘tkazgach organ arxivida olib qolinadi, rasmiylashtiriladi va belgilangan ish yuritish tartibiga asosan saqlanadi. D.E.E ni o‘tkazishada tomonlarning vazifalar va javobgarligi xo‘jalik faoliyati loyixasining va boshqa xujjatning buyurtmachisiga va ishlab chiquvchi quyidagilarni taminlaydi.
Download 34,55 Kb.




Download 34,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimi

Download 34,55 Kb.