Avtomobilning shig’ov bilan harakatlanishi




Download 26,8 Kb.
bet5/9
Sana08.02.2024
Hajmi26,8 Kb.
#153360
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu Avtomobilning tortish-tezlik xususiyati Avtomobilning t-fayllar.org

4.5. Avtomobilning shig’ov bilan harakatlanishi

Avtomobillarni shahar sharoitida sinash shuni ko’rsatadiki, 15…25 foiz hollarda ular tekis harakat qilsa, 30…45 foiz harakat tezanishi uchun, 30…40 foiz harakat esa sekinlashish va salt yurish uchun sarflanadi.


Avtomobilning notekis harakatlangandagi dinamik xususiyatlari tezlanish miqdori, bosib o’tilgan yo’l va sarflangan vaqt bilan baholanadi. Notekis harakat tezlanuvchan yoki sekinlashuvchan bo’lishi mumkin.
A vtomobilning eng kichik turg’un tezliklarda shig’ov bilan yurish jadalligining eng katta qiymatlarini aniqlash uchun haydovchi tomonidan drossel zaslonka keskin va to’liq ochiladi hamda shu holatda ushlab turiladi. Tezlik , yo’l va vaqtning harakat davomida o’zgarishi maxsus sinov asboblari yoki ostsillograf yordamida yozib olinadi. Olingan natijalarga asoslanib dastlab shig’ov bilan yurish jadalligi grafigi chiziladi, so’ngra va koordinatalar sistemasi tanlanib, shig’ov bilan yurish payti bosib o’tilgan yo’l va sarflangan vaqt grafiklari ko’riladi (4.4-rasm).
Shig’ov bilan yurish paytidagi eng katta tezlanish miqdori akselerometr asbobi bilan qayd etiladi. Tezlanishning joriy qiymatlarini aniqlash uchun avtomobil tezligining vaqtga bog’liq (4.4-rasm) egri chizig’i grafik usulda differentsiallanadi.
(4.16)
Agar avtomobilning dinamik ko’rsatkichlarini tajriba orqali aniqlashning iloji bo’lmasa, u holda nazariy usulda hisoblash ishlari bajariladi. Buning uchun dastlab harakat tenglamasidan foydalanib tezlanish miqdorlari aniqlanadi, shundan so’ng aniq integrallash yo’li bilan vaqt va yo’l qiymatlari hisoblab topiladi. Shig’ov paytidagi tezlanish dvigatel quvvatidan to’liq foydalangan va yetakchi g’ildiraklarda shataksirash yo’qolgan hollarda avtomobilning qattiq qoplamali, yaxshi sifatli gorizontal yo’lda harakatlanish davomida aniqlanadi.
(4.17)
Dinamik harakteristika grafigida tezlikning bir qancha qiymatlari belgilanib, unga mos keluvchi dinamik omil qiymatlari topiladi va (4.17) formula yordamida tezlanish hisoblanadi.
Bunda:
(4.18)
bu yerda: – avtomobilning kichik tezliklardagi qarshilik koeffitsiyenti.
Aniqlab olingan tezlanish va tezlik miqdoriga asoslanib, grafigi quriladi.
Avtomobilning shig’ov bilan yurish paytida bosib o’tgan yo’li va vaqti grafoanalitik usulda aniqlanadi. Uzatmalarni almashtirish vaqti haydovchining malakasiga, uzatmalar qutisining konstruktsiyasiga va dvigatel turiga bog’liq bo’ladi.
Uzatmalarni almashtirish davomida avtomobil tezligining kamayishi quyidagicha aniqlanadi:
(4.19)
Mos holda, bosib o’tilgan yo’l:
(4.20)
bu yerda: - uzatmalarni almashtirish davomidagi avtomobilning o’rtacha tezligi.

Download 26,8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 26,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobilning shig’ov bilan harakatlanishi

Download 26,8 Kb.