|
Avtomobilning texnikaviy holati deb
|
bet | 7/9 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 26,8 Kb. | | #153360 |
Bog'liq 1-mavzu Avtomobilning tortish-tezlik xususiyati Avtomobilning t-fayllar.orgAvtomobilning texnikaviy holati deb, uning transport ishini bajarishga tayyorligi, ya’ni mexanizm, agregat va priborlarning texnikaviy ekspluatatsiya qoidalarida ko’rsatilgan normalarga muvofiqligi tushuniladi. Avtomobil uzoq vaqt ishlaganda detallarining yeyilishi, sozining o’zgarishi va h.k. lar uning texnikaviy holatini yomonlashtiradi, natijada avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari o’zgaradi. Porshen gruppasi detallarining yeyilishi, klapanlarning o’z o’rniga jips o’rnashmasligi, yonilg’i yondirish paytining noto’g’ri bo’lishi va h.k. lar dvigatel quvvatining kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Masalan, yondirish payti kechiksa, dvigatel quvvati ancha kamayadi. Agar yondirish payti juda ilgarilab ketsa, dvigatelda detonatsiya boshlanadi. Dvigatel quvvatining o’zgarishi avtomobil tortish dinamikasini yomonlashtiradi.
Ekspluatatsiya davrida avtomobil shassining texnikaviy holati yomonlashadi, mexanizmlar so’zi tez buziladi. Masalan, bosh uzatma podshipniklari qattiq tortilgan bo’lsa, yoki konussimon shisternyalarning tishlashishi noto’g’ri bo’lsa, transmissiyadagi ishqalanishni yengishga sarf bo’ladigan energiya katta bo’ladi, avtomobilning dinamikasi yomonlashadi. Tormozlarning yoki oldingi g’ildiraklarning yaqinlashuvi noto’g’ri sozlansa, dinamik ko’rsatkichlar pasayadi.
Avtomobil dinamikasi yomonlashganda uning puxta ishlash vaqti, maksimal tezligi va tezlanish qobiliyati pasayadi. Kapital remont qilingan avtomobilning maksimal tezligi 10-12 % kamayadi: maksimal tezlikka erishish uchun tezlanishga sarf bo’ladigan vaqt yangi avtomobildagiga nisbatan 25-30 % ko’p bo’ladi.
Avtomobil ekspluatatsion xususiyatlarining yomonlashishiga sifatsiz yonilg’i va moyning ishlatilishi sabab bo’ladi. Siqish darajasi katta bo’lgan dvigatellarda kichik oktan sonli benzin ishlatilsa, detonatsiya sodir bo’ladi, bu esa dvigatel quvvatini kamaytiradi.
Benzin uzoq vaqt ishlatilmasdan saqlansa, unda smolalar paydo bo’ladi va u kiritish trubasida qattiq qatlam hosil qilib o’tish yuzasini kamaytiradi. Natijada yonuvchi aralashmaning tsilindrlarga bir tekis taqsimlanishi yomonlashadi, dvigatel quvvati 15-20 % kamayadi.
Dvigatelning quvvati avtomobilni ekspluatatsiya qilish sharoitiga qarab o’zgaradi. Avtomobil sovuq sharoitda ekspluatatsiya qilinsa, yonuvchi aralashmani tayyorlash va uning yonish sharoiti o’zgaradi hamda issiqlikni atmosferaga uzatish ko’payadi. Agar avtomobil issiq iqlim sharoitida ekspluatatsiya qilinsa, dvigatel qizib ketadi, tsilindrlarning havo siyrakligidan yonilg’i bilan to’lishi yomonlashadi, yonilg’i uzatish sistemasida, trubalarda bug’ pufakchalari hosil bo’ladi. Ko’rsatilgan faktorlarning dvigatelning effektiv quvvatini kamaytiradi, natijada avtomobilning dinamikasi yomonlashadi. Avtomobilning konstruktsiyasidagi afzalliklar uning texnikaviy holati yaxshi bo’lgandagina tortish dinamikasiga ijobiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun avtomobilning agregat va uzellarini o’z vaqtida texnikaviy ko’rikdan o’tkazib turish lozim.
|
| |