|
1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari
|
bet | 50/111 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #250627 |
Bog'liq 1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari-fayllar.org25-mavzu: Xususiy ishni yo'lga qo'yish bosqichlari
Reja:
1. O‘z ishini tuzish bosqichlari
2. O‘z biznesini yaratish bo‘yicha amaliy qadamlar
3. Rasmiylashtirishdan keyin amalga oshirilishi kerak bo‘lgan majburiy qadamlar
1. O‘z ishini tuzish bosqichlari
Birinchi bosqich:
Siz va sizning biznes g‘oyangiz. Bu bosqichda siz, bo‘lajak tadbirkor sifatida, o‘z imkoniyatingizni baholaysiz, biznes g‘oyangizni tanlaysiz, biznesni hayotingizning har bir qirrasiga ta’sirini ko‘rib chiqasiz. Bo‘lajak mijozlarning soni, to‘lov qobiliyati, odat va qiziqishlari haqidagi kerakli ma’lumotni to‘plash va uni sinchkovlik bilan o‘rganish Savdo-sanoat palatasi va uning o‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan, bo‘lajak tadbirkorlar uchun qisqa muddatli kurslarga qatnashish, maslahatchilar bilan uchrashish.
Ikkinchi bosqich:
Siz tanlagan g‘oyaning hayotiyligini tekshirib ko‘ring, bozordagi holatni o‘rganing, o‘z biznesingizni joylashtirmoqchi bo‘lgan joyni tanlang, sotish hajmi bo‘yicha bashorat qiling, o‘z tovar xizmatlaringizni taklif qilmoqchi bo‘lgan baho haqida o‘ylang. Sizning bo‘lajak mijozlaringiz ular uchun qancha to‘lamoqchi ekanligini aniqlang. Biznesingiz uchun mos keladigan nomni o‘ylab toping.
Uchinchi bosqich:
Sizning biznesingizni ochish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ miqdorini aniqlang. Biznes uchun kerakli mablag‘ va investitsiyaning umumiy hisobini bajaring. Bu haqda biz biznesni rejalash bo‘limida fikr yuritamiz. Biroq ro‘yxatdan o‘tkazish (rasmiylashtirish), litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun kerakli mablag‘ miqdorini avvaldan hisoblash mumkin. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan moliyalash manbaalari haqida ma’lumot to‘plang.
To‘rtinchi bosqich.
Huquqiy masalalarni echish. Biznesni ochish va uni yuritishning huquqiy tomonlari maxsus bilimlarni talab etadi, shuning uchun mos keladigan maslahatchilarni topish maqsadga muvofiq. Zaruriy huquqiy yordam va maslahatlar, biznesni tashkil etish bo‘yicha, savdo sanoat palatasining mahalliy bo‘limlari, konsalting agentliklaridan olinishi mumkin. Mazkur bosqichda sizning biznesingizga mos keladigan huquqiy (tashkiliy-huquqiy) shaklni tanlashingiz zarur. Rejalashtirilgan faoliyatingizni amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsatnomalarni olish zaruriyati, sug‘urta, huquqiy mas’uliyat masalalarini ham aniqlash maqsadga muvofiq.
Beshinchi bosqich.
Biznesni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Bu bosqichda firmangiz nomini aniqlashingiz va statistika organlaridan o‘xshash firma nomi yo‘qligi haqidagi ma’lumotni olish kerak. Bo‘lajak biznesingizning hamkor ta’sischilari bilan aniqlik kiritib olish, biznesni ochish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zaruriy hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlash kerak. Bu haqda batafsil xususiy biznesni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limida fikr yuritamiz.
Oltinchi bosqich.
Bank tanlash va bank hisobini ochish. Davlat ro‘yxatidan o‘tgach, sizga berilgan hujjatlar va tasdiqlangan muxr va shtamp namunalari asosida o‘zingizga muhr va shtamp tayyorlatib olishingiz kerak. Ularni qaerda tayyorlatish bo‘yicha ma’lumotni, siz davlat qaydi haqida hujjatlarni bergan, tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasidan, olishingiz mumkin. Muhr tayyorlangach, bank tanlanadi va unda o‘rnatilgan tartibda barcha moliyaviy operatsiyalarni bajarish uchun hisob raqami ochiladi. Tadbirkorlik sub’ektlariga keng mikyosda moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun maxsus “Mikrokreditbank” ochilgan va faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu bank tomonidan tavsiya etilayotgan shartlar boshqa banklarga qaraganda, ko‘p hollarda, qulay hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda bank tanlash o‘tkazilgan tahlil, tadbirkorlar bilan suhbat asosida amalga oshiriladi. Bular sizga u yoki bu bankda mavjud bo‘lgan qulaylik va cheklanishlar haqida tushuncha bera oladi. Sanab o‘tilgan barcha bosqichlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, bunga to‘la huquqqa ega bo‘lgan holda, tadbirkor sifatida o‘z faoliyatingizni boshlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
2. O‘z biznesini yaratish bo‘yicha amaliy qadamlar
1-qadam: Korxonani ta’sis etish uchun Ta’sischilar kengashini o‘tkazish
Agar siz o‘z korxonangizni ochishga qaror qilgan bo‘lsangiz, sizdan quyidagi tartibda ish olib borasiz. Bo‘lajak ta’sischilar quyidagilarni aniqlashlari kerak:
• Firmaning nomi;
• Kimlar firmaning kompanonlari (ta’sischilari) bo‘ladi, jismoniy yoki xukukiy shaxs?
• Korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini;
• Nizom fondi va hamkorlar ulushining o‘lchami;
• Faoliyatning asosiy turi;
• Faoliyatning boshqa turlari;
• Korxonaning rahbarlik organlari;
• Korxonani boshqarishga vakolatli shaxslar;
• Korxonaning joylashishi;
• Korxonaning ko‘zda tutilgan faoliyat muddati;
• Korxonaning yopish usuli.
Kengash bayonnomasining notarius tomondan tasdiqlangan bir necha nusxasini har bir ta’sischi hamda rasmiylashtirish organlariga taqdim etish uchun tayyorlang.
2-qadam: Ta’sis hujjatlarini tayyorlash
Huquqiy shaxslar vakolatini shaxslarning imzolarini muhr bilan tasdiqlaydi, jismoniy shaxslarning imzolari notarius orqali amalga oshiriladi. Kompanonlar-jismoniy shaxslar barcha nusxalarni, notarius ishtirokida pasportlarni ko‘rsatgan holda, imzolaydilar. O‘zingizga nizomdan besh-olti nusxa tayyorlating va notarius tomonidan tasdiqlating. Xuddi shuningdek, Ta’sischilar kengashining firma ta’sis etilganligi haqidagi bayonnomasidan ham tasdiqlangan nusxalar oling. Bu hujjatlar davlat va boshqa tashkilotlar bilan bo‘lgan munosabatlaringizda qo‘l kelishi mumkin. Har bir hamkor tasdiqlangan ta’sis hujjatlaridan bir nusxadan olsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
IZOH: SHu daqiqadan boshlab, barcha keyingi harakatlar faqat bir kompanon yoki uchinchi shaxs tomonidan ishonch qog‘ozi asosida amalga oshiriladi
3-qadam: Bankda vaqtinchalik (to‘plash) hisob raqamini ochish va bankka rasmiylashtirishda (MCHJ, QMJ uchun ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan Nizom fondining 30 foizidan kam bo‘lmagan o‘lchamdagi) Nizom fondining bir qismi qo‘yiladi
4-qadam: Aksiyaga obunani tashkil etish, ta’sis yig‘ilishini (hissadorlik jamiyati uchun chaqirish)
5-qadam: Korxonaning firma nomini berilishi va identifikatsiyalash
Ma’lumot uchun: Korxonaning firma nomi berilganligi haqidagi guvohnoma olingach, ko‘pi bilan 2 oy muddatida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun tayyorlashni tugallash va uni rasmiylashtirish organiga topshirish kerak,aks holda guvohnoma o‘z kuchini yo‘qotadi.
6-qadam: Korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tishi uchun bo‘lgan to‘lovni to‘lash
7-qadam: Rasmiylashtirish organlariga hujjatlarni taqdim etish
8-qadam: Muhrni tayyorlash IIVning mos organlari tomonidan amalga oshiriladi
3.Rasmiylashtirishdan keyin amalga oshirilishi kerak bo‘lgan majburiy qadamlar
O‘zbekistonda amaldagi bank to‘lovlarini amalga oshirish qonunlariga muvofiq siz so‘m va valyutadagi (xorijiy hamkorlar bilan hisob-kitob qilishda) talab etilgan depozit bank hisoblariga ega bo‘lishingiz mumkin. Bu holda shuni nazarda tutingki, respublikaning turli banklarida so‘m va valyutada bir necha depozit bank hisoblariga ega bo‘lishingiz mumkin.
Bundan tashqari, zaruriyat tug‘ilsa, korxona rasmiylashtirilgunga qadar, vaqtinchalik talab etilishi bo‘yicha 3 oyga qadar muddatda, ta’sischilarning dastlabki to‘lovlarini to‘plash uchun, hisob raqami ochishingiz mumkin (rasmiylashtirishdan keyin umumiy asoslardagi asosiy hisob raqami ochiladi).
Vaqtinchalik hisob raqamini ochish uchun bankka ariza (maxsus shakldagi, bank tomonidan beriladi) hamda ta’sis shartnomasining notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etilishi kerak.
9-qadam: Bankda hisob raqamini ochish
10-qadam: Ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun kerakli litsenziya (ruxsatnoma) olish
11-qadam: • Moliyaviy – buxgalteriya hujjatlarini olish va buxgalteriya hisobi kitoblarini ochish
• Aksiya va obligatsiya chikarish va sotish
|
| |