1-mavzu : Ta’minot jarayoni auditi




Download 253,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.05.2024
Hajmi253,42 Kb.
#228518
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu Ta’minot jarayoni auditi



1-mavzu
: Ta’minot jarayoni auditi 
 
REJA: 
1.Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari 
2.Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi 
Tayanch so’z va iboralar
: Asosiy vositalar, ularning auditini o‘tkazish bo‘yicha dastur 
tuzish, auditda foydalanadigan ma’lumot manbalari, asosiy vositalar auditini hujjatlashtirish
asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi auditi, asosiy vositalarni soliqqa tortishni tekshirish, 
lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi, xo‘jalik va pudrat usulida bajarilgan ishlar 
auditi. 
1.
 
Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari 
Auditorlik tekshiruvlarini yuqori sifatda o’tkazish maqsadida, auditor mol etkazib beruvchi 
va pudratchilar bilan hisoblashishlar auditining dasturini tayѐrlash uchun ichki nazorat vositalari 
mavjudligini tekshirishi va ushbu vositalarni samaradorlik nuqtai nazaridan baholashi lozim. 
Auditorlik tekshiruvida ta’minot jaraѐniga xos bo’lgan ichki nazorat vositalarining 
samaradorligini baholash uch bosqichdan iborat: 1) ichki nazorat vositalarini dastlabki o’rganish; 
2) ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazishni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun 
ulardan har birining ishonchliligini dastlabki baholash; 3) testdan o’tkazish natijalari asosida ichki 
nazorat vositalarining ishonchliligini yakuniy baholash. Ushbu bosqichlardan ta’minot jaraѐnining 
ichki nazorat vositalarini dastlabki o’rganishning o’ziga xos xususiyatlarini alohida ko’rib 
chiqamiz. Ta’minot jaraѐnida auditning vazifasi ushbu jaraѐn ichki nazorat amallarini bajarishga 
jalb etilgan xodimlar tomonidan xatolarning oldini olish imkoniyatlarini baholashdan iborat.
Ta’minot jaraѐnida quyidagilar asosiy shartlar jumlasiga kiradi: xo’jalik sub’ektiga moddiy 
qiymatliklarning kelib tushishi, unga muvofiq rasmiylashtiriladigan shartnoma turi (etkazib berish, 
ayirboshlash, vositachilik va boshqalar); mol etkazib beruvchi ѐki pudratchilarning turi (mulkdor, 
kreditor, vositachi), yuridik maqomi (yuridik shaxs, jismoniy shaxs, xususiy tadbirkor va h.k.); 
etkazib berish turi (xaridor transporti bilan, sotuvchi transporti bilan, avtotransport korxonalari 
xizmatidan foydalanish); hisob-kitoblar tartibi. Moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun 
namunaviy shartnomalar bo’yicha asosiy shartlarga auditorlar tekshirilaѐtgan sub’ektning 
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari bilan umumiy tanishib chiqish vaqtida aniqlik 
kiritadi. Ta’minot jaraѐni ichki nazorat vositalarini o’rganib chiqish va ularning ishonchliligini 
baholashning ikkinchi va uchinchi bosqichlariga o’tish, ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazish 
ehtimoli to’g’risida qaror qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat: 1) moddiy qiymatliklarni 
sotib olishga taalluqli bitimlarning katta jmi; 2) uchinchi tomon ishlab chiqqan va xizmat 
ko’rsatadigan dasturiy ta’minotdan foydalanuvchi buxgalteriya hisobining kompyuterlashgan 
tizimi; 3) moddiy qiymatliklar sotib olishga tender e’lon qilish, buyurtma berish, ularni qabul 
qilish, hisobini yuritish va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun mas’ul bo’lgan shaxslar 
o’rtasida majburiyatlarni taqsimlash; 4) lavozim yo’riqnomalarida nazarda tutilgan xo’jalik 
operatsiyalarini bajarish tartibi buzilgan hollarda, xususan, ular uchun tasdiqlangan buyurtma 
mavjud bo’lmagan moddiy qiymatliklar kelib tushgan taqdirda mustaqil nazorat vositalarining 
mavjudligi. Bunday holat sabablarini aniqlash to’lovlarga ruxsat beruvchi shaxslar va etkazib 
beruvchilar bilan hisob-kitoblar hisobini yuritish schѐtlarini solishtiruvchi shaxslardan qat’i nazar 
amalga oshirilishi lozim; 5) bitimlarga o’z vaqtida va to’g’ri ishlov berilishi va axborotning 
saqlanishini nazorat qilishning samarali usullari. 

Download 253,42 Kb.
  1   2   3




Download 253,42 Kb.
Pdf ko'rish