|
Korxona xarajatlarini bilish
|
bet | 70/111 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #250627 |
Bog'liq 1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari-fayllar.orgKorxona xarajatlarini bilish
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog'liq xarajatlariga yoki davr xarajatlariga aytiladi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo'ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan ustama xarajatlar.
Bevosita xarajatlar — bu korxonaning faqat mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish yoki qayta sotish uchun tovarlar xarid qilish jarayonida paydo bo'ladigan xarajatlaridir. Bu xarajatlar ko'rsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan yoki qayta sotiladigan mahsulotlar hajmiga bevosita bog'liqdir.
Bevosita xarajatlar ikki kichik guruhga bo'linadi:
Bevosita moddiy xarajatlar. Mahsulot ishlab chiqarishga keta-digan, xizmatlar ko'rsatishda ishlatiladigan, qayta sotish uchun sotib olinadigan barcha xarajatlar bevosita moddiy xarajatlarga kiradi.
Bevosita mehnatga haq to'lash xarajatlari. Mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish jarayonida ishtirok etuvchi barcha xodimlar va yordamchilar mehnatiga haq to'lash. Bunga ijtimoiy ta'minot xarajatlari ham kiradi.
Bilvosita xarajatlar — bu korxonaning amaliy faoliyati jarayonida paydo bo'luvchi bevosita xarajatlarga kirmaydigan barcha qolgan xarajatlardir. Ularni bevosita biron mahsulot yoki xizmatga taalluqli, deb bo'lmaydi, masalan, idora binolari ijarasi, buxgalterga ish haqi, bank kreditidan foydalanganlik uchun foizlar to'lash, telefon haqlarini to'lash, yong'indan sug'urtalash va avtomobilni sug'ur-talash va h.k.
Ulgurji va chakana savdo sohasida xodimlarga sarflangan barcha xarajatlar bilvosita xarajatlar hisoblanadi.
Bir birlik mahsulot yoki xizmat qiymatini hisoblash uchun bilvosita xarajatlarni mutanosib taqsimlash kerak. Agar korxona bir turdagi mahsulot ishlab chiqarsa yoki bir xil turdagi xizmat ko'rsatsa, yoxud agar ishlab chiqariladigan mahsulotlar o'zaro juda o'xshash bo'lsa, masalan, stullar, karavotlar, shimlar yoki ko'y-laklar, bilvosita xarajatlarni mahsulotlar soniga bo'lish kerak, bu iniqdor bevosita xarajatlarga qo'shiladi. Shunday qilib, bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga ketgan umumiy xarajatlar miqdori aniq bo'ladi (tannarx).
Xizmat ko'rsatish sohasida bilvosita xarajatlar, odatda, ish vaqti asosida hisoblanadi va xizmat ko'rsatishga ketgan vaqtga qo'shiladi. Bilvosita xarajatlar yo'ldosh xarajatlar, deb ham ataladi. Bevosita va bilvosita xarajatlar o'rtasidagi aniq tafovutni belgilash ko'pincha juda murakkab bo'ladi. Masalan, mebel sanoatida ishlatiladigan yelimni olaylik: bitta stulni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan uning miqdori shunchalar kamki, pul bilan ifodalaganda qiymatning arzimaydigan foizini tashkil etadi. Shu sababli yelimni qadoqlash xarajatlari bilvosita xarajatlar hisoblanadi. Yana misol: agar yordamchi bir necha ishchiga yordam bersa, uning ish haqini faqat bitta mahsulot qiymatiga kiritib bo'lmaydi. Shu sababli bunday yordamchining mehnatiga haq to'lash xarajatlari ham bilvosita xarajatlar hisoblanadi.
Mahsulot yoki xizmatga xarajatlarning umumiy miqdori:
Bevosita moddiy xarajatlar miqdori + Mehnatga haq to 'lashga bevosita xarajatlar miqdori = Mahsulot ishlab chiqarishga yoki xizmatlarga xarajatlarning umumiy miqdori.
Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini tartibga soluvchi asosiy hujjat—O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom» bo'lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari guruhi iqtisodiy mazmuniga ko'ra, mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo'linadi:
1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqin-dilar qiymati chegirilib tashlangan holda).
2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan mehnat haqi xarajatlari.
3. Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug'urta ajratmalari.
4. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi.
5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari element! tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish va xizmatlarni ko'rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xomashyo va materiallar, butlovchi buyumlar va yarimtayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to'/ash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
• korxonada qabul qilingan mehnatga haq to'lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqa-rishdagi hisoblangan ish haqi;
• natura shaklida haq to'lash tartibi bo'yicha beriladigan mahsulot qiymati;
• amaldagi tartiblarga ko'ra, rag'batlantiruvchi to'lovlar, jum-ladan, ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo'shgan holda) tarif stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo'shimcha ustama to'lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq ko'p yillik xizmatlari uchun (shu xo'jalikda bir ixtiso'slikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar (kasb mahorati uchun tarif stakalar va okladlarga nisbatan), ustama to'lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko'p yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;
• ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog'Iiq tovon to'lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish vaqtidan so'nggi ish uchun to'lovlar.
Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug'urta ajratmalari. Bu elementga budjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me'yorlarga muvofiq ajratiladigan to'lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug'urta fondiga majburiy ajrat-malar, nodavlat pensiya jamg'armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug'urta va sug'urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi. Ushbu element bo'yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan, rnoliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo'shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan me'yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo'shib, hisoblangan arnortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi. Ta'kidlash joizki, Ne 5 — «Asosiy vositalar» nomli BXMSga muvofiq, asosiy vositalarga arnortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi:
1. Bir tekis (to'g'ri chiziqli) usul.
2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul (ishlab chiqarish
usuli).
3. Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati yillar sonining yig'indisi bo'yicha hisobdan o'chirish usuli (kumulativ usul).
4. Kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa xarajat/ar. Bularga jumladan, ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko'rsatish xarajatlari; ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yoqilg'i, energiya, dastgohlar, moslamalar va boshqa mehnat vositalari hamda buyumlari bilan ta'minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini ishchi holatida saqlash xarajatlari.
|
| |