1-mavzu: Boshlang’ich sinflarda mantiqiy masalalarni yechishning ahamiyati




Download 29,77 Kb.
bet2/2
Sana13.02.2024
Hajmi29,77 Kb.
#155429
1   2
Bog'liq
1-mavzu Boshlang’ich sinflarda mantiqiy masalalarni yechishning

Javob: Ahmad ikkinchi kuni 30 bet kitob o‘qigan. Masala yechimini tekshirish to‘g‘ri yoki noto’g’riligini aniqlashdan iboratdir. Boshlang‘ich sinflarda tekshirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi.
Masalalarning shartlari bilan topilgan javoblar orasida moslik o‘rnatish. Bu usul bilan o‘quvchilarni birinchi sinfdan boshlab tanishtiriladi, shu usul 2-sinfda davom ettiriladi. Masalan: Vali 12 ta baliq Ahmad esa unga qaraganda 2 marta kam baliq tutdi: ikkalasi birgalikda qancha baliq tutishgan.
Yechish: 12+12:2=12+6=18 ta (baliq).
Tekshirish: masalaning shartiga ko‘ra Vali Ahmadga qaraganda 2 marta ko‘p baliq tutgan.
1. 18-12=6 ta
2. 12:6=2 ta.
Masalani o‘zi bilan va uning tarkibiy elementlar bilan bolalarni tanishtirish o‘qitish jarayonidagi navbatdagi eng muhim va juda javobgarlik bosqichidir. Bu ishni predmet ko‘rsatmalikdan foydalanib boshlash kerak.O‘qituvchi son ma’lumotlarni va amallarni ko‘rsatadi ammo natijani ko‘rsatmaydi, o‘quvchilardan yashirishi juda muhimdir.
Masalan: Akasi erkinga oldin 6 ta daftar sovg‘a qildi, keyin yana 2 ta daftar sovg‘a qildi. Erkinga akasi qancha daftar sovg‘a qilgan.
Yechish: 6+2=8 ta (daftar).
Javob: akasi erkinga 8 ta daftar sovg‘ga qilgan.
Sonni bir necha birlik ortirish va kamaytirishga doir masalalar yig‘indi va qoldiqni topishga doir masalalarda kengroq kiritiladi. Bu holdagi sodda masalalarni qarashga tayyorgarlik ularni kiritishdan oldin boshlanadi. Bu ish ushbu munosabatlarni o‘rnatishdan iborat. Agar predmetlarni berilgan gruppasiga bir yoki bir nechta predmet qo‘shilsa bu dastlabki predmetlar sonini orttiradi, agar ayirilsa bu dastlabki predmetlar sonini kamaytiradi. Bu munosabatlar bir xil ko‘rsatma materiallar yordamida o‘rgatiladi. Didaktik materiallar bilan ish ko‘riladi, bolalar ushbu ko‘rinishdagi amaliy mashqlarni bajarishadi:
1. "3 ta kvadrat qo‘ying, ularga yana 2 ta kvadratni yaqinlashtiring" kvadratlar qancha bo‘ladi?
2. Qanday bildingiz?
3.Kvadratlar ko‘paydimi yoki kamaydimi? SHundan keyin syujetli rasmlar bo‘yicha ishlashga o‘tish mumkin. Rasmlar bo‘yicha ham didaktik o‘yinlar puxtalash uchun beriladi. Bilimlarni tekshirishda masala o‘quvchi taffakurini rivojlantirish haqida fikr yuritish kerakli amallarni to‘g‘ri tanlash hisoblash ko‘nikmalari haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Har bir masalada shart va savol bo‘ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi va berilgan sonlar bilan izlanayotgan son orasidagi bog‘lanish ko‘rsatiladi, bu bog‘lanishlar tegishli arifmetik amallarni tanlashni belgilab beradi. Savol esa son izlanayotgan son ekanligini bildiradi.
Masala. Avtobusda 7 ta yo‘lovchi bor edi. Avtobus bir to‘xtagandan keyin undagi yo‘lovchilar soni ikkkita orttdi. Avtobus tuxtagandan keyin undagi yo‘lovchilar qancha bo‘lgan?
O‘qitishning dastlabki kunidan boshlab sonni bir necha birlik orttirishga doir qiyinroq masalalarni kiritishga tayyorgarlik ishlari boshlanadi. Bunday masalalarda predmetlarning 2 ta to‘plami taqqoslanadi: Amaliy mashg‘ulot bajarish davomida bolalar predmetlarning 2 ta to‘plami elementlari orasida bir qiymatli moslik o‘rnatishni o‘rganib oladilar, shuningdek taqqoslanayotgan to‘plamlarning qaysisida predmetlar ko‘p -qaysisida kam ekanligini aniqlashni ham o‘rganib olishga harakat qiladilar.
Hamma arifmetik amallar ularni yechish uchun bajariladigan amallar soniga qarab, sodda va murakkab masalaga bo‘linadi. Echilishi uchun bitta arifmetik amal bajarilishi zarurbo‘lgan masala sodda masala deyiladi Echilishi uchun bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta ular bir xil yoki har xil amal bo‘lishlari bilan amalni bajarish zarur bo‘lgan masala murakkab masala deyiladi.
Masala. Paxta terish mashinasi 6 kunda 84 sr paxta yig‘ishtirib oldi. Bu mashina 9 kunda necha kg paxta teradi?
Yechish: 84:6=14 14-9= 126 (sr)
Javob: Bu mashina 9 kunda 126 sr paxta teradi.
Rasmlar bo‘yicha didaktik materiallar bo‘yicha ham qilingan savollar hal qilinadi.O‘qitishning shu bosqichida tayyor masalalarni yechishda shartli rasmlardan foydalanishga o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu masala namunasida tegishli ish qanday bajarilishini ko‘rsatamiz! SHu sababli masala matnida berilgan sonlar bilan izlanayotgan son orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi biror bir vosita ko‘rsatmalar bo‘lishi va bu bog‘lanish kerakli arifmetik amallarni tanlash va ular tartibini aniqlash kerak. Masalani to‘la echimi shartning aniqligidan to‘liq bajarilish tartibini ko‘rsatuvchi rejadan kattaliklarning u yoki bu qiymati qanday amal bilan topilishi va nega shu amal bilan topilishini tushuntirishdan, arifmetik amallarni bajarish va javobdan iborat bo‘ladi.
Masala echimini tekshirish va olingan javobning to‘g‘ri yoki to‘gri emasligini aniqlash ham kiritiladi. Ko‘pincha masalalar o‘quvchilarga ularni bilimlarini to‘ldirish malakalarini egallash, ko‘nikmalarni takomillashtirish va masala tuzuilishi bilan tanishish. Masala tuza bilish ko‘nikmasi uning tuzilishini o‘zlashtirib olish uchun zamin yaratadi.
Bolalar masala tuzilishi bilan ikkinchi yoki uchinchi mashg‘ulotda tanishadilar. Ular masalada shart va savol borligini bilib oladilar, masala shartida kamida ikkita son bo‘lishligi alohida ta’kidlanadi.
O‘qituvchi bolalarga murojat qilib:u men hozir sizlarga masalada nima haqida gapirilishini so‘zlab beraman, siz bo‘lsangiz men aytgan narsalarning hammasini ko‘rsatasiz. Bolalar stolning chap tomoniga ikkita olma, o‘ng tomoniga 3 ta olma quyishdi. Stolga hammasi bo‘lib nechta olma quyishdi. Bizlar masala tuzdik. Keling uni takrorlaymiz va bilganlarimizni bilmaganlarimizdan ajratamiz. Biz nimani bilamiz? Bolalar chap tomonda 2 ta olma, o‘ng tomonda esa 3 ta olma bor " deb javob beradilar. "Buni biz bilamiz ", bu masalani sharti deb tushuntiradi o‘qituvchi. Masalada nima so‘ralayapti?
Bolalar: Stolda hammasi bo‘lib nechta olma borligi? deb javob beradilar. Biz bunibilmaymiz. Biz manna shuni aniqlashimiz kerak. Har bir masalaning o‘z sharti va savoli bor. Bizning masalamizda qanday sonlar haqida gapirilyapti? Siz qanday savol quydingiz?
Masalamizni takrorlaymiz: O‘qituvchi bolalardan biriga masala shartini takrorlashni, boshqasiga savol quyishni taklif etadi. Masala qanday ikki qismdan tuzilganligi aniqlanadi. Ular shu usulda 2-3 ta masala tuzilishi taklif etiladi.
Bolalar ko‘rsatma materialsiz masalalar tuzishni o‘rganib olganlaridan keyin, masala tuzilishi haqidagi bilmlarini mustahkamlash ushun uni hikoya va topishmoq bilan ongli ravishda taqqoslash foydalidir. Masalani topishmoqlar bilan taqqoslash yaxshidir. Sonlar, ko‘rsatilgan topishmoqlar tanlab olinadi.
"Bittasi gapiradi, ikkitasi tomosha qiladi, yana ikkitasi eshitadi(og‘iz, ko‘z, quloqlar) yordamida.
Bir tom ostida to‘rt og‘ayni yashaydi" (stol) va h.k.
O‘qituvchi bolalar bilan birgalikda bu erda qanday savollar berish mumkinligini muhokama qiladi:
"Bu nima? Stolning nechta oyog‘i bor?" va hokazo. Topishmoqda qanday narsa haqida gap borishini topish kerak. Masalada esa miqdorni, necha soni hosil bo‘lishni yoki nechta narsa qolishini bilish kerak. Masalani topishmoq bilan solishtirish masala savolining arfimetik mazmunini ta’kidlash imkonini beradi. Bolalarning masalani hikoya, topishmoqdan farq qilishiga yordam beruvchi umumiy usullardan foydalanishiga o‘rgatish foydalidir. Matnni quyidagi reja asosida tahlil qilish mumkin.
Bu erda sonlar bormi?
Bu erda nechta son bor?
Mashg‘ulot oxirida bolalarga topishmoq, hikoya va masalani qaytadan tuzish uchun nima qilish kerakligini o‘ylash taklif etiladi. O‘rgatishning bu bosqichida birinchi mashg‘ulotda bolalar qo‘shish hamda ayirishga oid masalalarni echadilar, qo‘shish va ayirishga oid masalalar ketma-ket tuziladi. Javobni sonlar o‘rtasidagi bog‘lanishdan va munosabatlarni tushunchaga asoslanib topadilar.


Download 29,77 Kb.
1   2




Download 29,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: Boshlang’ich sinflarda mantiqiy masalalarni yechishning ahamiyati

Download 29,77 Kb.