|
-mavzu. Jahon elektron axborot resurslari. Yaratish va qidirishning texnologik jihati
|
bet | 11/18 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #152358 |
Bog'liq 1-mavzu. Axborot resurslarining asosiy tushunchalari-22-mavzu. Jahon elektron axborot resurslari. Yaratish va qidirishning texnologik jihati
Tayanch tushunchalar: Jahon axborot resurslari, elektron ilmiy-ta’limiy resurslarini shakllantirish texnologiyasi, korporativ tarmoqlarda axborot resurslarga murojaat, axborot qidirish texnologiyalari.
Jahon axborot resurslari – dunyoning yetakchi nashriyotlarining axborot resurslaridir. Bu axborot qidiruv tizimiga ega jamiyat tomonidan tan olingan, tizimlashtirilgan va tuzilmalashgan ilmiy-ta’limiy resurslarning ma’lumot bazalaridir. Jahon axborot resurslari ro‘yxatiga yuqori impakt faktorli jurnallar, eng ko‘p iqtibos keltirilgan ilmiy monografiyalar, darsliklar, maqolalar va boshqa resurslar kiradi.
Ma’lumot bazalari (data base) – tasvirlash, saqlashning alohida qoidalar asosida tashkil etilgan amaliy dasturlar asosida tuzilgan ma’lumotlar yig‘indisidir. Ma’lum bir qoidalar asosida tashkil qilingan, umumiy tavsif, saqlash va o‘zgartirish tamoyillari nazarda tutilgan ma’lum bir soha bo‘yicha (ilmiy-ta’limiy, iqtisod) ma’lumotlar majmui. Bizning holatda bu ilmiy jurnallar, kitoblar, hisobot va shu kabilarning ma’lumot bazalaridir. Ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi.
Analitik ma’lumot bazalarini yaratuvchi kompaniyalar – bunday tashkilotlar resurslarning qo‘llanilishi, u yoki bu manbaalarga murojatlar bo‘yicha, mualliflarga murojaatlar, ularning iqtibosligi va boshqa shu kabi parametrlar bo‘yicha tahlillar olib boradi. Bunday analitik vositalar va ma’lumot bazalari bilim manbalari va axborot yaratuvchilarini baholashda muhim vosita hisoblanadi. Analitik ma’lumot bazalari va ular bilan ishlash borasida instrument yaratuvchilardan eng taniqli kompaniyalar ular Clarivate Analitics, Thomson Reuters va Scopus kabi kompaniyalardir.
Korporativ axborot tarmoqlarida jahon axborot resurslarini yig‘ish texnologiyalari
Respublikaning axborot-kutubxona tizimlari asosida tashkil etilgan axborot-kutubxona tarmog‘i elektron ilmiy-ta’limiy resurslarni shakllantirish va tarqatish mexanizmini yaratishga imkon beradi. Korporativ tarmoqda jahon elektron resurslarini to‘plash bosqichlari keltirilgan (1-rasm).
|
| |