• Favqulodda faziyatlar (FV)
  • Patentsial xavf
  • Xavflar klassifikatsiyasi
  • 1-Mаshg’ulot: Fanning asosiy tushunchalari mohiyati xavf turlarini va ularni guruhlash va indefikatsiyalash Ishdan maqsad: Xavf-xatar




    Download 379.08 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/5
    Sana21.09.2023
    Hajmi379.08 Kb.
    #83340
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-Amaliy
    1-amaliy, 1-amaliy mashg\'ulot, geokniga gornaya elektrotehnika capenko efred mirskiy mi suharev, 27-Ma\'ruza, Tyutor M. Saitovning hisoboti, Гурунтлар.тест, amaliyot dasturi (EEE), 5f6c41bc6a0f77.76404169Exsel жадвал хисоблагичларида иктисодий ва молиявий масалалрни ечиш (1), Намуна штат жадвали учун, Ma\'ruza-3, 3-amaliy mashg\'ulot, 5A, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 31 январдаги 59, Илмий ишлар рўйхати, Илмий ишлар 3.5 шакл
    Katastrofalar – texnik sistemalarda sodir bo`lib, insonlarning halok bo`lishiga 
    yoki izsiz 
    yo`qolishiga sabab bo`ladigan hodisalardir. 
    Baxtsiz hodisalar – erdagi yuz beradigan FV lar bilan bog’liq bo`lib 
    biosferani, texnosferalarni buzilishiga, insonlarni halok bo`lishi yoki sog’ligini 
    yo`qolishiga sabab bo`ladigan holatlardir. 
    Favqulodda faziyatlar (FV) – bu ob`ekt va hudud yoki akvatoriyalarni FH 
    dan keyingi holati bo`lib, bunda odamlarni hayoti va sog’ligiga tahdid soluvchi, 
    aholi va iqtisodga moddiy zarar etkazilgan, tabiiy muhit buzilgan holatdir. 
    Ma`lumki, favqulodda holatlar o`ziga xos xususiyatlar va aniqlanishlarga ega 
    bo`lib, bu 
    ko`rsatkichlar asosida favqulodda holatlarni ta`riflash mumkin bo`ladi. Yuqorida 
    ta`kidlanganidek, insonning har qanday faoliyatida patentsial xavf mavjud bo`ladi. 
    Patentsial xavf - bu yashirin kuchdir. Bu kuch amalga oshishi uchun
    qandaydir sharoit yuzaga kelishi lozim. Patentsial xavfni reallikka olib keluvchi 
    sharoit, baxtsiz hodisalarning sabablari deb tushuniladi. Sabablar ma`lum yoki 
    noma`lum ko`rinishda bo`lishi va ular har doim ham mavjud bo`lmasligi mumkin. 
    SHaxsga tahdid soluvchi xavflar dunyosi juda keng va u tinimsiz o`sib boradi. Ishlab 
    chiqarishda, shaharda, maishiy sharoitda insonga bir vaqtda bir necha noxush 
    omillar ta`sir qiladi. Ma`lum vaqtda ta`sir etuvchi zararli xavflar majmui «inson 
    atrof-muhit» sistemasining joriy holatiga bog’liq bo`ladi. Barcha xavflar qator 
    belgilari bo`yicha 
    klassifikatsiyalanadi (10.1.-jadval). 
    1-jadval 


    Xavflar klassifikatsiyasi 
    Favqulodda holatlarga olib keluvchi barcha sabablarni va ularni 
    identifikatsiyalashni puxta bilish, favqulodda holatlarni oldini olishning asosi 
    hisoblanadi. SHu jihatdan sabablarni favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi 
    mexanizm deb ham tushunish mumkin. SHunday qilib, ma`lum va noma`lum 
    sabablar natijasida patentsial xavf yuzaga keladi va inson uchun turli xil kungi lsiz 
    hamda oxir oqibatlarga olib keluvchi favqulodda hodisalar (o`lim va kasallanishlar, 
    moddiy zararlar va boshqalar) sodir bo`ladi. 
    Favqulodda holatlar muammosi juda keng ko`lamli bo`lib, quyida uning hayot 
    faoliyat xavfsizligi fani bilan bog’liq bo`lgan tomonlariga to`xtalib o`tamiz. 
    Tabiiy ofatlar, sanoat avariyalari va transport halokatlari, urush holatida 
    dushman tomonidan turli xil qiruvchi qurollarni ishlatilishi favqulodda holatlarni 
    keltirib chiqaradi. 


    Favqulodda holatlar - kutilmaganda, qo`qqisdan sodir bo`luvchi, aholining 
    hayot faoliyatiga katta salbiy ta`sir etuvchi, amalda o`rnatilgan jarayonlar 
    turg’unligini 
    Har qanday favqulodda holatlar o`zining fizik mohiyatiga ega bo`lib, ular bir-
    biridan favqulodda holatlarga olib keluvchi sabablari, turi, harakatlanuvchi kuchi, 
    rivojlanish xarakteri, 
    insonga va u faoliyat ko`rsatuvchi muhitga ta`sir etish xarakteri bilan farq qiladi. 
    SHunga 
    mos holda, favqulodda holatlar o`zining bir necha belgilari asosida tasniflanishi, 
    sistemalashtirilishi mumkin. Ular genezis xarakteriga (favqulodda holatlarni hosil 
    bo`lish sabablariga ko`ra), rivojlanish sur`atiga, xavfni (tarqalish tezligi) va 
    favqulodda holatlar oqibatlari og’irligini hisobga olgan holda, zarar keltiruvchi 
    omillarini tarqalish masshtabiga ko`ra tasniflanadi. 
    Favqulodda holatlar yuzaga kelish sabablariga ko`ra tabiiy ofatlar, texnogen 
    halokatlar, 
    antropogen va ekologik halokatlar va ijtimoiy - siyosiy mojarolar ko`rinishida 
    bo`lishi mumkin. 
    Tabiiy ofatlar - xavfli tabiiy hodisalar va jarayonlar bo`lib, ular favqulodda 
    yuz berib, insonlarning kundalik hayot tarzini buzilishiga, qurbonlar sodir 
    bo`lishiga, moddiy boyliklarni yo`qotilishiga olib keladi. Ularga er qimirlashlar, suv 
    bosimlar, vulqonlar, tsunami (okeanda suv osti zilzilasi yoxud vulqonlarning 
    otilishidan hosil bo`ladigan ulkan to`lkinlar), sel oqimlari, bo`ronlar, o`rmon va torf 
    yong’inlari, qor bosishlari, tosh ko`chishlari, qurg’oqchilik, uzoq muddatli 
    yog’ingarchilik, qattiq sovuq, epidemiya, o`rmon va qishloq xo`jaligi 
    zararkunandalarining ommaviy tarqalishi kabilar kiradi. 
    Tabiiy ofatlar hayvonlarning tez harakatlanishi (er qimirlashlar, ko`chishlar), 
    er ichki energiyasining bo`shalish jarayoni (vulqonlar faoliyati, er qimirlashlar), 
    daryo, ko`llar va dengizlar suv sathining ko`tarilishi (suv bosishlar, tsunami) va 
    kuchli shamol ta`sirida (bo`ronlar, tsiklonlar) yuz berishi mumkin. Ayrim tabiiy 
    ofatlarga (yong’in, nurash, ko`chish va boshqalar) inson faoliyati ham sabab bo`lishi 
    mumkin, lekin ularning natijasi tabiiy kuchlar ta`sirida yuzaga keladi. 
    Mamlakatimizning har xil zonalarida er qimirlashlar, suv toshqinlari, sel 
    kelish, ko`chkilar, tog’ va tepaliklardan toshlar ko`chib yo`l berkilib qolishi
    qurg’oqchilik bo`lishi, tabiiy yong’inlar yuzaga kelishi mumkin. Kuchli tabiiy 
    ofatlar aholi o`rtasida o`lim yuz berishiga, xalqning moddiy boyliklarini vayron 
    bo`lishiga olib keladi. Masalan, Respublikamiz hududidagi bunday kuchli tabiiy 
    ofatlarga Toshkent zilzilasini (1966 y), Gazli zilzilasini, 1998 
    yildagi SHohimardondagi suv bosishlarini misol keltirishimiz mumkin. 
    Favqulodda bo`lgan tabiiy ofatlarni mumkin qadar oldini olish yoki ma`lum 
    darajada ularning zararini kamaytirish mumkin. Buning uchun oldindan 
    ogohlantiriluvchi 
    choralar 
    ko`rilishi, 
    seysmologik. 
    Gidrometerologik 
    stantsiyalarning ma`lumotlariga tayangan holda tabiiy 
    ofatlar xavfi bor rayonlar aniqlanilib, evakuatsiya chora tadbirlari ishlab chiqilib 
    xavfsizlik ta`minlanishi lozim. 



    Download 379.08 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 379.08 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mаshg’ulot: Fanning asosiy tushunchalari mohiyati xavf turlarini va ularni guruhlash va indefikatsiyalash Ishdan maqsad: Xavf-xatar

    Download 379.08 Kb.
    Pdf ko'rish