-mavzu: Tarmoq axborot texnologiyalari




Download 142,71 Kb.
bet3/7
Sana06.02.2024
Hajmi142,71 Kb.
#152322
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu Axborot komplekslarida elektron xujjat aylanish tizimi.-fayllar.org

3-mavzu: Tarmoq axborot texnologiyalari.
Sug‗urta – bu kutilmagan baxtsiz hodisalar natijasida sodir bo‗lgan
yo‗qotish va zararlarni qoplashga mo‗ljallangan iqtisodiyotning eng jadal
rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Sug‗urta tizimi – bu bir tomondan,
tadbirkorlik faoliyati va insonlar farovonligini himoya qilishga imkon
beradigan, ikkinchi tomondan, sug‗urta faoliyatidan vaqtincha bo‗sh
mablag‗larning investitsiya ob‘ektlariga yo‗naltirilishidan daromad
keltiradigan iqtisodiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. Sug‗urta
himoyasi sotuvchi va xaridor o‗rtasida ayirboshlanadigan tovar bo‗lib, u
talab va taklif asosida shakllanadi. Mamlakatimizda bozor
munosabatlarining rivojlanishi, jahon integratsiyalashuv jarayonlariga
qo‗shilishi bizni bugun jahon standartlari talablariga yaqinlashishga
majbur qilmoqda. Korxonalarning moliyaviy holatini ob‘ektiv baholash,
moliyaviy xavflarni kamaytirish va raqobatdosh ustunliklarga ega
bo‗lishga qaratilgan strategiyalarni muvofiqlashtirishga qo‗yiladigan
talablar ko‗paymoqda. Bu sug‗urta jarayoniga avtomatlashtirilgan axborot
texnologiyalarini joriy etishni taqozo etadi.
Sug‗urta kompaniyalari faoliyatini rejalashtirish va boshqarishda
axborot texnologiyalarini joriy qilish nafaqat katta va o‗zaro bog‗liq
ma‘lumotlar to‗plamini qayta ishlashni o‗z ichiga oladi, balki ularni tahlil
qilish va boshqaruv qarorlarini asoslash uchun ham ishlatilishi mumkin.
Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlar to‗g‗risidagi turli ma‘lumotlarni hisobga olish, shuningdek
moliyaviy, mehnat va moddiy resurslarni hisobga olish muhim rol
o‗ynaydi. Axborot hajmi, aniqlik va ishonchlilikka yuqori talablar,
mijozlar va sug‗urta kompaniyasining moliyaviy holatini samarali tahlil
qilish zarurati – bu sug‗urta biznesining avtomatlashuvini oldindan
belgilab beruvchi asosiy omildir. Sug‗urta kompaniyalari faoliyatidagi
sifat o‗zgarishlari axborot tizimiga, xususan, statistik kuzatuv va hisobkitob vositalariga, olis bo‗linmalarning moliyaviy va buxgalteriya
ma‘lumotlarini birlashtirish imkoniyatlariga qo‗shimcha talablarni qo‗yadi.
Ma‘lumki, potensial mijozning ehtiyojlariga e‘tibor qaratilgan
sohalarda raqamli texnologiyalardan foydalanish alohida o‗rin tutadi.
4
Sug‗urta tashkilotlarining asosiy mijozlari bo‗lib, avvalo, transport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi va ish
beruvchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi mijozlari
bo‗lgan fuqarolar hisoblanadi. Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta
qilish dasturining joriy etilishi va uzoq vaqt davomida hayotni sug‗urtalash
va boshqa sug‗urta xizmatlari kabi ilgari ma‘lum bo‗lgan sug‗urta
turlarining tarqalishi mijozlar bazasi va sug‗urta hajmining tez o‗sishini
ta‘minladi. Bu qayta ishlangan axborot oqimining sezilarli darajada
kengayishiga olib keldi va natijada mavjud axborot tizimlarini
modernizatsiya qilishni talab qiladi. Sug‗urta kompaniyasida sug‗urta
mahsulotlarining katta portfeli mavjud bo‗lishi integratsiyalashgan axborot
tizimidan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.
O‗zbekiston sharoitida sug‗urtani rivojlantirishning o‗ziga xos
xususiyati va tez sur‘atlarda o‗sishi, sug‗urta tashkilotlari oldida turgan
qator rivojlanish muammolari sug‗urtalashni avtomatlashtirishni zaruratga
aylantirmoqda. Shu bilan birga, sug‗urta faoliyatini avtomatlashtirish
uchun dasturiy ta‘minot nafaqat sohaning o‗ziga xos xususiyatlarini aks
ettiradigan va ushbu muammolarni hal qiladigan, balki sug‗urta
kompaniyasi faoliyati samaradorligini oshirishni ta‘minlaydigan talablarga
javob berishi kerak.
O‗zbekistonning deyarli barcha sug‗urta kompaniyalari tayyor
dasturiy mahsulotlarni sotib olish yoki ularni o‗z dasturchilari yordamida
ishlab chiqish orqali avtomatlashtirish bo‗yicha tajribaga ega. Zamonaviy
sug‗urtada raqamli texnologiyalardan foydalanish potensial mijozning
ehtiyojlarini qondirish va aholi o‗rtasida sug‗urtaning ko‗lamini
kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Jahon hamjamiyatining ko‘zlangan rivojlanish va farovonlikka
erishishi uchun axborot texnologiyalariga (AT) bo‘lgan ehtiyoji katta
sur‘atlar bilan ortib bormoqda. Iqtisodiy o‘sishning faollashuvi, dunyo
aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining
kundalik hayotimizga singib ketgani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, erkin axborot oqimining ta‘minlanishi bozor iqtisodiyotiga
o‘tishni tezlashtiradi va ijtimoiy farovonlikni oshiradi.
Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodiyotda ham o‘z
aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda ayniqsa tadbirkorlik sohasida
erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli
segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va ularning samarali
qo‘llanilishi yotadi. O‘zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas,
albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator
segmentlari, masalan, ma‘lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internetresurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashinuvi, biznes va
tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O‘zbekiston
uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni
ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon axborot
texnologiyalari sohasida ta‘lim standartlarining oshishi, milliy
telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy
bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma‘lum
darajadagi informatsion tayyorligi mavjud bo‘lgan holatdagina sodir
bo‘ladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojlanishi
oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi tamoyillari, ayniqsa
elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib har bir
internet foydalanuvchisi elektron tijorat so‘zining ma‘nosini tushunishga
harakat qilib ko‘rdi. Hali o‘zining uzoq tarixini qurishga ham ulgurmagan
bunday faoliyat bilan bog‘liq AQSh bozorlarida yiliga o‘rtacha 1,5-2 trln.
AQSh dollari miqdorida mablag‘lar aylanadi.
Hozirda zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimining barcha
sohalar qatori ta‘lim jarayoniga ham tatbiq etilishi hayotiy zaruratga
6
aylandi. Mamlakatimiz Prezidentining ―Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
to‗g‗risida‖gi Farmoni va respublika Vazirlar Mahkamasining
kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlariga oid bir qator qarorlari
muhim ahamiyat kasb etadi.
Davr talabiga muvofiq, hozirgi kunda zamonaviy darsni tashkil etish
masalasiga ham juda katta talablar qo‗yilmoqda. Bu talablardan biri dars
jarayonida axborot texnologiya va elektron qo‗llanmalardan o‗z o‗rnida
samarali va oqilona foydalanishdir.
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti
qonuniyatlari to‗liq amal qila boshladi. Bozor iqtisodiyotining samarali
ishlashini va uning rivojlanganlik darajasini belgilovchi asosiy omillardan
biri uning infratuzilmasi shakllanganligi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti
infratuzilmasining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri sug‗urta sohasi
hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ko‗rishimiz mumkinki,
sug‗urta sohasi iqtisodiyot rivojlanishining bir maromda borishini
ta‘minlovchi sohalardan biridir. Bundan tashqari, sug‗urta iqtisodiyotning
rivojlanishi uchun salmoqli investitsiya kapitalini jamlashtiruvchi va
iqtisodiyotga kirituvchi strategik ahamiyatga ega bo‗g‗inlardan biri sifatida
namoyon bo‗ladi.
Mamlakatda tobora sug‗urta sohasining rivojlanishiga katta ahamiyat
berilmoqda. Sug‗urta sohasini taraqqiy toptirish sug‘urta sohasida yangi
mahsulotlar va qulayliklarni uzluksiz ravishda yaratib borishni talab qiladi.
Endilikda sug‗urta sohasining rivojlanishi uchun axborot
texnologiyalaridan keng va samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.
Sug‘urta sohasida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda agentlar
uchun ushbu dastur ustida ish olib borilmoqda. ―Central Insurance Base
(CIB.uz)‖, ya‘ni ―Markaziy sug‘urta bazasi‖ deb ataluvchi dastur agentlar
uchun ancha qulayliklar va ortiqcha narsalarni ko‘tarib sarson
bo‘lmaydilar, degan maqsadda yaratilmoqda. Ushbu dasturning qulaylik
taraflari shundan iboratki, agent uchun kompyuter, pirinter va boshqa
ortiqcha buyumlar kerak emas.
Central Insurance Base (CIB.uz) dasturining eng qulaylik tarafi
shundan iboratki, uni hozirgi kunda ommalashgan telefon yoki
planshetlarga joylashtirish mumkin. Agent qayerda bo‘lmasin mijoz uchun
tez va sifatli xizmat ko‘rsatadi. Bu dasturning yana bir qulayilk tarafi agent
mijoz ma‘lumotlarini internet orqali sug‘urta kompaniyasi asosiy bazasiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish imkonini beradi. Agent ma‘lumotni
7
jo‘natgandan so‘ng mijoz qo‘liga polisni qo‘lyozma asosida to‘ldirib,
sug‘urtalanuvchiga taqdim etadi. Ayrim viloyatlar, shaharlar va
tumanlarda ba‘zi hollarda elektr energiyasi tanqisligi tufayli to‘k
kelmasligi oqibatida mijozlarning kutib qolishi va mijoz ma‘lumotlarini
o‘z vaqtida o‘tkazishdagi muammolarning oldini oladi. Masalan: elektr
to‘ki yo‘q deylik, sug‘urta agenti yoki boshqa sug‘urtalovchi oldiga mijoz
kelganda sug‘urtani amalga oshirmasdan ranjigan holda chiqib ketishi
mumkin. Yoki sug‘urta agentlari tomonidan mijoz uchun qulay bo‘lgan
joylarga borib o‘z sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta xizmatini ko‘rsatadilar.
Bunday qulaylik bilan aholi turar joylariga borib, tadbirlar o‘tkazib shu
yerdagi ko‘ngillilarni baxtsiz hodisalardan yoki boshqa klasslar bilan
sug‘urtalash mumkin. Bunda sug‘urta kompaniyalariga ham, mijozga ham
va albatta sug‘urta agentiga ham juda katta qulayliklar yaratiladi. Misol
uchun, qaysidir aloqa vositasi yordamida sug‘urta dasturiga, ya‘ni Central
Insurance Base (CIB.uz)ga kiriladi. Keyingi bosqichda sug‘urta agentiga
login va parol beriladi, ulardan foydalangan holda dasturni ishga tushiradi.
Keyin sug‘urta agenti o‘ziga kerakli bo‘lgan sug‘urta turini tanlab
sug‘urtani amalga oshiradi. Misol uchun, TVEFJMS – transport vositalari
egalarining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik sug‗urtasini amalga
oshirayotganda darcha ochiladi. Sug‘urtalovchi ma‘lumotlari to‘liq
kiritilganidan so‘ng barcha ma‘lumotlarga asosan sug‘urta summasi va
mukofotlari avtomatik tarzda dastur yordamida hisoblab chiqiladi. Keyingi
bosqichga o‘tish uchun belgilangan tugma bosiladi. Keyingi bosqichda
kerakli bo‘lgan hujjatlar rasm asosida dasturga yuklanadi. Ma‘lumotlar
yuklangandan so‘ng kerakli tugmani bosish orqali sug‘urta markaziy
bazasiga jo‘natiladi.
Bu Central Insurance Base (CIB.uz) dasturi yordamida sug‘urta
kompaniyasi biror sug‘urta hodisasi yuz berganligini tez va barcha
hujjatlar bilan birga ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. Nafaqat sug‘urta
kompaniyasi, balki nazorat organi hisoblangan Sug‗urta bozorini
rivojlantirish agentligi ham kerakli bo‘lgan ma‘lumotlarni masofadan turib
tekshirish imkonini yaratadi.


Download 142,71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 142,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Tarmoq axborot texnologiyalari

Download 142,71 Kb.