|
3-Mavzu: Media va anʼanaviy matnlarni oʻqish b bosma media — bosma nashrlar, litografiya, fotografiya; d dastlabki media
|
Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #102911 |
Bog'liq 3-mavzu glossariy
3-Mavzu: Media va anʼanaviy matnlarni oʻqish
B
Bosma media — bosma nashrlar, litografiya, fotografiya;
D
Dastlabki media — yozuv;
E
Elektrik media — telegraf, telefon, ovozli yozuv;
M
Mass-media — kinematograf, televideniye;
Media—soʻzi lotin tilidagi koʻplikda medium soʻzidan olingan boʻlib, “oʻrta, oraliq, oraliqdagi” maʼnolarni bildiradi. Zamonaviy qoʻllanishda mazkur istiloh bir necha maʼnoga ega.
Media - soʻzi OAVni: gazeta, televideniye, radio, axborot agentligi va Internetni anglatadi. Undan media kontentni — yangiliklar, reklama eʼlonlari, elektron oʻyinlar va filmlarni — belgilash uchun foydalaniladi. U media kontentni ishlab chiqaruvchilarni, jurnalistlarni, fotosuratchilarni, mediakompaniyalarni va hokazolarni ham bildirishi mumkin.
Media - ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga moʻljallangan koʻngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yoʻnaltirilgan koʻp sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir.
Media matn bu — media mahsulotning aniq natijasi: axborotni ifodalovchi va medianing istalgan turi va janrida bayon qilingan xabar (gazeta maqolasi, telekoʻrsatuv, videoklip, film va boshqa)lar kiradi.
Media-savodxon inson — bu axborotni oʻziga kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? — degan savolni bera olishi va toʻgʻri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondasha olishi lozim. Mazkur savollar nafaqat oila davrasida televizor koʻrayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki Internetdagi xabarlarni koʻrayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir.
Media savodxonlik — insonga ekranli sanʼatni: televideniye, radio, video, kinomotograf, pressa, matbuot internet va boshqalarni taqdim etadi.
Media-savodxonlik — Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida oʻtilsa, Finlyandiyada 1970-yildan oʻrta maktablarning, 1977-yildan esa oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlariga kiritilgan. 1990-yillarda esa mamlakatda media-savodxonlik media taʼlim tushunchasi bilan almashtirildi. Shvetsiyada u 1980-yildan boshlab taʼlim muassasalarida alohida fan sifatida oʻqitila boshlangan. 1990-yillarda Rossiyada media taʼlim boʻyicha tadqiqot ishlari olib borilgan. 2002-yilda pedagogika oliy taʼlim muassasalari uchun media taʼlim ixtisosligi boʻyicha yoʻnalish ochildi.
Media taʼlim — mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini yanada rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, tanqidiy xulosa chiqarishga qaratilgan tushunchadir. Media taʼlim - hozirgi davrda shaxsning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi.
R
Raqamli media — kompyuter, Internet.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3-Mavzu: Media va anʼanaviy matnlarni oʻqish b bosma media — bosma nashrlar, litografiya, fotografiya; d dastlabki media
|