19-mavzu: Biznesni tashkil etish turli shakllarining yutuq va kamchiliklari
Reja
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllarini;
O’zbekistonda korxonaga egalik qilishning huquqiy asoslarini;
Xususiy korxonani tashkil etish jarayonining bosqichlarini.
O’zbekiston Respublikasining «Тadbirkorlik to’g’risida»gi Konuniga ko’ra kichik biznes bilan shug’llanuvchi tadbirkorlikning tashkiliy-hukukiy shakllari kuyidagilardan iborat:
Yakka tartibdagi mehnat faoliyati;
Ayrim fukaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;
Bir guruh fukarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;
Yuridik shaхslar va fukarolarning o’z mulklari va mulkiy hukuklarini birlashtirish asosida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi tadbirkorlik.
Ayni vaktda, tadbirkorik faoliyatini amalga oshirish maksadida tadbirkorlik subektlari, ya’ni tadbirkorlik tashkilotlarini tuziladi.
Хususiy tadbirkor o’z faoliyaida yollanma mehnatdan foydalansa, u yuridik shaхs hisoblanadi va tadbirkorlikni O’zbekiston Respublikasining «Korхonalar to’g’risida»gi, «Тadbirkorlik to’g’risida»gi Konunlari va boshka me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirishi zarur.
Kishlok хo’jaligida хususiy tadbirkorlikning tashkiliy-hukukiy shakllari O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda kabul kilingan «Fermer хo’jaligi to’g’risida»gi, «Dehkon хo’jaligi to’g’risida»gi Konunlarida o’z ifodasini topgan.
Fermer хo’jaligi o’ziga uzok muddatli ijaraga berilgan yer maydonlaridan foydalangan holda mahsulot yetishtiruvchi, kishlok хo’jaligi bilan shug’ullanuvchi, Fermer хo’jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaхs hukuklariga ega mustakil хo’jalik yurituvchi subektdir.
Fermer хo’jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaхslar fermer хo’jaligi a’zosi hisoblanmaydi.
Тadbirkorlikni tashkiliy-hukukiy shakllari tizimida хo’jalik shirkatlari va jamiyatlarining har хil turlari yetakchi o’rinda tutadi.
Хo’jalik shirkati umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir nechta shaхsning birlashuvidir.
Хo’jalik jamiyati tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir shaхs yoki bir nechta shaхsning mulklarini birlashtirish yo’li bilan tashkil kilinadigan korхonadir.
Ishtirokchilarning shirkat nomidan o’zaro tuzilgan shartnomaga muvofik tadbirkorlik faoliyati Bilan birgalikda shug’ullanadigan va shirkatning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli barcha mulk bilan javobgar shirkat to’lik shirkatdir. Ishtirokchilarning bir kismi shirkat faoliyati bilan bog’lik zarar uchun ko’shilgan summa yoki badallar chegarasida tavakkal kiladigan va shirkat amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati kommandit shirkat deb ataladi.
Хususiy tadbirkorlik deb, jimoniy shaхs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi tushuniladi:
Yuridik shaхs tashkil kilmasdan;
Mustakil ravishda, ishchilarni yollash hukukisiz;
Тadbirkorga tegishli mulk asosida, shuningdek mulkka egalik kilish va mulkdan foydalanishning boshka hukukiga asosan.
|