-mavzu: Bank axborot komplekslarida qoʻllaniladigan dasturiy ta




Download 142,71 Kb.
bet5/7
Sana06.02.2024
Hajmi142,71 Kb.
#152322
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu Axborot komplekslarida elektron xujjat aylanish tizimi.-fayllar.org

5-mavzu: Bank axborot komplekslarida qoʻllaniladigan dasturiy taminot va ularning ishlash texnologiyasi
Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tushunchasi. Bank - bu mamlakatdagi pul
mablag`larini boshqarish uchun yaratilgan moliyaviy institutdir. O`zbеkiston
Rеspublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon talabiga mos kеluvchi,
rivojlangan milliy krеdit tizimiga ega bo`lish, xo`jaliklar va aholining bo`sh turgan
mablag`larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini
qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishish. Bank
axborot tizimi (BAT)-moliyalashtirish va kreditlashning belgilangan shartlariga
muvofiq nazorat qilinadigan resurslarni o'zlashtirish, qaytarish va muvozanatlash
vositasi bo'lgan yagona dasturiy-texnologik kompleks hisoblanadi. Bank axborot
texnologiyasi - hisoblash texnikasidan foydalangan holda boshqaruv qarorini
tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirishni ta'minlash maqsadida ma'lumotlarni
to'plash, ro'yxatga olish, uzatish, saqlash va qayta ishlash usullari asosida bank
axborotlarini qayta ishlash jarayoniga aytiladi. Mujassamlashgan bank
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (BnAAT) mablag’ kiritish va kredit berishning
berilgan shartlari bo’yicha nazorat qilinadigan mablag’larni o’zlashtirilish,
qaytarilish va muvofiqlashtirilishni jadallashtirish vositasi bo’lgan yagona dasturiy
texnologik majmuadan iborat bo’ladi. Mijozlar o‘z pul mablag‘larini bankka ishonib
topshirar ekan bankka quyidagi asosiy talablarni qo‘yishlari mumkin: - Pul
mablag‘larini ro‘yxatga kiritish va bankda bo‘lgan davrda ulardan hisobot olib
turish. - Pul mablag‘larini saqlash javobgarligini ta'minlanishini talab qilish. - Pul
mablag‘lari holati va ulardan foydalanishda olib borilayotgan moliya-pul
operatsiyalariga oid axborotlar konfedinsialligini ta'minlash. Hozirgi davrda
vujudga kelgan bank industriyasining rivojlanganlik holati ularga depozit ochish va
mijoz mablag‘larini jalb qilish kabi oddiy xizmatlarga nisbatan yanada kengroq
xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Ayni damda bankning moliyaviy
xizmatlari borasida uning samarali faoliyatini ta'minlovchi asosiy omillar deb
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin - xizmatlar taqdim etish ko‘llami; - bank
safarbarlik darajasi: o‘rab turgan moliyaviy sharoit muhit o‘zgarishiga adekvat
reaksiya tezligi, ya'ni bank faoliyatini zamonaviy biznesga yo‘naltirish imkoniyati -
4
ma'lum vaqtdagi tashqi omillar o‘zgarishidagi faoliyati, bu vaqt davomida
ko‘rsatilgan o‘zgarishlar dolzarbligini saqlab qoladi; - bozorda keng ishtirok etish
(geografik) tarqalganlik. Bunda har bir gegrafik regionda bank muassasasining
jismoniy qatnashishi ko‘zda tutilmaydi; bankni masshtabliylik darajasi: bank
o‘zining o‘tkazish qobiliyatini qo‘shimcha investitsiyalarga qanchalik kattalashtira
oladi, yoki bankni o‘z biznes faoliyatida qanday minimal chegaralarda mumkin
bo‘lgan rentabellik darajasini saqlay oladi; - bankni boshqarish darajasi: har bir real
vaqt mobaynida resurslarni adekvat baholash va muhim strategik (uzoq muddatli)
yoki tezkor ( qisqa muddatli) masalalar yechimlari uchun ularni mobilizatsiya,
rekonstruksiya qilish; bank va moddiy komponentlar uchun sharoitlar yaratish,
rivjlantirish, xizmat ko‘rsatish va bankni quvvatlashga hamma chiqimlarini hisobga
olgan holda bank xizmatlari tannarxini raqobatbardoshligini oshirish. Bank
tizimidagi axborot arxitekturasining asosiy komponentlarini tuzilishi. Axborot
texnologiyalari portfeli - kompyuterlar, dasturiy ta'minot, tarmoq va tizim
quvvatlovchilariga investitsiyalar haqida eng samarali yechimlarni qabul qilish
instrumentlarini va shu bilan birga tashkilot-muassasa darajasidagi texnlogiyalar
uchun nazorat-kuzatuv va samarali ijroiy rahbarlik uchun talab qilinadigan,
jamlangan tabiiy mavjud axborotlarni, xulosalarni o‘z ichiga oladi. Bank tizimi
axborot arxitekturasining asosiy vazifalarini quyidagi Bankni atomatlashtirish
qo‘mitasi (BAQ) Bank tizimining asosiy komponentlari Axborot texnologiyalari
portfeli Bankni boshqa aktivlari kabi axborot texnologiyalarini boshqarishga va
umumiy tavsiflariga “Axborot texnologiyalari portfeli” (ATP) deb ataladi. Axborot
texnologiyalari portfelining asosiy komponentlarini shartli ravishda to‘rtta asosiy
toifalarga bo‘lib qarash mumkin: 1. Bankda biznes faoliyatini ta'minlash. 2.
Banklararo resurslarda - davlat ichidagi elektron to‘lovlar tizimi, SWIFT
davlatlararo va banklararo elektron to‘lov tizimi, plastik kartochkalarni qo‘llagan
holda chakana elektron hisoblar banklararo tizimi. 3. Korxona umumiy faoliyatini
quvvatlovchi tizimlar. 4. Bank infratuzilmasiga ta'luqli tizimlar. Bank faoliyatida ko`plab dasturiy ta`minotlarni uchratishimiz mumkin har bir
dasturiy ta`minot o`z modullariga ega bo`lib, ularda barcha bo`lim xodimlari
birgalikda ishlab faoliyat yuritishadi. Misol sifatida ba`zilarini keltirib o`tamiz:
iABS, NSI, Globus, ASBT, e-Personal. Bankni avtomatlashtirishning asosiy
natijalaridan biri uning boshqarilish darajasini sifatini oshishi bo`lishi kerak. Bu
vazifaning yechimi butun bank jarayonlarini modellar va iqtisodiy matematik
usullardan foydalanish bilan birlashtiruvchi to`liq integratsiyalangan tizimini ishlab
chiqish yotadi. Haqiqatdan ham, faqat ana shunday tizim bankda mavjud bo`lgan
barcha vazifaviy va axborotli aloqalarni xuddi shu dinamikada aks ettiradi va boshqa
holatning ko`p ekspertli ko`rinishini shakllantirishga imkon beradi. Tizimning
ochiqligi unda rivojlanish va zamonalashtirish uchun vositalar, CASE-vositalar,
tashqi tadbirlar, so`rovlar generatorlari, ma’lumotlarning importeksport
tadbirlarining mavjudligini ko`zda tutadi. O`zgarishlar kiritishga ehtiyoj bankda
yetarligi ko`proq vujudga keladi. Ammo zamonaviylashtirishni amalga oshirish
uchun ishlab chiquvchi firmani jalb qilish hamma vaqt ham mumkin bo`lmaydi.
6
Bank tizimi axborot ta'minoti to‘g‘risida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu tizim
ma'lumotlari bazasi quyidagilardan tashkil topadi: - tijorat banklari hisobotlari
ma'lumotlar bazasi (MB); - tijorat banklari operatsion bazasi(OB); - tilla va valyuta
zahiralari bo‘yicha ma'lumotlar bazasi; - bank tizimini kadrlar bilan ta'minlash
ma'lumotlar bazasi; - Markaziy bank hujjat aylanishi tezkor ma'lumotlar bazasi; -
tizim administratori ma'lumotlar bazasi; - soliq tashkilotlarida xo‘jalik yurituvchi
sub'yektlarni ro‘yxatga oluvchi ma'lumotlar baza; - xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari
byudjet va nobyudjet fondlari bilan o‘zaro munosabatlari ma'lumotlar bazasi; -
yagona ma'lumotnoma; - import va eksport bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi bitimlari
ma'lumotlar bazasi; - avtomobil vositalarini davlat ro‘yxatiga oluvchi ichki ishlar
vazirligi ma'lumotlar bazasi; - ichki ishlar vazirligining fuqarolar pasportlari
bo‘yicha ma'lumotlar bazasi; - xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni ro‘yxatga olish
bo‘yicha adliya vazirligi ma'lumotlar bazasi; - mahalliy ijro etuvchi hukumat
tashkilotlaridagi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning ro‘yxatga oluvchi ma'lumotlar
bazasi va boshqalar. Avtomatlashtirilgan bank tizimlarining (ABnT)lari o`z
xizmatlarining keng, turli-tumanligi bo`yicha mijozlarga tez va sifatli xizmat
ko`rsatishga imkon beradi.
Tizimning asosiy xizmat modullari quyidagilarni amalga oshiradi: • yuridik
shaxslarga hisoblash-kassa xizmatini ko`rsatish;
• bank-korrespondentlari schyotlari bo`yicha xizmat ko`rsatish;
• kredit, depozit, valyuta operatsiyalari;
• xususiy shaxslar kiritmalarining har qanday turlari va ular
bo`yicha operatsiyalar;
• fond operatsiyalari;
• plastik kartochkalar yordamida hisob-kitoblar;
• buxgalteriya vazifalari;
• tahlil, qarorlar qabul qilish, menejment, marketing va boshqalar.
Oxirgi avlod ABnT «mijoz-server» arxitekturasidagi tarmoqli texnologiyalarga
suyanadi. Bankning operatsiya kuni dasturiy-texnologik majmua sifatida bank
hisobining eng ko`p mehnat talab kiluvchi operatsiyalarini avtomatlashtiradi
7
Operatsion kun modullarining tarkibi. Mijozlarning shaxsiy schyotlari bo`yicha
barcha operatsiyalar to`lov hujjatlari bo`yicha amalga oshiriladi, shaxsiy schyotdan
ko`chirma esa har bir “Yuridikshaxslargaxizmat ko’rsatish” tizimchasi
“Xususiyshaxslargaxizmat ko’rsatish” tizimchasi “Ma’muriyhujjataylanishi
vaxodimlarhisobiniolibbor ish” tizimchasi “Filiallarniboshqarish” tizimchasi
“Xo’jalikoperatsiyalarinirejalashtirishvatahlili” tizimchasi
“Xorijiyvalyutabilanopera tsiyalar” tizimchasi “Tahlilvarejalashtirish” tizimchasi
“Korrespondentschyotinio libborish” tizimchasi “Bankningoperatsiya kuni”
Kirishningtelekommunikatsionmuhiti Filial Bank-korrespondent
Uzoqmasofadagimijoz buxgalteriya yozuvlarini aks ettiradi. Majmua shaxsiy
schyotlar bo`yicha (hujjatlarning rasmiylashtirilgan buxgalteriya yozuvlari
bo`yicha) mablag`larning haqiqiy va rejalashtirilgan harakatini amalga oshiradi.
Kassa hujjatlarining harakati o`ziga xos xususiyatlarga ega, ulardan asosiysi
bankning boshqa xizmatlari bilan aloqasidir. Bu xususiyat ichki buxgalteriya
yozuvlari uchun ham xosdir. Bunday tizimda schyotlarning rejasi, bank shaxsiy
schyotlarining katalogi, bank mijozlarining katalogi olib beriladi, balans chiqariladi,
xizmatiy server vazifalari bajariladi. Filiallar faoliyatining hisobi bo`yicha majmua
filialning hisobxonasi va boshqa bo`limlaridagi ish joylarini avtomatlashtirishga
mo`ljallangan. «Bankfiliallar» darajasida filiallardan olingan axborotlarni yig`ish,
ishlab chiqish va tahlil qilish, barcha filiallar o`rtasidagi hisob-kitoblar
avtomatlashtiriladi. Shu bilan birga, bank ham o‘z interaktiv xizmatlari doirasini
kengaytirib, hozirda 1000 dan ortiq mijozlarga «е-вanking» - dasturi xizmat
ko‘rsatmoqda va bu tizimdan foydalanuvchi mijozlar soni borgan sari ortib
bormoqda. Hozirgi davrda bankjarda “Internet banking”, “E- banking”, “GRMtizimlari”, “SMSbanking” va boshqa ko`pgina texnologiyalardan foydalanilmoqda.
Markaziy bankning «Chakana to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish kliring
tizimini yaratish hamda xizmat ko‘rsatuvchilarning billing tizimi bilan integrallash»
loyihasi ishlab chiqildi. Kliring tizimini yaratishdan maqsad unga tijorat banklari
filiallari, kassalari va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi qoshidagi Yagona
umumrespublika Protsessing markazini ulagan holda, jismoniy shaxslarga soliqlar
8
va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek, kommunal xizmatlar va mobil aloqa
operatorlari uchun to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyatini
yaratishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur tizim mijozlarga kechayu-kunduz bank
hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish va bank infokiosklari orqali ishlash
imkoniyatini beradi. Мazkur O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hisobkitoblar kliring axborot dasturiy majmuasining loyihasi ikki bosqichda amalga
oshirildi. Birinchi bosqichda Markaziy bank huzurida Hisobkitob banki tashkil
etilib, bank mijozlarining majburiyatlari bo‘yicha banklarning vakillik
hisobvaraqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri debetlash mexanizmi yaratildi va Yagona
umumrespublika Protsessing markazi bilan o‘zaro faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu
bosqichni belgilangan muddatda bajarilib, hozirgi kunda barcha bank plastik
kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar.
Markaziy bank hisob-kitoblar Kliring tizimining banklar va xizmat ko‘rsatuvchilar
bilan o‘zaro munosabatlar sxemasi.


Download 142,71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 142,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Bank axborot komplekslarida qoʻllaniladigan dasturiy ta

Download 142,71 Kb.