• Tadqiqot metodologiyasi.
  • O’yin texnologiyasi.
  • 1-mavzu Darsni tashkil etishda inklyuziv o‘qituvchining faoliyati Re’ja




    Download 248,67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana20.05.2024
    Hajmi248,67 Kb.
    #244797
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-mavzu Darsni tashkil etishda inklyuziv o‘qituvchining faoliyati

    Adabiyotlar tahlili. 
    Inklyuziv ta'lim darslarni rejalashtirish va tashkil etishda 
    N.M. Pasenkovaning quyidagi kuzatilishi kerak bo'lgan maxsus didaktik 
    tamoyillarga asoslanadi: 
    -
    pedagogik optimizm tamoyili; 
    -
    erta pedagogik yordam tamoyili; 
    -
    ta'limning tuzatuvchi va kompensatsion yo'nalishi tamoyili; 
    -
    ta'limning ijtimoiy moslashuv yo'nalishi tamoyili; 
    -
    tafakkur, til va muloqotni maxsus ta'lim vositasi sifatida rivojlantirish 
    tamoyili; 
    -ta'lim va tarbiyada faoliyat yondashuvi tamoyili; 
    -differensial va individual yondashuv tamoyili; 
    -maxsus pedagogik rahbarlik zarurligi tamoyili. [1] 
    Yuqorida sanab o’tilgan tamoyillarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar 
    bilan birgalikda qo’llab, imkoniyati cheklangan bolalarga chet tilini o’rgatishda 
    yaxshi natijalarga erishishimiz mumkin. 
    Tadqiqot metodologiyasi. 
    Zamonaviy ta'lim texnologiyalari o'qituvchilar 
    tomonidan tobora ko'proq talab qilinmoqda, shuning uchun o'yin va aloqa-axborot 
    texnologiyalari amaliyotda qo'llaniladi. Ushbu texnologiyalarga , loyiha usuli, o'yin 
    va hamkorlik texnologiyasi kiradi. 
    Quyida biz o’yin texnologiyasini ko’rib chiqamiz: 
    O’yin texnologiyasi. 
    O’yin texnologiyalari - bu o’quvchilarning dars jarayoniga bo’lgan qiziqishini 
    oshirib, ta‟lim sifatini yuqori darajaga ko’tarish imkonini beradigan ta‟lim shakli 
    hisoblanadi. O’yin texnologiyasining qiziqarliligi ma'lumotni eslab qolish, 
    takrorlash, mustahkamlash yoki o'zlashtirishning monoton faoliyatini ijobiy hissiy 
    rangga aylantiradi va o’yin harakatining emotsionalligi bolaning barcha aqliy 
    jarayonlari va funksiyalarini faollashtiradi. O’yinning yana bir ijobiy tomoni 


    shundaki, u yangi vaziyatda bilimlardan foydalanishga yordam beradi, talabalar 
    tomonidan o’zlashtirilgan material o’ziga xos amaliyotdan o’tadi, o’quv jarayoniga 
    rang- baranglik va qiziqish uyg‟otadi. 
    Darsning turiga va maqsadiga qarab, o’yinlar juda xilma-xil bo’lishi mumkin. 
    Ular o’quv materialini mustahkamlash jarayonida ham, ma‟lum bir mavzuni 
    o’rganishning dastlabki bosqichida ham taklif qilinishi mumkin [2]. 
    Birinchi navbatda, o'yinlarni faoliyat turlari bo'yicha jismoniy (motor), 
    intellektual (aqliy), mehnat, ijtimoiy va psixologik o'yinlarga ajratib olish kerak. 
    Shuningdek, nogiron bolalar uchun o'yinlarni tanlashda quyidagi talablarni inobatga 
    olish kerak: 
    -
    o’yinning bolaning yoshiga yoki uning hozirgi rivojlanish darajasiga 
    muvofiqligi; 
    -
    nuqson tuzilishini hisobga olish; 
    -
    asta-sekin murakkablashadigan o’yin materialini tanlash; 
    -
    o’yin mazmuni va bolaning bilim tizimi o’rtasidagi bog’liqlik; 
    -
    darsning korreksion maqsadga muvofiqligi; 
    -
    faoliyatni o’zgartirish tamoyilini hisobga olish; 
    -
    yorqin, ovozli o’yinchoqlar va qo’llanmalardan foydalanish; 
    -
    o’yinchoqlar va yordamchi vositalarning gigiyena talablariga muvofiqligini 
    inobatga olish va xavfsizligini ta‟minlash [3]. 
    Quyida keltirilgan “Animals” o’yini inklyuziv ta‟lim jarayonida bolaning 
    nafaqat leksik bilim darajasini oshiradi, balki xotirani, diqqatni rivojlantiradi: 

    Download 248,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 248,67 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu Darsni tashkil etishda inklyuziv o‘qituvchining faoliyati Re’ja

    Download 248,67 Kb.
    Pdf ko'rish