|
1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi
|
bet | 23/36 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 257,28 Kb. | | #136546 |
Bog'liq 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.org19 – modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish
Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga bshiriladi:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash;
axborot resurslarining tarqalib ketishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishi, buzib talqin etilishi, to’sib qo’yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish;
axborotni yo’q qilish, to’sib qo’yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish;
axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash.
20 – modda. Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish
Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa Yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar etkazilishi mumkin bo’lsa, muhofaza qilinishi kerak.
Davlat organlari, Yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.
Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
21 – modda. Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish
Davlat organlari, Yuridik va jismoniy shaxslar o’z axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmog’iga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ulashi mumkin.
Erkin foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resurslarini o’z ichiga olgan axborot tizimlarining xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmog’iga ulanishi faqat zarur muhofaza choralari ko’rilganidan keyin amalga oshiriladi.
|
| |