• Trafàret bosma
  • 1. Matnli axbоrоt va bоsma qоlip turlari Ovozli axborot




    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/11
    Sana23.09.2023
    Hajmi0.85 Mb.
    #83789
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1 amaliy
    1 amaliy ish, axb tex taqvim, Termiz davlat pedagogika instituti, 02 023 1305 устамага учун тадбирлар рўйхати (1), 100024, 3-TXlab, ARRALAR FREZALAR TURLARI OCHIQ DARS, 1.Axborot tizimlari va texnologiyalari S Gulomov, R Alimov va b , 1-Ma\'ruza, 2 amaliy, 3.Pedagogik web-dizayn U. Yuldashev, 4.Арипов М М , Мухаммадиев Ж У , Информатика, IQTISODIY VA IJTIMOIY, Intensive IELTS Listening
    Ofset bosmada qolip tayorlashning asosi qolip materiali sirtini fizik-kimyoviy 
    xossalarini sun’iy o’zgartirishdan iborat. Hozirgi kunda ko’p rangli an’anaviy 


    nashrlar (bolalar kitobi, geografiya xaritalari, kartalar, plakatlar) bilan birga 10-25 
    ming nusxa, 5% tusli rasmli nashrlar, badiiy jihatdan yuksak nashrlar, kichik
    nusxali va kichik hajmli nashrlarni qisqa vaqt ichida chiqarish lozim bo’lganda
    va rangli ro’znomalar, kitoblar, broshyuralar ham ofset usulida chop etilmoqda. 
    Agar qolipning bosiluvchi qismlari oraliq qismlaridan pastda bo’lsa, bunday 
    bosma chuqur bosma deb ataladi.Chuqur bosmada bo’yoq qolipga mo’l qilib 
    surkaladi, so’ngra oraliq qismlaridagi ortiqcha bo’yoq maxsus po’lat plastina - 
    rakel bilan sidirib olinadi. Hozir rakelli chuqur bosma rasmli nashrlar - 
    fotosuratli albomlar, san’at kitoblari, ko’p sonli, rangli rasmli va ko’p adadli (40-
    50 ming) oynomalarni chop qilishda qo’llanilmoqda. 
    Trafàret bosma usulida qolip o’ziga xos to’rsimon tuzilishga ega bo’ladi.
    nusxa bu holda quyuq bo’yoqni qolip ichidan bosiluvchi qismlar hisoblangan 
    teshiklardan bosiladigan materialga rakel yordamida siqib chiqarish yo’li bilan 
    hosil qilinadi. Trafaretli bosmaning qo’llanilishi cheklangan bo’lib, undan, 
    masalan, asboblar shkalasi, shimmaydigan sirtlarga yozish va boshqa tasvirlarni 
    bosishda, shuningdek, ba’zi kam nusxali plakatlarni bosishda foydalaniladi. 
    Bosma qoliplar bosish usuli, bosma mahsulotning xarakteri, asl-nusxani aniq 
    qayta tiklash darajasi, geometrik belgilar, material, vazifasi bo’yicha turlanadi. 
    1.Bosma usul bo’yicha: a) yuqori bosma usul uchun (metalldan va 
    plastmassadan tayorlangan); yuqori ofset, fleksografiya, fotopolimer qoliplar; b) 
    tekis (ploskiy) bosma usul uchun qoliplar (ofset, litografiya, fototipiya); v) chuqur 
    bosma usul uchun qoliplar; g) trafaret bosma usul uchun qoliplar; d) maxsus bosma 
    usul uchun qoliplar (elektrografikli, ferromagnitografikli, lazerli-golografikli). 
    2. Bosma mahsulotining ko’rinishi bo’yichà: a) matnli qoliplar (matn, 
    formula, jadval); b) aralash qoliplar - matn va rasmdan iborat; v) rasmli qoliplar 
    (shtrixli, tusli va aralash). 
    3. Asl nusxani aniq qayta tiklash darajasi bo’yicha: a) harfdan tayyorlangan 
    qolip; b) fotomexanik usuli bilan tayorlangan qolip. 
    4. Geometrik belgilar bo’yicha: a) tekis - literalardan, yaxlit qator va 
    sahifalardan, plastinalar ustida; b) g’altakli (rotatsion). 


    5. Material bo’yicha: a) metalldan tayorlangan (Zn,Al,Cu, Mg ) qolip; b) 
    nometalldan tayorlangan - polistirol, polivinilxlorid, poliamid, polipropilen
    rezina - qolip. 
    6. Vazifasi bo’yicha: a) bosim ta’sirida bosish; b) plastmassa materialida 
    naqsh solib bosish; v) mexanik kuchsiz bosish; g) bosma qolip tayaorlash uchun. 
    Bundan tashqari yuqori bosma usulida qoliplar dastlabki va stereotip 
    turlariga bo’linadi. Stereotip qolip - bu dastlabki qolipni nusxasi bo’lib, ular 
    quyma, galvanoplastik, presslangan (nometall) va aralash tayorlangan bo’lishi 
    mumkin. 

    Download 0.85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Matnli axbоrоt va bоsma qоlip turlari Ovozli axborot

    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish