Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#92789
  1   2   3   4
Bog'liq
Yosh olimlar 0829
matem test, Mavzu Determinantlar nazariyasi elementlar determinantlarni his-fayllar.org, Pedagogika-fayllar.org, 1702453306 (4)


YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
98 
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA QISHLOQ 
XO‘JALIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI 
 Tillayeva Muhayyo Abdumutalibjon qizi 
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar 
instituti Agrobiznes va marketing kafedrasi assistenti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8053750
Annotatsiya Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi, shuningdek ularga turli 
yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarning xo‘jalik yuritish faoliyatlarini innovatsiyalar 
asosida tashkil etish strategik ahamiyat kasb etib, ushbu jarayonni uzluksiz takomillashtirish 
davr talabiga aylanib bormoqda. 
Kalit so‘zlar: innovatsiyalar bozori, iqtisodiy rivojlanish, innovatsion rivojlanish, strategiya
ilmiy-tadqiqot va tajriba-kashfiyotchilik ishlarini, innovatsion salohiyat.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyasi shundan guvohlik beradiki, kishilik 
jamiyatining barcha soha va jabhalarida, ayniqsa global iqlim o‘zgarishi ta’sirida 
sayyoramizning ko‘plab mintaqalarida tobora avj olayotgan qashshoqlik va ocharchilikka 
barham berishning asosiy omillaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi, 
shuningdek ularga turli yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarning xo‘jalik yuritish 
faoliyatlarini innovatsiyalar asosida tashkil etish strategik ahamiyat kasb etib, ushbu jarayonni 
uzluksiz takomillashtirish davr talabiga aylanib bormoqda. Iqtisodiyot globallashuvining 
yangicha sharoitida iqtisodiy rivojlanishning asosiy belgisi ishlab chiqarishning texnologik 
usuli va ularning butun jamiyat iqtisodiy salohiyati ta’siridagi o‘zgarishlar hisoblanadi. 
Ko‘pchilik zamonaviy tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda ro‘y berayotgan 
innovatsion o‘zgarishlar nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini o‘zgartiradi, balki 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimidagi markaziy bo‘g‘inini ham ifodalaydi. Darhaqiqat, 
mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853- sonli Farmoni bilan 
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga 
mo‘ljallangan Kontseptsiyasi”da mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, tarmoqda 
davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish, agrar sektorni qo‘llab-
quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish kabi 
bir qator vazifalar belgilab berildi. Innovatsion rivojlanish tizimining ahamiyatli jihati 
shundaki, u iqtisodiyot tarkiban deformatsiyalangan, innovatsiya jarayonlarini boshqarish 
izdan chiqqan, qishloq xo‘jaligi darajasida axborot vakumining mavjudligi sharoitlarida qisqa 
muddat ichida tarmoqni barqaror yuqori sur’atlarda o‘sishi uchun yangi imkoniyatlarni 
yaratadi. Bu tizimni shakllantirishda davlatning o‘rni beqiyosdir. Qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning ilmiy-texnik imkoniyatlari va ishlab chiqarishdagi 
ilg‘or tajribalari to‘g‘risida keng ma’lumotlarga ega bo‘lish ularni xo‘jalik yuritishning 
innovatsion usullariga o‘rgatish, innovatsiya qoidalarini o‘zlashtirish, maslahat yordamlari 
berish orqali ASMning innovatsiya faolligini ko‘tarishni ta’minlash uchun sharoitlar yaratadi. 
Biroq, tan olish lozimki, agrar tarmoq o‘zining tabiiy-iqlim omillariga ta’sirchanligi va bog‘liqligi 
sababli innovatsiyalarni yaratish va tatbiq etishda boshqa sohalarga nisbatan bir qator 
murakkabliklarga ega va shuning uchun ham uni innovatsion modernizatsiyalash asosida 
rivojlantirish o‘ziga xos va mos innovatsion yo‘nalishlarda chuqur ilmiy-tadqiqot va tajriba-
kashfiyotchilik ishlarini (ITTKI) muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi.



Download 0.52 Mb.
  1   2   3   4




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish