1. Inkulyuziv taʼlim siyosatining jahon miqyosida huquqiy meʼmoriy asoslari




Download 0,81 Mb.
Sana02.06.2024
Hajmi0,81 Mb.
#259359
Bog'liq
A.Shaydo Inkulyuziv talim





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
ANIQ VA AMALIY FANLAR FAKULTETI
FIZIKA-MATEMATIKA VA TEXNOLOGIK TA’LIM KAFEDRASI

Texnologik ta’lim yo‘nalishi


221-guruh talabasi
Abdullayeva Shaydoxonning
Gospital taʼlim fanidan Mustaqil ishi

Mavzu: Inkulyuziv taʼlimning huquqiy asoslarini xalqaro hujjatlarida tahlil qilish


Reja:
1.Inkulyuziv taʼlim siyosatining jahon miqyosida huquqiy meʼmoriy asoslari.


2.Inkulyuziv taʼlim siyosatining nazariy va amaliy jihatdan qôllab quvvatlash bosqichlari.
3.Xorijiy va qôshni mamlakatlarda Inkulyuziv taʼlimni joriy qilish holati.

Talim to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan o‘rganilmoqda. U inklyuziv ta’lim tamoyillariga to‘g‘ri keladimi?“Ta'lim to‘g‘risida"gi yangi qonun va inklyuziya: qanday bo‘lishi kerak?19 may kuni Oliy Majlis ilk bor inklyuziv (uyg‘unlashgan) ta’lim tushunchasi kiritilgan yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida” gi qonunni qabul qildi. O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv ta’lim tamoyillariga muvofiqligi bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.Hozirda qonun loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 2 iyun kuni Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi mazkur qonunni takomillashtirish bo‘yicha nogironligi bor insonlarning 26ta jamoat tashkilotini birlashtirib turgan O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasiga so‘rov yubordi.Hujjat tahlili shuni ko‘rsatdiki, inklyuziv ta’lim nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan har qanday tarzdagi kamsitishni istisno qiluvchi ta’lim shakli sifatida kiritilganligiga qaramay, qonun loyihasi inkliyuziya tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi.Inklyuziv ta’lim nimani anglatadi?


O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi, Oliy Majlis senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ekspertlar kengashi a’zosi Oybek Isoqov qonun loyihasida inklyuziv ta’limga ta’rif berishdan boshlash kerakligini ta’kidladi. U quyidagi ta’rifni qonunga kiritishni taklif qiladi.Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir”.Biroq, qonunning 20-moddasi “Inklyuziv ta’lim” bu ta’rifni o‘z ichiga olmaydi. Unda faqatgina “inklyuziv ta’lim barcha bolalarga, shu jumladan ta’lim olish chog‘ida o‘ziga nisbatan har qanday tarzdagi kamsitishni istisno etuvchi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga nisbatan teng huquqli munosabatda bo‘lish” haqida so‘z boradi.Mazkur modda nogironligi bo‘lgan bolalarning barcha, ya’ni aqliy va sensor (eshitish va ko‘rish) nuqsonlari bo‘lgan bolalar toifalarini qamrab olmagan. Moddada ishlatilgan tushuncha “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunda keltirilgan “nogiron bolalar” tushunchasiga mos kelishi lozim.20-modda inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklaydi va quyidagi shartni qo‘yadi: “Ta'lim tashkilotlarida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim, buning uchun ushbu tashkilotlarda zarur sharoitlar yaratilgan taqdirda, tashkil etiladi.”Boshqacha aytganda, agar ta’lim muassasasida inklyuziv sharoitlar yaratilgan taqdirda, nogironligi bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’lim huquqidan foydalanishga da’vo qilishlari mumkin. Modda ta’lim muassasasiga nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maqbul sharoitlarni yaratib berish majburiyatini yuklamaydi.Bundan tashqari, 20-modda inklyuziv sharoitda ta’limni individual tartibda uyda yoki statsionar sharoitda tashkil etish tartibini belgilash uchun barcha vakolatlarni “ta'lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari"ga berib, inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklaydi.9-moddada “Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi” deyilgan. Ushbu moddada keltirilishiga ko‘ra, inklyuziv ta’lim ustuvor emas, balki hozirgi kunda mavjud ta’lim shakllaridan birigina xolos.O‘zbekistondagi inklyuziv ta’lim tadqiqotchisi, yangi Zelandiyadagi Vaykato universiteti doktoranti Galina Namning ta’kidlashicha, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktab-internatlarda yoki uyda emas, balki umumiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish ustuvor bo‘lishi kerak.
Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunning yangi loyihasi shunday ishlab chiqilganki, qonun chiqaruvchilar va unga amal qiluvchilar amaldagi mavjud tizim ustunlariga tayanishmoqchi. Boshqa so‘z bilan aytganda, „mutaxassislar“ o‘z tavsiyalari bilan nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olishning qay bir shaklida o‘qishlari qaroriga ta’sir o‘tkazadilar. Ammo O‘zbekistonning ijtimoiy va madaniy yo‘nalishdagi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, institutsional vakolatga ega bo‘lgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari institutsional kuchga ega bo‘lib, maslahat emas, imperativ xususiyat kasb qiladi. Bundan kelib chiqadiki, nogiron bolaning qayerda o‘qishi borasida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari ota-onalarda hech qanday shubha qoldirmaydi. Shunday qilib, qonun va uning moddalarini O‘zbekistonda nogironlik diskursinining ijtimoiy va madaniy holatidan kelib chiqib o‘qish lozim”,
Ta'lim to‘g‘risida"gi qonun loyihasining hozirgi shaklidagi kabi cheklov hech qayerda mavjud emas. Agar biror yordamga ehtiyoj tug‘ilsa, demak o‘quvchining tanloviga ko‘ra har qanday ta’lim muassasasi bu yordamni ko‘rsatishi kerak. Agar umumiy ta’lim muassasasida maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lsa, maktab psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga ko‘ra zarur shart-sharoitlarni maktab (rahbariyati) xohishidan qat’i nazar yaratib berishi shart”, — deb tushuntiradi.
Nogironligi va rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning umumta’lim maktablarida tahsil olish huquqi qonun bilan belgilanishi lozim. Agar bola yoki uning ota-onasi bu huquqdan foydalanish istagini bildirsa, maktab zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.Qonun loyihasida inklyuziv ta’lim “teng huquqli munosobatlarga qaratilgan"ligi ko‘rsatilgan — bu mutlaqo noto‘g‘ri ta’rif, chunki inklyuziya teng huquq emas, balki teng imkoniyat to‘g‘risida so‘z yuritadi. Inklyuziya huquq to‘g‘risida emas, imkoniyatlar to‘g‘risidagi tushunchalarga asoslangan. Bu yerda katta farq mavjud. Haq-huquq hammadaku bir xil, biroq imkoniyatlarimiz bir xil emas. Inklyuziya hamma uchun teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilishiga qaratilgan”, 2009 yil O‘zbekiston imzolagan va bugungi kungacha ratifikatsiya qilmagan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining 24-moddasi nogironligi bor insonlarning ta’lim olish huquqini tan oladi va ushbu huquqni kamsitishsiz hamda teng imkoniyatlar asosida hayotga tatbiq qilish uchun ishtirokchi davlatlarga barcha darajadagi inklyuziv ta’lim va hayoti davomida uzluksiz o‘qishni ta’minlash majburiyatini yuklatadi.Har bir bolaning inklyuziv ta’lim huquqini ta’minlash maqsadida (barcha darajadagi) tegishli davlat hokimiyati organlari umumta’lim o‘quv muassasalarida nogironligi bor va rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni ham nazarda tutgan holda barcha o‘quvchilarga zarur sharoitlarni yaratishi lozim.“O‘quvchilar shaxsiy tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yuqori malakali pedagok kadrlarning, ularning psixologik-pedagogik hamrohlikni amalga oshiruvchi zaxiradagi pedagog (tyutor) va boshqa mutaxassislarning borligini qamrab olishi zarur. Sharoitlar deganda bino va inshootlarning, o‘quv materiallarining va texnik vositalarning jismoniy maqbulligi, o‘quvchilar rivojlanishining individual rejasiga asosan o‘quv dasturlarining adaptatsiyasi, shuningdek muassasaning tarbiyaviy tizimining barcha o‘quvchilarni qabul qilishni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilganligi ko‘zda tutiladi”, — deya tushuntiradi.“Odatda nogironligi bor o‘quvchilarning uyda ta’lim olishi uchun „kamchilikka yo‘l qo‘ygan o‘qituvchi“ jalb qilinadi. Agar direktor biror o‘qituvchini yoqtirmasa, uni nogironligi bo‘lgan bolaga uyda ta’lim berishga jo‘natadi. So‘nggi bor shunday holat yuz berganida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi geometriya, geografiya, tarix va boshqa fanlarni o‘tganini kuzatgan edik. Ko‘pgina bolalar jismoniy nogironlik yoki tayanch harakati a’zolari shikastlangan bolalar umumta’lim maktablarida bemalol tahsil olishlari mumkin — ularning jismoniy holatlari aqliy salohiyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Maktab binosi bu kabi holatlar uchun moslashtirilmagan bo‘lsa ham, darslarni birinchi qavatda tashkillashtirib, kirar joyini pandus bilan jihozlash mumkin. Bu holatda asosiy to‘siq jismoniy yoki moddiy omillar emas, balki insoniy munosobatining ko‘rinishidir, ko‘pincha maktab rahbarlari, o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lmagan bolalarning ota-onalari ularning farzandlari maktabda nogironligi bo‘lgan bolalar bilan birgalikda o‘qishlarini istashmaydi.
Download 0,81 Mb.




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Inkulyuziv taʼlim siyosatining jahon miqyosida huquqiy meʼmoriy asoslari

Download 0,81 Mb.