1-mavzu. “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” O’quv kursiga kirish




Download 100.26 Kb.
bet1/4
Sana16.04.2023
Hajmi100.26 Kb.
#51839
  1   2   3   4

“DINIY AQIDAPARASTLIK, EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARShI KURAShNING MA’NAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI”

Ma’ruzachi – “JXT” kafedrasi professori, s.f.f.d. R.Rashidov


2-MAVZU.
MAFKURAVIY XURUJLAR VA ULARNING NAMOYON BO’LISH SHAKLLARI

REJA: 1. Mafkuraviy xurujlar va ma’naviy tahdidlar. 2. “Ommaviy madaniyat” tushunchasining mazmun-mohiyati 3. “Ommaviy madaniyat”ning ko‘rinishlari va unga qarshi kurash usullari

Mafkuraviy kurashlar tarixiga nazar tashlasak, xuruj qilayotgan kuchlar asrlar davomida deyarli bir xil usullardan foydalanib kelayotganiga guvoh bo‘lamiz. Deyarli har doim ular o‘zlari xuruj qilayotgan mamlakat aholisiga hech qanday xusumati yo‘q ekanini bayon qiladi. Bu esa o‘sha mamlakat xalqining ishonchiga kirish uchun o‘ylab topilgan nayrang.

Hozirgi kunda bizning mamlakatimiz aholisi uchun ham ana shunday “do‘st”lar ko‘payib qoldi. O’zbek xalqining manfaatlari to‘g‘risida “bosh qotirayotgan” va “g‘amxo‘rlik qilayotgan” turli radiostantsiya va telekanallar, gazeta va jurnallar, internetdagi ba’zi saytlar o‘zlarini qo‘y og‘zidan cho‘p olmaganday qilib ko‘rsatishga, hayotda go‘yo o‘zbek xalqi manfaatlarini himoya qilishdan boshqa hech qanday maqsadi yo‘qday qilib ko‘rsatishga urinmoqda.

Ma’naviy tahdidlar zamiri qandaydir g‘oya va mafkuralarga tayanadi. G’oya bu – muayyan fikr, maqsad sari yetaklovchi kuch. Mafkura esa, fikrlar majmui, g‘oyalar tizimi hisoblanadi. «G’oya» va «Mafkura»lar xalqlar va davlatlar taqdiriga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu tariqa g‘oyalar “bunyodkor g‘oyalar” va “vayronkor (buzg‘unchi) g‘oyalar” shaklida namoyon bo‘ladi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev:
2020 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bobomiz Abdurauf Fitratning “Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir” degan so‘zlarini yodga olganlari ham bejiz emas.
Mafkuraviy xurujlar bugungi kunda aholining ma’lum bir qatlami, ya’ni yoshlar dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishga urinib, mentalitetimizga yot bo‘lgan axloqsizlikning turli ko‘rinishidagi buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga urinmoqdalar.
Zero, axloqsizlik zamirida
  • bilimsizlik,
  • madaniyatsizlik,
  • tartibsizlik va
  • vatanfurushlikni qo‘llab-quvvatlash yotadi.


Download 100.26 Kb.
  1   2   3   4




Download 100.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” O’quv kursiga kirish

Download 100.26 Kb.