16.2. Termokimyoviy va elektrokimyoviy gaztahlillagich asboblar Bu gaz tahlillagichlarning ishlashi kislorodning boshqa gazlar bilan
katalizatorlar ishtirokida o‟tadigan reaktsiyasining Issiqlik effektini o‟lchashga
asoslangan. Bu asboblarni ikki guruhi keng tarqalgan.
1-guruh. Yonish kattalik aktiv bo‟lgan platina tolada sodir bo‟ladi, bu tola ayni
vaqtda sezgir unsur o‟lchash ko‟prigining Еlkasi hisoblanadi.
Bu guruhdagi asboblarda tahlil qilish aniqlanadigan tarkibiy qismni yoshini
o‟lchashga asoslangan.
2-guruh.
Bu
guruh
asboblarda
oksidlanish
reaktsiyasi
katolizator
qatlamidasodir bo‟ladi. Reaktsiyaning Issiqlik effekti esa qarshilik termometri yoki
katolizatorda joylashtirilgan termobatareya bilan o‟lchanadi.
Gaz tahlillagichining o‟lchash chizmasi o‟zgarmas yoki o‟zgaruvchan tokda
ishlaydigan muvozanatlashmagan ko‟prikdan iborat. Ish yacheykasi deb yuritiladigan
oqim o‟lchash yacheykasi ko‟prikning bitta Еlkasi R ni hosil qiladi. Taqqoslash
yacheykasi o‟z ko‟rsatkichlari va konstrukturasi jihatidan ish yacheykasiga
ekvivalent bo‟lib, havo to‟ldirilgan bo‟ladi. Ko‟prikning R qarshiliklari o‟zgarmas
qarshiliklari bo‟lib, ular manganindan tayyorlangan: ko‟prik chizmasining nol
qiymati R bilan quyiladi. Tahlil qilinayotgan gaz tarkibiy qismini yonishda haroratni
ortishi bilan platina tolasi elektr qarshiligining o‟zgarishi o‟lchash ko‟prigi
muvozanatining bo‟zilishiga olib keladi. Muvozanat aralashmadagi tarkibiy qism
miqdoriga proporsional bo‟ladi.
O‟lchash asbobi tahlil-nazorat qayta ulagich yordamida chizmaga o‟rnatilgan
maxsus o‟zgarmas rezistorga ulanadi va asbobning strelkasi reostat bilan talab
qilingan reper nuqtasiga quyiladi. Millivoltmetrning shkalasida platina tolasini
qizdiradigan turli tarkibiy qismlar tahlil qilish uchun zarur bo‟lgan tok kuchini
qo‟yadigan uchta reper nuqtasi bor. Bu turdagi asboblar asosan havodagi yonuvchi
gazlarning portlash xavfini yuzaga keltiradigan kontsentratsiyasining indikatorlari va
tahlillagichlari sifatida ishlatiladi. Ularni ko‟pchincha ko‟chma o‟lchash hatoligi
taxminan ±10 % sanoat binolari xonalari havosining yonuvchi gazlardan ifloslanishi
104
avtomatik nazorat qilish uchun yonuvchi gazlarga mo‟ljallangan SGS turdagi,
benzinga mo‟ljallangan GPB turdagi va boshqa signalizatorlar chiqariladi.