• Eksportni moliyalashtirish va eksport o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liklikni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar
  • (Yeoh va Jeong 1995)
  • 1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari




    Download 0,62 Mb.
    bet68/111
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #250627
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111
    Bog'liq
    1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari-fayllar.org

    37-mavzu: Tovar va xizmatlarni bozorga taqdim etish bo'yicha harajatlarni rejalashtirish
    Reja:
      1. Eksportni moliyalashtirish: eksport oldi kreditlari va eksport jarayonlarini sug‘urtalash

    Har bir davlatning eksport salohiyatini oshirishda eksport tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, O‘zbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sug‘urtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan hisoblanadi.


    Jahon savdo tashkilotining (JST) so‘roviga ko‘ra, eksport moliyalashtirishning yetishmasligi savdoni rivojlantirishdagi eng katta to‘siqlardan biri sifatida qayd etildi. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes vakillari moliyaviy mablag‘larni olishda ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishlari o‘z isbotini topdi. Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha rad etilgan arizalarning 75 foizi mazkur korxonalarga tegishlidir.
    Shu bois, har bir mamlakat o‘zining tashqi savdo siyosati bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqishda eksportni moliyalashtirish, shu jumladan, eksport oldi kreditlari berish, eksport jarayonlarini sug‘urtalash hamda ushbu maqsadlarda davlat tomonidan eksport kredit agentliklarini tashkil etish va eksportni sug‘urtalash mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratadi.
    Darhaqiqat, eksport qiluvchi firmalar eksport faoliyatlarini moliyalashtirish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari, shuningdek, eksport qilish jarayonlarida sug‘urtalash xizmatlariga murojaat qilish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi ularning eksport bozoriga kirish bo‘yicha qarorlariga hamda eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlar miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi (Berman va Héricort 2010).
    Savdoni moliyalashtirish mexanizmlari yaxshi ishlaydigan davlatlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar tobora kengayib borayotgan global qiymat zanjiriga (Global Value Chain (GVC)) qo‘shilish imkoniga ega bo‘ladi hamda bandlik va mehnat unumdorligini oshirishga hissa qo‘shadi
    Aksincha, eksportni oldindan moliyalashtirish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish imkoniyatlarining mavjud emasligi sababli eksportyorlar ishlab chiqarish uchun eng yuqori mavsumda yoki kutilmaganda buyurtma kelib tushganda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yetarli pul oqimi yo‘qligidan xavotirlanadi.
    Savdo kreditlari olishdagi qiyinchiliklar tufayli narx va sifat jihatidan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib eksport qila oladigan kichik firmalar faqat ichki bozorda savdo qilishga majbur bo‘ladi va raqobatdosh importga nisbatan “himoyasiz” bo‘lib qoladi
    Odatda eksport qiluvchilarning eksport faoliyatlarini moliyalashtirishda qiyinchiliklarga uchrashi moliya va kapital bozorining yetarlicha rivojlanmaganligi, ushbu bozorlarda raqobatning nomukammalligi va ma’lumotlarning teng taqsimlanmaganligi bois bozor muvaffaqiyatsizligi (market failure) bilan izohlanadi. Bunday bozor muvaffaqiyatsizliklari davlat tomonidan moliya va kapital bozoriga oqilonalik bilan aralashuvga asos bo‘ladi.
    Shuning uchun eksportga asoslangan iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan borgan mamlakatlar eksport qiluvchi korxona va tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida eksport kredit va sug‘urta agentliklarini tashkil etishgan. Ushbu mamlakatlarda davlat aralashuvi ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirib, ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirgan hamda iqtisodiyotning optimal ishlab chiqarish darajasigacha ko‘tarilishiga xizmat qilgan.
    Ushbu maqolada eksportni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashda savdoni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari va sug‘urta xizmatlarining roli borasida so‘z yuritiladi. Shu bilan birga, bozor muvaffaqiyatsizligi sababli eksport faoliyatini kreditlashdagi qiyinchiliklarni davlat tomonidan eksport kredit agentliklarining tashkil etilishi orqali bartaraf etish bo‘yicha Rossiya tajribasi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, hozirgi kunda O‘zbekistonda eksportni moliyalashtirish amaliyoti hamda yangi tashkil etilayotgan Eksport-kredit agentligi va Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining ishlash mexanizmlari tushuntiriladi.

    Eksportni moliyalashtirish va eksport o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liklikni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar

    Eksportni qo‘llab-quvvatlash dasturlarining eksport faoliyatiga ta’sirini o‘rganish, xususan, eksport qiluvchilarning eksportni moliyalashtirish imkoniyatlari va ularning jahon bozoriga chiqishi o‘rtasidagi aloqadorlikni baholash bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan.


    O‘tkazilgan ba’zi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ko‘plab firma va korxonalar, ayniqsa, kichik firmalar katta eksport salohiyatiga ega bo‘lsada, ammo ularning ba’zilarigina amalda eksport qilishni o‘z zimmalariga olganlar (Yeoh va Jeong 1995). Bu esa bir qator omillar bilan birga firmalarning eksport mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur mablag‘larni topishda qiyinchiliklarga duch kelishi bilan izohlanadi.


    Download 0,62 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari

    Download 0,62 Mb.