Turli mashqlar va o'yinlar bolaga o'rganilayotgan materialni osonroq va tezroq
eslab qolishga yordam beradi. Bu esa lingvistik dunyoqarashning kengayishiga olib
keladi: chet tili og'zaki va yozma nutqni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan elementar
lingvistik tasvirlarni o'zlashtirishga yordam beradi.
Bugungi kunda turli xil nogironligi bo'lgan ko'plab bolalar uchun ta‟lim
olishning yagona yo’li bu - masofaviy ta'limdir. Biroq o’quvchini dars jarayoni
uchun zarur jihozlar va shart- sharoitlar bilan ta‟minlashning o’zi yetarli emas.
Buning uchun o`quvchining
barcha yosh, psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan
holda darsni to`g`ri rejalashtirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Nogiron
bolalar, asosan, ko'proq muloqotda bo'lishadi, shuning sababli iloji boricha, darsga
kommunikativ yo'nalish berish kerak. Bu esa o'quvchiga tengdoshlari bilan muloqot
qilishni osonlashtiradi, o'z fikrlarini ikkala nutqida (ona tili va ingliz tili) ham
ifodalaydi.
Ingliz tili darslarida AKTdan foydalanishning asosiy maqsadlari:
-tilni o'rganish uchun motivatsiyani oshirish;
-nutq kompetensiyasini rivojlantirish: haqiqiy
xorijiy matnlarni tushunish
qobiliyati, shuningdek, ma'lumotlarni izchil asosli
bayonotlarda yetkazish
qobiliyati;
-
lingvistik bilimlar hajmini oshirish;
-o’rganilayotgan til mamlakatining ijtimoiy-madaniy o’ziga xosligi haqidagi
bilimlar hajmini kengaytirish;
-ingliz tilini mustaqil o'rganish qobiliyati va tayyorgarligini rivojlantirish [5].