|
1-mavzu: Avtomobilning tortish-tezlik xususiyati Avtomobilning tortish tezlik xususiyatini baholovchi ko’rsatkichlar
|
bet | 1/9 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 26,8 Kb. | | #153360 |
Bog'liq 1-mavzu Avtomobilning tortish-tezlik xususiyati Avtomobilning t-fayllar.org
1-mavzu: Avtomobilning tortish-tezlik xususiyati Avtomobilning tortish tezlik xususiyatini baholovchi ko’rsatkichlar
1-mavzu: Avtomobilning tortish-tezlik xususiyati 1. Avtomobilning tortish tezlik xususiyatini baholovchi ko’rsatkichlar
Dvigatelning tezlik xarakteristikasiga yoki yetakchi g’ildiraklarning yo’l qoplamasi bilan tishlashishiga bog’liq holda avtomobil harakat tezligining o’zgarish sohasini aniqlovchi xususiyatlar majmuasi tortish tezlik xususiyatlari deyiladi. Bundan tashqari turli xil yo’l sharoitlarida avtomobilning shig’ov bilan yurishdagi chegaraviy jadalligi ham ushbu xususiyatlarga kiradi. Harakatni cheklovchi qarshiliklarni yengish uchun yetarli bo’lgan, dvigateldan yetakchi g’ildiraklarga olib kelingan quvvat tortish rejimini ifodalaydi.
Avtomobillarni tortish tezlik xususiyatlari bo’yicha o’zaro taqqoslash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
1) avtomobilning barcha uzatmalaridagi eng katta harakat tezliklari - ; ushbu tezliklar avtomobilning yuqori uzatmalarida yonilg’i to’liq berilgan holda maxsus sinov yo’li oralig’ida o’lchab olinadi;
2) shartli eng katta tezlik- ; ushbu o’rtacha tezlik avtomobilning 2000 m yo’l oralig’ida joyidan shig’ov bilan qo’zg’alishdagi so’nggi 400 m masofadagi ko’rsatkichdir;
3) 400 m va 1000 m belgilangan yo’l oralig’idagi shig’ov bilan yurish vaqti va hamda belgilangan tezlikka erishish vaqti ; ushbu parametrlar avtomobilning shig’ov bilan yurish jarayonida o’lchab olinishi paytida aniqlanadi;
4) shig’ov bilan yurish va harakatning so’nish paytidagi tezlik xarakteristikalari; ushbu xarakteristika va grafiklari bilan ifodalanib, 2000 m yo’l oralig’ida, yonilg’i to’liq berilgan holda avtomobilning joyidan shig’ov bilan yurib tezlikka erishishgacha yoki butunlay to’xtab qolgunga qadar tezlikning o’zgarish egri chiziqlarini ifodalaydi;
5) yuqori uzatmalarda shig’ov bilan yurishdagi tezlik xarakteristikasi; bunda ham yuqori uzatmalarda va bog’liqlik egri chiziqlari quriladi; shig’ov bilan yurish tezlikdan boshlab aylanish chastotasiga mos keluvchi tezlikka erishgunga qadar yonilg’i uzatish pedalini keskin va to’liq bosgan holda o’lchab olinadi;
6) o’zgaruvchan bo’ylama profilga ega bo’lgan yo’ldagi tezlik xarakteristikasi; ushbu xarakteristika notekis yo’llardagi o’rtacha harakat tezligining maxsus yo’llardagi eng katta ruxsat etilgan tezligiga bog’liq holda ifodalanadi;
7) eng kichik turg’un harakat tezligi ; ushbu miqdor yuqori uzatmada o’lchab olinadi;
8) eng katta yo’l qiyaligi ; ushbu qiya yo’l oralig’i uzatmalar qo’tisining eng kichik uzatmasida, yonilg’i to’liq berilgan holda o’zgarmas tezlik bilan ishg’ol etiladi;
9) uzoq cho’zilgan qiya yo’ldagi turg’un harakat tezligi, ; ushbu tezlik ma’lum uzunlikdagi qiya yo’llarda o’lchab olinadi va u transport oqimining o’rtacha harakat tezligiga ta’sir qiladi;
10) shig’ov paytidagi tezlanish ; ushbu miqdor avtomobillarning o’zaro quvib o’tishdagi potentsial qobiliyatini aniqlaydi;
11) ilmoqdagi tortish kuchi ; ushbu miqdor eng past uzatmada avtomobilning tirkamani yetaklash qobiliyatini aniqlaydi.
|
| |