1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari




Download 0,65 Mb.
bet42/47
Sana23.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#144059
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
MM MA\'RUZA mehnat muhofazasi

3. Mashinalarning xavfli zonalari
Mashina va mexanizmlarning inson hayotiga va sog‘ligiga xavf tug‘diradigan holatlarni vujudga keltiradigan joylari xavfli zona deb ataladi. Xavfli zona asosan mashina va mexanizmlarning ochiq holdagi aylanadigan va harakatlanadigan qismlarida mujassamlanadi. Bu aylanayotgan qirquvchi asbob yoki detal, qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, harakatlanuvchi stanoklarning ishchi stollari, konveyerlari, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib yuradigan yuk ko‘tarish mashinalari va h.k. Aylanuvchi qismlar bilan ishchilarning kiyimidan yoki sochidan ilintirib olishi mumkin bo‘lgan mexanizmlar ayniqsa xavfli hisoblanadi. SHuningdek xavfli zonalar qatoriga mashina va mexanizmlarda ishlaganda elektr tokidan zararlanish, issiqlik, elektromagnit, ionlashgan nurlar, shovqin, titrash, ultratovush, zaharli gaz va bug‘lar ta’siriga tushib qolish ham kiradi. Stanoklarda ishlayotganda qirqimlarning uchib ketishi, ishlatilayotgan asbobning sinib otilib ketishi, detall yaxshi siqib ushlanmaganligi natijasida otilib ketib ishchilarni jarohatlashi ham xavfli zonaga kiritiladi. Xavfli zonalar doimiy, harakatlanuvchan va vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan turlarga bo‘linadi. Doimiy xavfli zonaga qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, stanoklarning qirqish zonalari va harakatlanuvchi valiklar kiradi. Harakatlanuvchan xavfli zonaga prokat qilish stanoklari, potok liniyalari, konveyerlar, qirqish joyi o‘zgarib turadigan agregat stanoklari va boshqalar kiradi. Vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan xavfli zonalarga yuk ko‘tarish kranlari, kran balkalar va telferlar kiradi. CHunki bu qurilmalar sex bo‘ylab ish joylarini doimiy o‘zgartirib turadi va qaerda ish bajarayotgan bo‘lsa, shu erda xavfli zona vujudga keladi.
Har qanday texnologik jarayonni boshqarish uchun o‘rnatiladigan stanok va qurilmalarning hammasining xavfli zonalari, albatta, unga kishilarning tushib qolmasliklarini ta’minlaydigan vositalar bilan ta’minlanishi kerak. Bunday vositalarning ba’zilari xavfli zona xavfini butunlay yo‘qotadi, ba’zilari esa xavf darajasini birmuncha kamaytiradi. Bunday vositalar umuman muhofaza qilish sharoitiga qarab ikki guruhga bo‘lib qaraladi. Bulardan biri sexda hamma ishlovchilarni muhofaza qilish imkoniyatini yaratadigan kollektiv muhofaza aslahalari va ikkinchisi ayrim ishlayotgan ishchini muhofazalash imkoniyatini beradigan shaxsiy muhofaza aslahalari hisoblanadi.
Kollektiv muhofaza aslahalari o‘zining ishlatiladigan joylariga qarab quyidagicha bo‘linishi mumkin: ish joylari va sanoat korxonalari havo muhitini mu’tadillashtirish, sanoat korxonalari xonalarini va ish joylarini yoritishni normallashtirish, ishchilarni ionlanuvchi infraqizil va ultra binafsha nurlardan, shuningdek elektromagnit, magnit va elektr maydonlaridan, shovqin, titrash, ultratovush to‘lqinlaridan, elektr ta’siridan, elektrostatik zaryadlardan, korxonada o‘rnatitan jiµozlar, materiallar, tayyor mahsulotlar, xomashyolararning o‘ta issiq va o‘ta sovuq ta’siridan va nihoyat mexanik, kimyoviy va biologik omillarning ta’siridan muhofaza qiluvchi vositalar kiradi. YAna chang va zaharli moddalarga qarshi o‘rnatilgan vositalarni ham shular jumlasiga kiritish mumkin.



Download 0,65 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari

Download 0,65 Mb.