1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi




Download 257,28 Kb.
bet20/36
Sana13.01.2024
Hajmi257,28 Kb.
#136546
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.org

9 – modda. Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqi
O’zbekiston Respublikasida axborot resurslari va axborot tizimlari ommaviy hamda xususiy mulk bo’lishi mumkin.
Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqining vujudga kelishiga quyidagilar asos bo’ladi:
axborot resurslari hamda axborot tizimlarining davlat byudjeti mablag’lari, Yuridik va jismoniy shaxslarning o’z mablag’lari yoki qonun hujjatlari bilan taqiklanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishi;
axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqining o’zga shaxsga o’tishi shartlarini o’z ichiga olgan oldi–sotdi shartnomasi yoki boshqa bitim;
meros olish.
Qonunda axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqi vujudga kelishining boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.

10 – modda. Davlat axborot resurslari
Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi:
davlat organlarining axborot resurslaridan;
Yuridik va jismoniy shaxslarning davlat byudjeti mablag’lari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan;
Yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslaridan;
Yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda taqdim etiladigan hujjatlashtirilgan axborotidan.
Yuridik va jismoniy shaxslar hujjatlashtirilgan axborotni davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlashtirilgan axborotni majburiy taqdim etishi tartibi, davlat axborot resurslarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish uchun mas’ul davlat organlarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat sirlari va maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan axborotni taqdim etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

11 – modda. Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari
Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo’yicha hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resurslariga bo’linadi.
Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot resurslaridir.
Davlat sirlari to’g’risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo’iilgan axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resurslariga kiradi.
Axborot resurslarining mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot resurslaridan Yuridik hamda jismoniy shaxslarning teng huquq asosida erkin tarzda foydalanishini ta’minlashi kerak.
Axborot resurslarini erkin foydalanish toifalariga kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot resurslarining mulkdori tomonidan aniqlanadi.



Download 257,28 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Download 257,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi

Download 257,28 Kb.