• Dasturlashtirilgan o`qitish.
  • 3.Dasturlashtirilgan o`qitish. O‘qitishning zamonaviy yangi metodlari.
  • O`quv – bilish ishlari samaradorligini nazorat qilish metodlari




    Download 279,18 Kb.
    bet14/58
    Sana08.02.2024
    Hajmi279,18 Kb.
    #152926
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
    Bog'liq
    1-Mavzu Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi f

    2. O`quv – bilish ishlari samaradorligini nazorat qilish metodlari.
    Nazorat va o`z–o`zini nazorat qilish metodlari guruhiga test, og`zaki, yozma, amaliy, individual va umum sinf ishlari kiradi.
    O`qitish metodlarini tanlashda asosiy o`rin o`quv jarayondagi tushunchalar sistemasiga beriladi, bu tushunchalar sistemasi mohiyatini, ularning alohida tomonlarini yoki belgilarini yechish uchun bir–birini to`ldirgan holda goh u, goh bu metod qo`llaniladi. Bunda o`quvchilarning umumiy rivojlanish darajasi, psixologik va yosh xususiyatlari, ma’lum o`qitish metodlaridan foydalanish imkoniyatlari, sinfning tayyorgarlik darajasi muhim ta’sir ko`rsatadi.
    Dars metodikasini baholashda albatta o`qituvchining kuchli va zaif tomonlarini hisobga olish kerak. Demak, metod tanlashda oldin dars maqsadi, mazmuni, asosiy momentlari aniqlanishi kerak.
    Dasturlashtirilgan o`qitish.
    O`quv materialining uncha katta bo`lmagan, mantiqli o`zaro bog`langan va maxsus ishlangan topshiriqlar bo`yicha materialni o`rganish dasturlashtirilgan o`qitish deyiladi. Topshiriqlarni o`rganish o`qituvchi yoki maxsus qurilma yordamida nazorat qilib turiladi. Nazorat natijalari darhol o`quvchilarga aytiladi: yo javobning to`g`riligi tasdiqlanadi, yoki xatolar tushuntirilib, ularni tuzatish yo`llari ko`rsatiladi. Yangi topshiriqni o`rganishga o`tish uchun ruxsat har bir o`qiuvchiga alohida beriladi.
    Dasturlashtirilgan o`qitishning ayrim xususiyatlari odatdagi o`qitish metodlarida ham mavjud, materialni bayon qilishda mantiqiy izchillik, yangi material qanday o`zlashtirilganligini tekshirishda nazorat savollari, amallarni bajarish va masalalar yechish algoritmlaridan foydalanish.
    3.Dasturlashtirilgan o`qitish. O‘qitishning zamonaviy yangi metodlari.
    Mazkur modul bo‘yicha quyidagi o‘qitish metodlaridan foydalanildi:
    ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar (ma’lumotlar va texnologiyalarni anglab olish, aqliy qiziqishni rivojlantirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash);
     davra suhbatlari (ko‘rilayotgan topshiriqlar yechimlari bo‘yicha taklif berish qobiliyatini oshirish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish);
     bahs va munozaralar (topshiriqlar yechimi bo‘yicha dalillar va asosli argumentlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar yechimini topish qobiliyatini rivojlantirish).

    Download 279,18 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




    Download 279,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`quv – bilish ishlari samaradorligini nazorat qilish metodlari

    Download 279,18 Kb.