• Kontent–analiz metodi.
  • 1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Boshqaruv psixologiyasi fani metodlari




    Download 158 Kb.
    bet3/5
    Sana06.12.2023
    Hajmi158 Kb.
    #112619
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

    Anketa metodi. Bu metod yordamida turli yoshdagi va turli kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarga bo’lgan munosabatlari o’rganiladi. Anketaga kiritilgan savollar ma’lumotiga ko’ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo’linadi. Ochiq anketa tekshiriluvchidan o’z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi.Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo’lib tekshiriluvchi o’ziga ma’qul bo’lgan , o’zining qarashlari fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab boradi.
    Anketa tuzilishi jixatdan uch qismga bo’linadi.
    1.Kirish qism. Bu qism respondetga murojaat deb nomlanib, odatda tadqmqot o’tkazilayotgan tashkilot nomi, tadqiqot maqsadlari va ularning foydasi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi, anketani to’ldirish yo’llari va boshqalar yoziladi.

    1. 2.Asosiy qism. Bunga berilayotgan savollar tartibiga e’tibor bergan xolda savollar kiritiladi. Chunki boshidan boshlab qiyin savollar berilsa , bu narsa respondentni cho’chitib qo’yishi, xattoki, anketani to’ldirmasdan qaytarib berishga majbur qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham boshshida yengil savollar berilib,tekshiriluvchilarni qiziqtirib keyin psixologik savollarga o’tish lozim.

    3.Yakuniy qism. Bunda tekshiriluvchi shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasbi va boshqalar so’raladi.
    To’plangan ma’lumotlarga statistik qayta ishlov beriladiki ular
    kompyuterlar yordamida analiz qilinadi.
    Kontent–analiz metodi. Bu metodning ilmiy mohiyati shuki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajiralib turadi. Uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, g’oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni, ma’lum mazmun miqdor ko’rinishiga keltiriladi. Kontent – analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir tomondan u yoki bu matnni tushunish mahorati bo’lishi kerak, ikkinchi tomondan esa tadqiqot so’ngida qo’lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni tushuntirib berish kerak.

    Download 158 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 158 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Boshqaruv psixologiyasi fani metodlari

    Download 158 Kb.