Svetoforlar yorug‘lik signali beruvchi asbop bo‘lib




Download 34,85 Kb.
bet3/5
Sana02.02.2024
Hajmi34,85 Kb.
#150787
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org

Svetoforlar yorug‘lik signali beruvchi asbop bo‘lib, yo‘lning ma’lum uchastkalaridan transport vositalari o‘tishini boshqarib turishda ishlatiladi.
O‘zbekistonda ishlatiladigan svetofor signallarining almashish ketma-ketligi GOST 25695-83ga asosan qabul qilingan bo‘lib, bu yo‘l belilari va signallari xalqaro konvensiya talablariga mos keladi.
Signallar quyidagi ketma-ketlikda almashtiriladi: qizil-qizil-sariq bilan yashilsariq-qizil. Signallarni quyidagicha almashtirishga ruxsat beriladi: qizil-yashil-sariq-qizil yoki qizil-sariq, yashil-sariq. Ba’zida yashil signal almashtirilishi oldida uni o‘chirib yoqish amalda uchrab turadi.
Svetofor ob’ektini hisoblash quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
Takt – svetoforda ma’lum bir signalning yoki ikkita signalning yonib turishi (masalan yashil yoki qizil sariq).
Asosiy takt – svetoforning signalida biron bir yo‘nalish bo‘yicha transportlar harakatiga ruxsat beriladi.
Yordamchi yoki oraliq takt – svetoforning signalida biron bir tomonga transportlar harakatlanish uchun tayorlanadilar.
Davr – taktning yonib turish uzunligi (vaqti, masalan tq=25s; tya=21s; ts=4s).
Faza – asosiy va yordamchi davrlarning summvsi (tya+ ts)
Sikl – hamma davrlarning yig‘indisi (tya+ ts+ tq)
Svetoforlarni funksional belgilanishi va konstruktiv bajarilishi bo‘yicha tavsiflash mumkin.
Funksional belgilanishi bo‘yicha svetoforlar quyidagilarga bo‘linadi:
Transportlar va piyodalar uchun.
Konstruktiv bajarilishi bo‘yicha esa: bir seksiyali, ikki seksiyali, uch seksiyali qushimcha seksiya bilan.
O‘zbekistonda transport vositalarini boshqarish uchun 2 turdagi svetoforlardan foydalaniladi. Bu turdagi svetoforlar barcha davlatlarda ishlatiladi, vertikal joylashtirilgansvetoforlarda yuqorida qizil, o‘rtada sariq, pastda yashil signallar o‘rnatiladi. Gorizontal o‘rnatilgan svetoforlarda qizil chapda, sariq o‘rtada va yashil o‘ng tomnda joylashtiriladi. Vertikal o‘rnatilgan svetoforlarda qo‘shimcha seksiya yashil signal seksiyasining yonida joylashtiriladi.
Svetoforning 1-turini chorrahalardagi hamma yo‘nalishlar bo‘yicha transportlar harakatini boshqarishda ishlatiladi. Bu turdagi svetoforlarni temir yo‘ldan o‘tish oldidan, tramvay va trolleybus yo‘llarini kesib o‘tadigan joylarda va qatnov qismining toraygan uchastkalarida qo‘yilishiga ruxsat etiladi.
Svetoforlarning 2-turidan ma’lum yo‘nalishdagi harakatni boshqarishda foydalaniladi. Harakat yo‘nalishining svetofordagi linzada strelka yordamida ko‘rsatiladi. Strelka bilan ko‘rsatilgan yo‘nalishda transport oqimi boshqa transport oqimini kesib o‘tmaydi va qo‘shilmaydi (piyodalar oqimini ham). Bunday boshqarishda har bir yo‘nalish uchun alohida svetofor o‘rnatiladi.
Birinchi tur svetoforlarning signallari ko‘rinish yomonlashgan hollarda (masalan, ko‘p polosali yo‘llarda yo‘nalish bo‘yicha o‘ng tomonda «stop-chizig‘i» oldida to‘xtagan yuk avtomobillari) svetofor signalini qaytarish uchun 3-turdagi svetoforlar qo‘llaniladi. Ular velosipetchilar harakatini boshqarish uchun velosiped yo‘lakchasi kesib o‘tgan joyda o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi.
Svetoforning 4-turi reversiv polosalarning boshlanishjoyida harakatni ma’lum vaqtlarda boshqarib turishda qo‘llanadi.
Svetoforlarning 5-turini tramvay, shuningdek, faqat maxsus ajratilgan polosalardan harakatlanayotgan avtobus va trolleybuslar harakatini ziddiyatsiz boshqarishda ishlatiladi.
Temir yo‘ldan o‘tish joylarida ochiladigan (siljiydigan) ko‘priklarda, parom bilan o‘tish joylarida va maxsus transport vositalari yo‘llarga chiqadigan joylarda 6-tur svetoforlar o‘rnatiladi.
7-tur svetoforlari boshqarilmaydigan chorrahalarda yoki piyodalar o‘tish joylarida ishlatiladi.
Svetoforlarning 8-turi korxona va tashkilotlar hududida harakatni boshqarishda va yo‘llarda qatnov qismining toraygan joylarida o‘rnatiladi.
Svetofor yordamida harakatni boshqarish chorrahada trasport vositalarining ushlanib qolishini tahlil qilish orqali aniqlanadi. Chorrahada transport vositasining ushlanib qolishi kesishib o‘tayotgan yo‘ldagi harakat miqdorlariga hamda svetofor qanday rejim bilan ishlashiga bog‘liq.
Boshqarish rejimi ayrim davr va fazalarning almashish tartibini belgilaydi.
Svetofor signallarini qo‘lda yoki avtomatik ravishda boshqarish mumkin. Svetoforni avtomatik tarzda boshqarilganda unga maxsus mexanizmlar o‘rnatiladi. Qo‘l bilan boshqariladigan svetoforlar ayrim hollarda ishlatiladi, masalan, transport vositalarining tirbandligini bartaraf qilishda.
Svetofor signallarining almashinishi oldindan berilgan rejimda ishlasa, unda bunday svetoforlarni o‘zgarmas rejimda ishlaydigan deyiladi.
O‘zgarmas rejimdagi svetoforlarni chorrahadagi jami harakat miqdori 750-800 avt/soat bo‘lganda bir seksiyali sariq o‘chib yonadigan svetofor o‘rnatilishi tavsiya etiladi. Harakat miqdori 400 avt/soatdan kam bo‘lsa, harakatni svetofor signallari yordamida boshqarish maqsadga muvofiq emas.
Svetofor signallarini boshqarishning zamonaviy usuli avtomatik tarzda boshqarish bo‘lib, uni o‘zgaruvchan rejim bo‘yicha boshqarish deyiladi. Bunday rejimda miqdorlariga qarab yashil signalning vaqti kamayishi yoki ko‘payishi mumkin. Chorrahaga yaqinlashib kelayotgan transport vositalari to‘g‘risidagi axborotni to‘xtash chizig‘iga 20-40 m masofada o‘rnatilgan detektorlar yordamida olinadi.
Svetoforlarni o‘zgaruvchan rejimda avtomatik tarzda boshqarish uchun ko‘pincha quyidagi rejimdan foydalaniladi:
tmin tmax
tminqiymati shunday hisoblanadiki, natijada chorrahadan transport vositasi chiqib ulguradi. Boshqacha qilib aytganda, to‘xtash chizig‘idan o‘tib ketgan, lekin shu damda svetoforning signali o‘zgarsa, chorrahaga kirgan transport vositasi boshqa yo‘nalishdagi harakatlanadigan transport vositalariga xalaqt bermasdan chorrahani bo‘shatishi mumkin bo‘lgan vaqt .
Agar ma’lum yo‘nalish bo‘yicha transport vositalari harakati bo‘lmasa, unda tminvaqti tamom bo‘lgandan keyin svetoforning signali o‘zgaradi. Ko‘pchilik hollarda tmin= 3-5 solinadi, bu vaqt transport vositasi datchikdan chorrahaning o‘rtasigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tadi, keyingi transport vositasi 3-5 s orqalig‘idan kam bo‘lgan vaqtda o‘tsa, svetofor signali o‘zgarmaydi. Lekin ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha 3-5 s vaqtdan ko‘p oraliq paydo bo‘lsa, unda transport oqimida svetoforning signali o‘zgaradi.
Agar transport oralig‘idagi vaqt tminto‘g‘ri kelib, uzluksiz harakat kuzatilsa, una tmax vaqti tugagandan keyin svetofor signali yana o‘zgaradi.
Boshqariladigan chorrahalarda svetofor signallarini ovtonom va muvofiqlashtirilgan holda boshqarish mumkin.
Avtonom boshqarish deganda, bitta alohida chorrahadagi harakatni boshqa yaqin chorrahadagi vaziyatni hisobga olmagan holda boshqarish tushuniladi. Bunday boshqarish chorrahalar orasidagi masofa 1000 m dan kam bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Muvofiqlashtirilgan boshqarish deganda, bir nechta chorrahadagi boshqarish birbiri bilan birgalikda vaziyatiga qarab harakatni boshqarishtushuniladi. Bunday boshqarish chorrahalar orasidagi masofa 150-600 m bo‘lganda tavsiya etiladi.
Muvofiqlashtirilgan boshqarishning avtonom boshqarishdan afzalligi quyidagilardan iborat: o‘tkazish qobiliyati va harakat tezligi oshadi; yonilg‘i sarfi, atmosferaning bulg‘alanishi, transport shovqini va YTH kamayadi; avtomobilning tormoz tizimi va boshqa mexanizmlarining ishlash muddati oshadi. Muvofiqlashtirilgan boshqarishning ikki xil tizimi mavjud: sinxronli va progressiv.
Sinxronli tizimda hamda chorrahalardagi svetoforlarda bir vaqtning o‘zida bir xil signal yonadi va almashadi (bu tizimni «yashil ko‘cha» deb yuritiladi).
Progressiv tizimda – signallar chorrahadagi svetoforlarga, harakat tezligiga va miqdoriga qarab biror vaqt birligida surib beriladi yoki ko‘cha «yashil to‘lqin» rejimida ishlaydi.

Download 34,85 Kb.
1   2   3   4   5




Download 34,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Svetoforlar yorug‘lik signali beruvchi asbop bo‘lib

Download 34,85 Kb.