|
Shaharda oqava suvlarni chetlatish va drenajlar haqida umumiy ma’lumotlar
|
bet | 4/5 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 34,85 Kb. | | #150787 |
Bog'liq 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.orgShaharda oqava suvlarni chetlatish va drenajlar haqida umumiy ma’lumotlar.
Suv yuza yoki ochiq tizimda chetlatilganda uni ariqlar bo‘yicha past joylarga va ochiq suv oqimlariga oqiziladi. Suv yopiq tizim bo‘yicha chetlatilganda qatnov qismining ariqlarida to‘planadigan suv latoklarda quriladigan suv qabul qilish quduqlariga oqib tushadi, so‘ngra quvurlar bo‘yicha yer ostida suv oqizadigan quvurlar bo‘yicha talveglarga va ochiq suv oqimlariga oqib tushadi.
Kombinatsiyalashgan tizimdan ham foydalaniladi, bunda ko‘chalarning bir qismida yer usti suvlari chetlatilib, keyin uni yer osti suv quvurlariga tashlanadi.
Shahar sharoitlarida ochiq ariqlar barpo qilmaslik zarur, chunki ularni kerakli sanitariya holatida saqlash qiyin, balki har qaysi uyga (domga) o‘tish ko‘prikchalari qilish yoki quvurlar yotqizish zarur. Suvni yaxshisi latoklar bo‘yicha chetlatish kerak, bular shaharlarda tosh terib yoki bordyurlar o‘rnatib mustahkamlangan qiyaliklar barpo etishda hosil bo‘ladi.
Ariqlar va ariqlarning eng kam nishabligi 5%0 etib qabul qilinadi, kamdan-kam sharoitlarda 3%o qabul qilinadi.
Suv chetlatishning yopiq tizimi shaharlarda, ayniqsa, ariqlar yoki latoklar qurishni qiyinlashtiradigan tekis, yassi relefda keng qo‘llanadi. Agar yer osti quvurlari bo‘lsa, ko‘chani nishabi kamida 5%0 bo‘ladigan qilib loyihalash mumkin, biroq bu holda latoklar arrasimon profilli qilinib, nishabi 4...5%0 bo‘ladi. Bu profil latokning chuqurligi 10...20 sm atrofida bo‘lib, latokga tutashadigan polosada qatnov qismining ko‘ndalang qiyalikda bo‘lishi natijasida 1...2 m kenglikda hosil bo‘ladi.
Shaharda suv chetlatish sistemasi, suvni chetlatish tarmoq elementlar va loyihalash bosqichlari. Kuzatish quduqlari va kameralar. Arrasimon latoklarning o‘lchamlari (2.6-rasm):
Latokning sxematik bo‘ylama profili:
1-yo‘lka qirg‘og‘ining tepasi; 2-latok tubi; 3-quduqlar
(m−n)1i2 ; x =l − m−n = m−n ,
= 2 i12 i2 −i1 i2 +i1 (8) i2 −
bu yerda l -suv qabul qilish quduqlari orasidagi masofa, m;
-yo‘lka to‘sig‘ining panjara ustidan ko‘tarilib turishi, m; n -yo‘lka chetining suv ayirg‘ich ustidan ko‘tarilib turishi, m; i2-to‘siqning bo‘ylama nishabi; i2-latokning bo‘ylama nishabi.
Arrasimon latokning barcha pasaygan joylarida 40...60 m oralatib suv qabul qilish quduqlari joylashtiriladi (2.7-rasm).
bo‘yicha va qurilish chegaralariga parallel qilib joylashtiriladi, biroq shunday hollar ham bo‘ladiki, bunda relef sharoitlariga qarab suv oqizish quvurlari kvartal (mavze) xududi orqali o‘tkazib yotqiziladi. Suv chetlatish quvurlari tutash xududlarda suvni bosh magistralga tashlashni hisobga olgan holda loyihalanadi.
Suv latokda joylashtiriladigan suv qabul qilish quvurlaridan diametri 30...40 sm bo‘lgan suv oqizish quvurlariga tushadi.
Grunt muzlaganida suv quvurlarda muzlab qolmasligi uchun quvurlarning yotqizilish chuqurligi gruntning muzlash chuqurligidan kam bo‘lmaydigan qilib belgilanadi, quvurlarning diametrlari 500 mm gacha bo‘lganida bu chuqurlikni 0,3 m gacha oshiriladi. +uvurlarning diametrlari katta bo‘lganida ularni muzlash chuqurligidan 0,5 m ga kamaytirilgan chuqurlikda yotqizishga ruxsat beriladi.
Oqova suvlar tarmog‘ining elementlari, yomg‘ir suvlarini qabul qilish quduqlari orasidagi masofa va oqova suv quvurlari diametrlarining kesimi shahar sharoitlarida prof P.F. Gorbachev ishlab chiqqan va shahar oqova suvlari tarmog‘ini qabul qilish uchun qabul qilingan chegaraviy jadalliklar usuli bilan hisoblanadi. Latoklar, ariqlar va yo‘l quvurlarining kesimlari gidravlika formulalari bilan aniqlanadi.
Chegaraviy jadalliklar usuli shundan iboratki, yomg‘irning hisobiy jadalligi yomg‘irning davomiyligiga mos holda qabul qilinadi, bu davomiylik suvning suv havzasining eng uzoq chegarasidan hisobiy kesimgacha oqib kelish vaqtiga tengdir. Yomg‘ir jadalligi [l/(s.ga)]
20𝑛𝑞20(1 + Сℓ𝑔𝑝)
𝑞 = 𝑡𝑛 , (2.2)
bu yerda n -izochiziqlar kartasi bo‘yicha aniqlanadigan daraja ko‘rsatkichi; q20- aholi yashaydigan ayni punkt uchun jala davomiyligi 20 min bo‘lganida jalaning 1 ga uchun l/s hisobidagi jadalligi va jala quyish ehtimoli yiliga 1 martadan ortganida izochiziqlar bo‘yicha aniqlanadi; izochiziqlar kartasi maxsus ma’lumotnoma adabiyotlarida beriladi; S-iqlimiy koeffitsient; p - hisobiy jalaning takrorlanuvchanligi, yillar hisobida;
t -jalaning davomiyligi, min.
Jala suvlari sarfi
𝑄 = 𝜙𝑞𝐹, (2.3)
bu yerda F -havzaning maydoni, ga; q -yomg‘irning jadalligi, l/s; - isroflarni hisobga oluvchi oqim koeffitsienti.
Hisobiy yomg‘ir davomiyligini «yetib kelish vaqti» ga teng qilib qabul qilinadi. Shahar sharoitlarida bu vaqt suvning hudud qiyaliklari bo‘yicha birinchi suv qabul qilish qudug‘igacha, so‘ngra yer osti quvurlari bo‘yicha oqish vaqtiga teng. Oqib tushish tezligi suv sarfiga bog‘liq, shuning uchun hisoblash masalasi ketma-ket yaqinlashish yo‘li bilan yechiladi.
Sizot suvlari sathi baland turganida yo‘l poyi zahini qochirish va sizot suvlari sathini pasaytirish uchun shahar sharoitlarida drenajlar quriladi, ularning konstruksiyalari va hisoblash usullari shahar atrofi yo‘llarida qo‘llaniladiganlarga o‘xshash.
Xulosa
Shahar yo‘llari va ko‘chalari transport vositalarining xavfsiz va tejamli
harakatlanishini ta’minlashdan tashqari yo‘lovchilar bilan haydovchilarning yo‘lda
yurishini qulay va oson hal qilishi kerak.
Yo‘l yurish qulay va oson bo‘lishi uchun harakatga xizmat qiluvchi
inshootlar tizimi, harakatni tartibga solish vositalari va yo‘l bezash vositalariga
asoslangan bo‘lishi kerak.
Zamonaviy shahar magistrallarda minglab avtomobillar har kuni
harakatlanmoqda. Transport oqimlarining normal ishlashi yo‘l qurilishi
majmuasini transportni boshqarish tizimini o‘z ichiga oladi. Haydovchilar va
yo‘lovchilar uchun keng qamrovli xizmat ko‘rsatishning maqsadi ularning normal
yashash sharoitlarini ta’minlashdir. Bu holatda biz dam olishning qulay tartibini va
haydovchilar uchun ishlashni, yo‘lovchilarni biznes va sayyohlik safarlarini
amalga oshirish uchun qulaylik yaratish va hokazolarni nazarda tutamiz.
Odamlarning o‘z vaqtida dam olishlari va ovqatlanishlari, transport vositalarining
malakali xizmat ko‘rsatishlari, yonilg‘i-moylash materiallari bilan yonilg‘i quyish
- bularning barchasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, qulaylik va yo‘l harakati
xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadi.
|
| |