Xayot faoliyati xafsizligi va ekologiya




Download 0,56 Mb.
bet1/2
Sana26.09.2024
Hajmi0,56 Mb.
#272612
  1   2
Bog'liq
xfx


XAYOT FAOLIYATI XAFSIZLIGI VA EKOLOGIYA
3.1. Hayot faoliyati xafsizligi fanining mohiyati va maqsadi
3.2. Yashinning inshootlarga urulishi, qadam va ishlash kuchlanishlari
Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo'lib, ma'lum ehtimollikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir.Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta'minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Ma'lumki baxtsiz hodisalar, yong'inlar, avariyalar va talofatlardan katta miqdorda zarar ko'riladi.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatimizni barqarorlashtirishda bu fan muhim ijtimoiy rol o'ynaydi va xalq xo'jaligi faoliyatining xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo'shadi .Faoliyat jarayonining modeli ikki elementdan: inson va muhitdan tashkil topgan deyish mumkin, chunki faol faoliyat bilan faqat insonlar shug'ullanadi va ular o'zlarini o'rab turgan atrof muhit bilan yaqinmunosabatda bo'ladilar. Shuningdek, «Inson - muhit» tizimini ham ikki maqsadli deb qarash mumkin:
«birinchi maqsadi - inson o'zining mehnat faoliyati jarayonida muayyan yutuqlarga, samaradorlikka erishishga harakat qilsa,
ikkinchi maqsadi- mehnati jarayonida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz oqibatlarni bartaraf qilishdan iborat bo'ladi.
Hozirgi davrda ishlab chiqarish xavflaridan, tabiiy ofatlardan, falokat va halokatlardan insonlarning hayot faoliyatini saqlash eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli falokatlar, halokatlar va ofatlardan insonlar hayot faoliyatini saqlash «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining maqsadlaridan biridir.Aynan mana shu muammolar yechimini «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani o'rganadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani - ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, uning asosiy maqsadi, inson hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, oqibatlarini va ularni yo'qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan himoyalanishga tayyorlash hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatish qoidalarini o'rgatishdan iborat.«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining markaziy e'tiborida "inson-tabiat-jamiyat" rivojlanishining maqsadlari yotadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy vazifalari :
1. Xavflarning identifikatsiyasini o'rganish. Bunda inson faoliyati jarayonida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va ko'ngilsiz oqibatlarini o'rganish.
2. Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko'rsatish sohalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o'rganish.
3. Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan uslubiyatlarni ishlab chiqish.
4. Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o'rgatish.
5. Mehnat jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish chora- tadbirlarini o'rganish.
6. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o'choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklash ishlarini o'tkazish.
7. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatishni o'rgatish.
«Hayot faoliyati xavfsizligi » fani tuzilish jihatdan 4 ta bo'limdan tashkil topgan. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari bo'limida fanning asosiy tushunchalari, ularning mazmuni, xavfsizlikni ta'minlash usul va vositlari, inson faoliyatining turlari, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi, ularga qo'yiladigan talablar hamda mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari mavzulari muhokama etilgan.
Fuqaro muhofazasi bo'limida: Favqulodda vaziyatlar, ularning sababchi omillari, xususiyatlari va oqibatlari, favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni, moddiy boyliklarini, ob'ektlarni himoya qilish usullari va himoyalovchi vositalardan foydalana bilish qoidalariga o'rgatish, shikastlangan o'choqlarda qutqaruv va birinchi tiklov ishlarini o'tkazish va boshqa muhim vazifalar muhokama etilgan. Bu bo'limda keltirilgan ma'lumotlar O'zbekiston
Respublikasining fuqaro muhofazasiga oid qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va favqulodda vaziyatlar vazirligining yo'riqnomalari asos qilib olingan.
Xavf-xatar tushunchasi va ularning turlari.
Xavf-xatar - odamlar hayoti va sog'lig'iga, hayot faoliyatiga taxdid, moddiy va atrof-muxitga etkazilishi mumkin bo'lgan zarar. Xavf-xatar favqulodda vaziyat manbai hisoblanib, muayyan sharoitda favqulodda vaziyatni keltirib chiqaradi.Har qanaqa xavf o'zida inson hayot faoliyatini izdan chiqaruvchi energiyaga ega bo'lib, kimyoviy yoki biologik faol komponentlarni o'zida saqlaydi. Masalan: parfyumeriya sanoatida qo'llaniladigan erituvchilar: efir, spirt, xloroform va boshqalarning surunkali ta'sir etishi insonlarda allergik kasalliklar yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
Faoliyat xavfsizligini ta'minlash vositalari
Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta'sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun himoya vositalari qo'llaniladi.
Ishlovchilarning himoya vositalari inson organizmiga eng ma'qul sharoitlarni yaratish va quyidagilarni ta'minlashi lozim:
- ish zonasidan xavfli va zararli moddalar miqdorini kamaytirish, ularning ta'sirini uzoqlashtirish yoki haydash; zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar normagacha kamaytirish; ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida xamroh bo'lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish; texnologik jarayon buzilganda paydo bo'ladigan salbiy omillardan himoya qilish.Himoya vositalarini tanlash har bir alohida holatlarda mehnat xavfsizligi talablariga asosan amalga oshiriladi.Xavfsizlikni ta'minlash prinsiplari va usullarini gavdalantirishda har xil himoya vositalari qo'llaniladi.Himoya vositalarining qo'llanilish xarakteri bo'yicha kollektiv himoya vositalari (KHV) va shaxsiy himoya vositalariga (SHHV) bo'linadi. Har biri vazifasiga ko'ra sinflarga bo'linadi.KHV zararli va xavfli omillarga bog'liq holda shovqindan, titrashdan, elektrostatik zaryadlardan himoyalash vositalariga sinflanadi.ShHV asosan himoyalanadigan inson a'zosi yoki a'zolar guruhiga qarab: nafas a'zolarini, qo'l, bosh, bet (yuzni), ko'zni va eshitish a'zolarini himoya qilish vositalariga bo'linadi.KHV texnik tayyorlanishiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi: to'siqlar, blokirovkalar, tormozlar, saqlovchi moslamalar, yorug'lik va ovoz signallari, xavfsizlik asboblari, signal ranglari, xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat qurilmalari, masofadan boshqarish vositalari, elektr jihozlarini erga ulash va nollash qurilmalari, shamollatish (ventilyasiya), yoritish, isitish, sovutish (konditsionerlash), izolyasiyalash, germetizatsiyalash vositalari kiradi.
Shaxsiy himoya vositalariga gidroizolyasiya kostyumlari, skafandrlar, protivogazlar, respiratorlar, pnevmoshlemlar, pnevmomaskalar, har xil turdagi maxsus kiyim va poyafzallar, tutgichlar, qo'lqoplar, kaskalar, shlemlar, shapkalar, shlyapalar, shovqinga qarshi shlemlar, quloqqa qo'ygichlar (vkladishlar), himoya ko'zoynaklari, saqlaguvchi belbog'lar, himoyalovchi dermatologik (kremlar) vositalar va boshqalar kiradi.
Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o'rganishda ijtimoiy, texnik, gumanitar fanlar qatorida ergonomika fanining ham ahamiyati katta.Ergonomika atamasi grekcha ergon - ish, nomos-qonun degan ma'noni anglatadi va bu so'z 1949 yida Angliyada yuritila boshlanib, keyinchalik keng tarqalishiga olib keldi.
Ergonomika - bu mehnat qurolining va mehnat sharoitining inson talablariga moslashuvi haqidagi fandir. Bu fanning maqsadi inson mehnat qilish jarayonida qulay, xavfsiz sharoitlarni yaratish, mehnat unumdorligini oshirishga bulgan imkoniyatlarni o'rganishdan iborat. Bu vazifani bajarishda inson va muhit tavsifnomalari aniq yoki ma'lum darajada mos tushishi o'rganiladi va xavfsizlik bilan bog'liq muhim vazifalar yechiladi.
Qadimdan inson o'z mehnat qurollariga va mehnat sharoitiga moslasha borgan va bu stixiyali ravishda bo'lgan. Ayni vaqtda insonlardan ham aniqlik, ham tez reaksiya, ham bexato harakat qilish talab etiladi. Bu harakatlar katta asabiy va psixik zo'riqish bilan bog'liqdir.
Ergonomika doirasida besh xil moslik - ma'lumot-axborot, biofizik, energetik, fazoviy-antropometrik va texnik-estetik moslanish mavjud bo'lib, ularni ta'minlash va amalga oshirish ishni, qo'yilgan vazifani muvaffaqiyatli yakunlanishini kafolatlaydi.Bajarilayotgan turli jarayonlar va unga bog'liq bo'lgan uskuna, qurilmalar doirasida axborotni etkazuvchi -ko'rsatuvchi moslama - mashina modeli bo'lsa, operator murakkab tizimda bo'lsa ham boshqarish ishlarini amalga oshiradi. Bu vazifani bajarish uchun ergonomika nuqtai-nazaridan shunday axborot modeli yaratilishi kerakki, bu model o'z vaqtida mashinaga taalluqli ta'rifni berishi, natijada operator toliqmasdan, fikrlab va e'tibor bilan axborotni xatosiz qabul qilib qayta ishlashi lozim.Murakkab hisoblangan vazifani yechish operatorning xavfsizligiga, aniq-sifatli ishlashiga, mehnat unumdorligiga, shuningdek insonning psixofiziologik imkoniyatlarini axborot modeliga mos bo'lishiga bog'liqdir.Biofizik moslik operatorning ish qobiliyatini, normadagi fiziologik holatini ta'minlaydigan atrof-muhitning yaratilishini ifodalaydi. Bu vazifa mehnat muhofazasi talablari bilan bog'langan. Atrof-muhitning ko'pgina omillari, chegara miqdorlari qonuniyat bilan belgilangan va ular operatorning ish vazifasi bilan doimiy bog'lanmagan bo'lishi mumkin. Shuning uchun mashinalarning yaratilishida shovqin, tebranish, havo muhiti kabi barcha birliklarning maxsus tekshirilishi talab qilinadi.
Insonning kuchi va energetik qobiliyati ma'lum chegaraga ega. Shuning uchun ish jarayonida boshqarish tizimida charchash maqsadga muvofiq bo'lmagan oqibatga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ish tizimidagi aniqlik pasayadi. Bunday cheklanish yoki atrof-muhitga bog'liq bo'lgan vaziyat, omillar e'tiborga olinishi kerak.Energetik moslik operatorning optimal imkoniyatlari asosida talab qilinadigan kuch, sarflanadigan quvvat, harakatning aniqligi va tezligi bilan mashinani boshqarilishidagi kelishuvni ifodalaydi.Fazoviy-antropometrik moslik inson tanasi o'lchami, tashqi fazoning ta'sirli imkoniyatlari, ish jarayonida operatorning vaziyati, gavdaning turishi hisobga olinishini ifodalaydi. Vazifaning to'g'ri hal qilinishida ish joyi hajmi, operator harakatlanadigan masofa, balandlik, boshqaruv pultigacha bo'lgan oraliq va boshqa ko'rsatkichlar aniqlanadi.Moslikni ta'minlashda insonlarda antropometrik ko'rsatkichlarning har xil bo'lishi murakkab holatga olib keladi va bu vazifani echishda ergonomika yordam beradi.
Texnikaviy-estetik moslik insonni mehnat jarayonida, mashina bilan bo'ladigan muloqotida qoniqarli sharoit bilan ta'minlashni anglatadi.

Download 0,56 Mb.
  1   2




Download 0,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xayot faoliyati xafsizligi va ekologiya

Download 0,56 Mb.