|
1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi
|
bet | 1/5 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 34,85 Kb. | | #150787 |
Bog'liq 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org
1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi
Mavzu: Yomg‘ir suvlarini yig‘uvchi va kuzatuvchi quduqlarni loyihalash
Reja:
1.Harakat jadalligi
2.Shahar ko`chalarida harakat jadalligi.
3. Shaharda oqava suvlarni chetlatish va drenajlar haqida umumiy ma’lumotlar
4. Shaharda suv chetlatish sistemasi, suvni chetlatish tarmoq elementlari
5. Xukosa va foydalanilgan adabiyotlar.
Harakat jadalligi shahar ko‘cha va yo‘llarini loyhalashda muxim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Harakat jadalligini hisoblashda kelgusida tashish kutilayotgan yuklar va yo‘lovchilar miqdorlari asosiy omil bo‘lib xizmat kiladi. Tashishlar miqdori shaharni rivojlantirish rejasi va shahar harakatini o‘zgarishi bilan aniqlanadi.
Shahar bosh planining transportga tegishli qismi odatda ikki gurux ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
birinchisi – asosiy transport yo‘nalishlardagi yuk va passajirlar tashish tirbandligini
aniqlash nazorat davridagi shahar ko‘cha va yo‘l tarmog‘ining holati; ikkinchisi – shahardagi ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalarning rivojlanishi va avtomobillar sonining oshishini inobatga olib kelajakda shahardagi harakatning va ko‘cha – yo‘l tarmog‘ining rivojlanishi.
O‘rganish – aniqlash materiallari tarkibiga shaharning asosiy mos keladigan joylari orasidagi yo‘lovchilar va yuk oqimlarining kartogrammalari kiritiladi.
Aholining harakatini o‘rganishda ishchi – xizmatchilarining ish joylari va o‘quvchilarning o‘quv maskanlari ularning yashash joylariga nisbatan qaerda joylashganligi hamda ularning bu maskanlar orasidagi harakati va shaharning boshqaruv va madaniy – maishiy ob’ektlariga tashrif buyurishining kundalik sikllari aniqlanadi. Bunday o‘rganish – aniqlash ishlari odatda aholini ruyxatga olish vaqtida amalga oshiriladi, ba’zi hududlarda esa, pochta orqali jo‘natiluvchi anketalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday so‘rovlar natijasida tegishli joylar orasida yillik tashish xajmlari ko‘rsatilgan kartogramma tuziladi .
O‘rganish–aniqlash jarayonida shahar transportining to‘xtash joylaridagi yo‘lovchilar aylanishi miqdorlari va yo‘lovchi transportining asosiy marshrutlaridagi yo‘lovchilar oqimi miqdorlari aniqlanadi. Bunday kuzatuvlar yengil va yuk avtomobillarini ham kamrab oladi. Shaxsiy yengil avtomobillar uchun ularni turli mavsumlarda maqsadli ishlashi, yuk avtomobillari uchun esa asosiy manzillar bo‘yicha yuklarni tashish yo‘nalishlari, tashish masofalari va yuk miqdorlari aniqlanadi .
Shahardagi harakatni o‘rganish mobaynida shahar ko‘cha–yo‘llari tarmog‘idagi harakat jadalligi, uning mavsumiy, hafta mobaynida va kun davomida o‘zgarishlari aniqlanadi. Shuningdek harakat tezliklari tavsiflari va piyodalar harakati jadalligi aniqlanadi. Magistral ko‘chalardagi chorrahalarda harakat oqimlari miqdorini yo‘nalishlari bo‘yicha aniqlanadi.
Shaharning kompleks transport tarmoqlarini, ayrim rayonlarning transport tarmoqlarini loyhalashda va harakatni tashkil qilishdagi muammolarni hal qilish uchun shahardagi harakatni muntazam kuzatib borish zarurati mavjud. Bunday kuzatuvlar ko‘p vaqt talab qiladi va ko‘plab kishilar qatnashuvi talab etiladi, shuning uchun kuzatuv maqsadini inobatga olib (mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni to‘ldirish yoki ilgari mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni to‘plash) ular «tanlangan» yoki «to‘liq» bo‘lishi mumkin.
Tanlangan kuzatuv uslubi extimolliklar nazariyasi va matematik statistika qonuniyatlariga asoslanadi. Masalan, avtomobillarning va piyodalarning bir soatlik harakat jadalliklari 3–5 va 10 minutlik kuzatuvlar yordamida hisoblab chiqarilishi mumkin. Bunday hisobdagi xatolik harakat oqimining vaqt mobaynida bir xilligidan kelib chikib aniqlanadi.
Shahardagi harakatni o‘rganishdagi zarur bo‘lgan tanlangan kuzatuvlar miqdori (soni) quyidagicha aniqlanadi:
𝑛 = 𝐸𝑡2𝜎2/(𝐸∆2𝜎2)
Bu yerda; Ye - o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning umumiy soni; t -ishonchli extimollik funksiyasi;
𝜎 - dastlabki kuzatuvlar bilan aniqlanadigan kutilayotgan standart og‘ish; ∆ - o‘lchash aniqligi, ruxsat etilgan xatolikka tenglashtiriladi (miqdor birligida).
Ishonchli extimollik funksiyasi t kutilayotgan natijalarning ishonchlilik darajasiga ko‘ra belgilanadi 2.1-jadval:
2.1-jadval
-
Ishonchlilik darajasi %
|
85
|
95
|
99
|
99,9
|
Funksiya, t
|
1,5
|
2,0
|
2,6
|
3,3
|
To‘liq kuzatuvlar juda ko‘p vaqt talab qilishi tufayli, ular yo‘lovchi transportining muayyan turlarida (masalan metropoliten yoki avtobuslarda) yoki aholini ro‘yxatga olish chog‘ida amalga oshiriladi.
Yaqin kelajakdagi (10 yilgacha) harakat jadalligini kuzatuv ma’lumotlariga asoslanib hisoblanadi, uzoqroq muddat uchun esa, yuklarni va yo‘lovchilarni shaharning ayrim hududlarida tashish istiqbollari, mavsumiy o‘zgarishlari, haftaning kuni va kun mobaynida harakat miqdori o‘zgarishlarini inobatga olib hisoblab chiqiladi.
Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha tashishlar miqdori yaqin kelajak uchun ekstropolyatsiya metodi yordamida, o‘sish sur’ati o‘zgarmas holda hisoblanadi, uzoq muddat uchun esa analitik uslub yordamida hisoblanadi.
Analitik uslubda ma’lumotlar anketa – so‘rov yordamida to‘planadi. Bunday uslubda quyidagi ma’lumotlar to‘planadi: yuk jo‘natuvchilardan va yuk oluvchilardan istiqboldagi yuklar miqdori, yuklar miqdori o‘sishi ko‘rsatkichlari, yuk jo‘natiluvchi manzillar, yillik xom ashyolar sarfi, mahsulot ishlab chiqarish sur’atlari va korxonalarning kelajakdagi rivojlanishi istiqbollari. Bu to‘plangan ma’lumotlardan tashqari shaharsozlik Qo‘mitasi va shahar statistikasi boshqarmasidagi o‘rganilayotgan hududning rivojlanish istiqbollari va yuklarni tashish sur’atlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.
Kelajakdagi sutkalik harakat jadalligi iqtisodiy qidiruvlar asosida aniqlanadi. Yuk va yo‘lovchi tashish borasidagi zaruriy ma’lumotlar bo‘lmagan hollarda kelajakdagi o‘rtacha yillik o‘rtacha sutkalik harakat jadalligi quyidagi empirik formula yordamida aniqlanadi:
𝑁𝑘𝑒𝑙 = 𝑁𝑗𝑜𝑟( 1 + 𝐾𝛼 )𝑡
bu erda; 𝑁𝑗𝑜𝑟- joriy yildagi o‘rtacha sutkalik harakat jadalligi. α - yillik o‘sish
koeffitsienti. t - yo‘ldan foydalanish yili jadalligi.
Yo‘l tarmog‘ida harakat jadalligining yillik o‘sish koeffitsienti α qiymati quyidagi
olinadi.
|
| |