Maqsadga yo’naltiruvchi funktsiya




Download 158 Kb.
bet2/5
Sana06.12.2023
Hajmi158 Kb.
#112619
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Maqsadga yo’naltiruvchi funktsiya tuzilmani yanada mukammallashtirish maqsadiga yo’naltiradi. Tashkiliy funktsiya esa tuzilmaning maqsadga erishishdagi ichki tartibi va uning turli qismlari o’rtasidagi o’zaro muvofiqlikni ta’minlaydi. Yuqoridagi asosiy ikki Boshqaruv funktsiyasi qator vazifalar orqali amalga oshadi. Masalan, maqsadga yo’naltiruvchi funktsiyani ado etishda faoliyat tarkibiga: natijani prognozlash; maqsad sari faoliyatni rejalash; amalga oshirish motivatsiyalari kiradi. Maqsadga yo’nalgan faoliyatni amalga oshirish tashkiliy funktsiyalar orqali ta’minlanadi. Bu sohadagi asosiy vazifalardan biri faoliyatni nazorat etish va kuchlarni safarbar etishdir.
Umuman olganda nazoratni amalga oshirish boshqaruvning ikkala funktsiyasi uchun xam umumiy bo’lgan universal xususiyat bulib, u boshqaruvning xar qanday jarayonida doimiy qayta aloqani ta’minlab turadi. Boshqaruv fanidagi asosiy tushunchalardan biri qayta aloqa tushunchasi bo’lib, bu ibora tuzilmaning o’z maqsadi sari intilishi qay yo’sinda ketayotgani va qanday jixatlarni o’zgartirish, yanada mukammallashtirish xaqida ma’lumot olishni anglatadi.Yuqorida qayd etilgan boshqaruvning ikki asosiy funktsiyasini aloxida talqin etish juda shartli bo’lib, aslida ular ajralmas va yagona jarayonlardir.
Raxbar shaxsini o’rganish muammosi kishilik jamiyatining barcha davrlarida muxim masala bo’lib kelgan. Buning asosiy sababi birinchidan, xar bir davrdagi ijgimoiy munosabatlar uziga xos ravishda ijtimoiy mavqe jixatidan kimningdir yuqori darajada turishini taqozo etgan bo’lsa, ikkiтсhidan, insonlarning xayot kechirish tarzi, ravnaqi, darajasi, farovonligi, baxtli turmush kechirishi shu yuqori mavqedagi shaxsga, uning turli fazilatlari va xislatlariga bog’liq bo’lganligidir.
Mutafakkir ajdodlarimiz ta’limotida, xalq ijodi maxsullarida adolatli va adolatsiz munosabatlarning yuzaga kelishi raxbar shaxsi, ya’ni shoxga boglik ekanligi to’g’risidagi fikrlarni o’qiymiz. Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shaxri» asarida axolining ma’naviy va psixologik jixatdan boshqarilishida fozil odamlar shaxrida shaxar axolisining stratometrik xususiyatlarga ko’ra tabaqalanishi lozimligi uqtiriladi. Bunda jamiyat a’zolarining o’zlarini boshqarishlarida jamiyatning o’zini-o’zi boshqarilishiga olib kelish lozim, lekin bu bilan bir vaqtning o’zida xar bir a’zo o’z psixologik-ma’naviy kamolotini usul xamda yo’nalishiga ko’ra yakkaxol tarzda mavjud bo’ladi. «Shularning xammasini ikki yo’l bilan olish mumkin. Birinchidan, yuqoridagi xodisalar aslida qanday mavjud bo’lsa, inson qalbiga, ko’ngliga o’shanday o’rnashib qolsa, boshqalarning ko’nglida bu bilimlar qiyosiy yoxud taqlid asosida vujudga keladi. Ba’zi odamlar o’sha narsalarni o’zlari xis etishlari tufayli ko’ngillarida shu bilimlar vujudga keladi». Forobiy bu fikrni davom ettirib: «Ikkinchidan, ushbu sifatlarga ega bo’lmagan odamlar birikmasi esa, jaxolatdagi va adashgan shaxarlarning axolisini tashkil qiladi. Forobiy shuningdek, insonlarning yaxshi xayot kechirishi
boshqaruvchi, ya’ni raxbar shaxsiga bog’liq ekanligini, uning turli fazilatlari bu borada unga yordam berishini uqtiradi. Uning fikricha, bu o’rinda raxbar shaxsi uchun gumanistik, isnonparvarlik xususiyatlari muximdir: «Kimki birovni baxt va saodatga erishtirish uchun zarur bo’lgan ish-xarakatlarga ruxlantira olish qobiliyatiga ega bo’lmasa va bu ish-xarakatni bajara olishga qudratsiz bo’lsa, bunday odam sira xam raxbar bo’la olmaydi. Ular yo’l-yo’riqlarni o’tmishda yashab o’tgan boshliqlardan o’rganadilar, lekin shu bilan birga, raxbar kelajak o’tmishdagi rasm-rusm, yo’l-yo’riqlarni islox qilishni lozim topsa, turmush sharoiti taqozosiga qarab o’zgartiradi.Shuningdek, yomon odatlarni o’zida ifodalovchi o’tmishni xam o’zgartirmog’i kerak. Aks xolda o’tmishning talablariga rioya
etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda xech qanday yengillik, o’zgarish va o’sish xam bo’lmaydi». Forobiyning bu fikrlaridan ko’rinadiki, raxbar shaxsi birinchi navbatda o’zini yomon odatlardan ozod qila olishi, boshliqlarni yaxshi ishlarga ruxlantira olishi kerak ekan. Bu fikrlarning bugungi kunimiz uchun xam axamiyati pasaymaganligini kuzatish mumkin. O’rta Osiyoning buyuk donishmandlaridan biri bo’lmish Abu Rayxon Beruniy xam boshqaruv va boshqaruvchi shaxsi xususida o’zining bir qator fikr-muloxazalarini bayon etgan. U xar bir kishiga baxo berish uchun, uning qilgan ishini kuzatish mumkinligini ta’kidlaydi: «Xar bir odamning baxosi o’z ishini ajoyib bajarishidadir». Beruniy o’zining «Xindiston» asarida ushbu g’oyani ilgari surgan. Abu Nasr Forobiy so’radi: «Tabiati jixatidan boshqarish va siyosat ishlariga qiziquvchi, boshliq bo’lishga fazilat va kuchi bilan xaqli, fikr va maqsadda sabotli, davlatni o’zidan keyingilarga qoldirib, ularning o’z ota-bobolariga qarshi bo’lmasliklarini maqsad qilib olgan kishi tomonidan berilgan xar bir buyruq, buyurilgan kishi oldida turgan tog’lar singari maxkam bo’lib, u buyruqqa kun vaqtlar va uzoq zamonlar o’tsada, keyingilar xam bo’ysunadilar». Uning fikricha, tabiatan boshqarishga moyil bo’lgan xokim o’z fikri va qarashlarida qat’iy bo’lishi, o’z ishlarini amalga oshirishda donishmandlar tomonidan bildirilgan ilg’or muloxazalarga bo’ysunishi lozim. Odil xokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik va adolat o’rnatishdan iboratdir.
Xokimning muxim vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga, olimlarga g’amxo’rlik qilishdir. Demak, Beruniy o’z insonparvarlik g’oyalari bilan boshqaruv va raxbarlik psixologiyasi ta’limotlari rivojiga o’z xissasini qo’sha oldi. U insonlar orasida o’zaro tushunish, tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki, bu fikrlar xamisha xam qadrlidir. XI asrning yirik allomalaridan Yusuf Xos Xojib o’zining «Qutadg’u bilig», ya’ni «Saodatga boshlovchi bilim» asarida boshqaruvchi shaxsi, ya’ni podshox xalq bilan birga va adolatli bo’lishi lozimligi g’oyasi ilgari suriladi. Uning o’git va nasixatlari xokimlarga qaratilgan bo’lib, boshqaruvchi raxbar tevaragida tabiatan yaxshi niyatli, yuksak axloq soxibi
bo’lgan kishilar bo’lgandagina, u to’g’ri ishpar qilishi, to’g’ri farmonlar chiqarishi mumkin, shundagina mamlakat farovonbo’lib ravnaq topadi.
Yusuf Xos Xojibning fikricha: «Kishi qanchalik yuqori martabaga erishmasin, u baribir kamtar bo’lib qolishi lozim». Buyuk sarkarda, soxibqiron Amir Temur xam katta bir saltanatning asoschisi, raxbari sifatida boshqarish va raxbarlik masalalariga oid kuchli tamoyillarni yaratgan. Uning tuzuklari o’z davrining ijtimoiy vokeyligiga xos bo’lgan stratometrik tuzilma xamdir. U o’z tuzuklarida 12 ta ijtimoiy tabaqani farqlab beradi: (1) sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil odamlar; (2) ishbilarmon, donishmand odamlar; (3) xudojo’y, tarki dunyo qilgan kishilar; (4) amirlar, mingboshilar; (5) sipox va raiyat; (6) maxsus ishonchli kishilar; (7) vazirlar, sarkotiblar; (8) xokimlar, tabiblar; (9) tavsir va xadis olimlari; (10) axdi xunar va san’atyilar; (11) so’fiylar; (12) savdogar va sayyoxlar. Amir Temur fikricha, bu toifa kishilarning taqdirini podshox, xazina va askarlar xal qiladi. Ko’rinib turibdiki, bu turlanish asosini tabaqaning ijtimoiy voqelikka nisbatan bo’lgan munosabatlari va xulq-atvorlari tashkil etadi.
Ijtimoiy xayotni boshqarishda bunday ijtimoiy-psixologik yondashuv Amir Temur uchun o’z davrida katta bir saltanatga asos solish imkoyini bergan edi. Davlat arbobi bo’lgan, klassik namoyonda Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida jamiyatni adolat bilan boshqarish uchun shaxsda mavjud bo’lishi lozim bo’lgan sifatlar majmui Iskandar obrazi orqali bayon etilgan: «Dili, niyati
pok, xayr va saxovatli, kamtarin va muloyim shaxs, dono podshox va dunyo sirlarini bilishga qiziquvchi aql-zakovat egasi raxbar bo’lishi kerak. Podshox bo’lishda manman, o’zini boshqalardan ustun qo’yish, o’zgalarni pisand qilmaslik, avom xalq bilan birga bo’lolmaslik xislatlari nuqsondir».
Yuqorida keltirilgan adabiyotlar taxlilidan ko’rinadiki, bizning xududimizda yashab ijod etgan mutafakkirlar, davlat arboblari, namoyondalar asarlari va qarashlari boshqarish, raxbarlik muammolariga bag’ishlangan bo’lib, ularda ijtimoiy voqelikka nisbatan ijtimoiy-psixologik yondashish, insonparvarlik g’oyalari ustuvor etib olingandir.
Har bir fanning aloxida o’rganish metodlari bo’lganidek boshqaruv psixologiyasining ham o’z metodlari va ularni qo’llash vositalari mavjud. Boshqaruv psixologiyasida qo’llaniladigan metodlar psixologiya va sotsial psixologiya fanlarida qo’llaniladigan metodlarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o’ziga xoslikni hisobga olgan xolda ularni ishlatish yo’llari va ma’lumotlari ilmiy jixatdan taxlil qilinadi. Boshqaruv psixologiyasining metodlari quyidagilardan iborat.
1.Kuzatish metodi.
2.So’rov metodi.
3.Kontent – analiz.
4.Ijtimoiy psixologik testlar.

  1. 5.Xujjatlarni tahlil qilish metodi. Biografik metod

  2. 6.Menejer bilan individual suhbat metodi.

  3. 7.Intervyu: standart, nostandart.

  4. 8.Menejer hisoboti metodi: monologik va dialogik.

Kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy hulq- atvor shakllari qayd etiladi. Kuzatish metodi qo’llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi kerak.
1.Kuzatish maqsadi aniq bo’lishi va ilmiy maqsadlarga mos kelishi lozim.
2.Kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish.

3.Ma’lum reja va sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish.


4.Olingan natijalarning asosligi va ishonchliligini boshqa uslublar yordamida tekshirib ko’rish.
Ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan kuzatish metodining 3 shakli mavjud.
A.Tashqi kuzatish – ko’zatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan xolda ularning hulq – atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot to’plashga asoslanadi. Bunday yo’l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin,shuning uchun ham bu usul boshqa usullarga qo’shimcha vosita sifatida ishlatiladi.
B.Qo’shilib kuzatish – bunda tadqiqotchi kuzatuvchilar faoliyatiga bevosita aralashib, kerak bo’lsa ular bilan birga yashaydi, birga ishlaydi Bu usulning qulayligi shundaki, kuzatilayotganlar o’zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar, kuzatuvchini guruh a’zosi sifatida qabul qiladilar.
V.Muxim vaziyatlarni qayd etish – bunda aloxida shaxs yoki guruh kutilmagan tasodifiy vaziyatga solinadi va ularning vaziyatga bo’lgan munosabati, o’zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo’llari kuzatiladi.
So’rov metodi. Bu metod orqali muayyan bir vaziyat yoki muommoni hal qilish jarayonida inson psixologiyasidagi o’zgarishlar, odamlarning aql – zakovati, xulq – atvori, e’tiqodi, dunyoqarashi to’g’risida ma’lumotlar olinadi. So’rov metodi ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi, ayniqsa, anketa so’rovi, intervyu shular jumlasiga kiradi. Ushbu so’rov metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita yoki bilvosita muloqati tufayli birlamchi ma’lumotlar to’plash usulidir.
So’rovni o’tkazadigan odamdan talab qilinadigan narsa bu muloqot madaniyatidir. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bevosita erkin fikr almashinuvi sharoitida o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Intervyu o’tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, chunki u tadqiqotchidan qator muxim sifatlarning bo’lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada rolli o’yinlar metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o’tadilar.

Download 158 Kb.
1   2   3   4   5




Download 158 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maqsadga yo’naltiruvchi funktsiya

Download 158 Kb.